Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
74
ishqimga asir bo'lgan kishilarning hammasi biron kasb egasidirlar. Har kim o'z sohasida 
mahorat ko'rsatib, o'z hunaridan bir ishni bunyod etsin. Hamma shu ish bilan 
shug'ullansin. Agar kimning ishi mening ko'nglimga xush kelsa, u kishini o'z mulozimim 
qilay. Uni bazmlarimda ulfatim etib, suhbatlarimda hamdardim va hamrohim qilay. Agar 
qilgan ishi ko'nglimga yoqmasa bo'ynini uzib, ko'p azob-uqubatlar bilan o'ldiray!" Kasbi 
kori zulm bo’lgan shoh shunday hukm etdi. 
Oshiqlar oldida katta imtihon ko'ndalang bo'ldi. El uning va'dasidan umidvor bo'lib, 
o'z ishlarini bajarishga kirishdilar. Hamma fozillar, ilmu hunar ahllari barcha ishdan voz 
kechgan holda kecha-kunduz tinmay harakat qilib, shoh buyurgan ishga mashg'ul 
bo'ldilar. Olim kitob yozmoq niyatida, bastakor yangi kuy yaratish istagida bo'ldi. Shoir 
zamona shohi nazar qihshga arzirli madhiya yozishga urindi. Munshiy men yozgan 
nomani shoh pisand etarmikan, degan o'y bilan xat yozishga qalam olib, shohni vasf 
etishga kirishdi. Zargar o'z hunarini ishga solib, shohga loyiq oltin kamar yasamoqchi 
bo'ldi. Kiyim tikuvchi o'z ustaxonasiga borib, shoh kiyishi uchun zarbof to'n tikmoqqa ish 
boshladi. Duradgor, shunday bir taxt yasayki, bu taxtga saodatli shoh chiqib o'tirsin, 
degan o'y bilan taxt hozirladi. Kamon yasovchi yoyim zora shohga yoqib tushsa, deb o'z 
san'atiga band bo'ldi. O'qchi ham ko'p mashaqqatlar ila ehtimol bu shoh ko'ngliga xush 
yoqarmikan, deb o'q yasashga kirishdi. 
Xullas, shahardagi kattayu kichik - barcha kishilarning har biri o'z ishiga berilib, 
qilgan ishim zora shohga ma'qul tushib, u meni o'z mulozimligiga chorlasa, degan 
niyatda o'z ishiga zo'r berdi. Ular o'zlari chekkan shuncha mashaqqat-lari natijasida 
qilgan ishlarining shohga yoqib, bundan murod-maqsadlariga erishmoqchi bo'ldilar. 
Bir kecha shoh xalq qilgan ishlarni ko'zdan kechirish uchun o'z dargohidan chiqdi. Bir-
ikki xizmatkor mahrami bilan xuddi o'g'rilar kabi yashirincha shahar tomon yo'l oldi. Shu 
tarzda u el qilgan ishlarni birma-bir ko'zdan o'tkazib, hamma ishni ko'rib chiqdi. U 
oliysifatli shoh qaysi bir ishga nazar tashlamasin, o'ziga-o'zi: "Bundan bizning 
xazinamizda ham bor, balki u yerda bundan yaxshirog'i ham bisyor!" deb aytar edi. 
Yura-yura oxiri u bir g'arib — bechora turgan joyga yetishdi. Bu kishi oshiq bo'lib, 
nihoyatda ozor chekkan, aftoda bir holatda edi. Ishq uni jonidan noumid qilgan, hajr 
bedodi sevgan kishisidan umidsiz bir ko'yga tushirgan edi. Bu notavon har zamon 
bag'ridan tomayotgan qonlarni ko'z yo'llari orqali har tomonga oqizardi. Ko'zdan oqqan 
qon yoshlari bilan tufroqqa belangancha yotar, bu mushkul holatda qiynalgan ko'ngli 
go'yo yarim so'yilgan qushdek iztirob chekardi. Har dam o'zgacha bir nolayu afg'on qilar, 
u chekkan ohu nola va faryoddan el ko'ngli buzilardi. Ishq tig'i uning xasta ko'nglini chok 
etgan, ko'nglidan o'zligini siqib chiqargan edi. Ishq javridan u shunchalik uqubat 
chekkan ediki, bundan uning vujudi yo'q bo'layozgan edi. Bu fano uni tuproqqa og'ushta 
qilib, hatto badanidagi har bitta tukka yuz shikast yetkazgan edi. 
U shu holatda o'ziga-o'zi shunday derdi: 
— Har kimsa o'z sohasida oshuftahollik bilan mahorati kamolotini ko'rsatadi. Ertaga 
ular shoh bazmida qatnashib; shoh ularning har biriga lutfu marhamatlar izhor etadi. 
Menda esa ohu dard chekishdan bo’lak o'zga tuhfa yo'q. Men ularga qanday qilib sherik 
bo'la olaman?! 
Shohda yo lutf bo'ladi, yo siyosat. Men bechoraga ham u o'z dargohiga borish uchun 
ruxsat bersa. Ammo men uning lutfu ehsoniga loyiq emasman, hattoki siyosat qilishga 
ham arzimayman. Koshki edi u siyosat tig'ini surib, o'z qilichini bo'ynimga yetkarsa, 
menga shu sharafning o'zi kifoya! Bundan o'zga maqsadim ham yo'q... 
Lekin men shunchalik e'tiborsizmanki, hatto uning meni qatl qilishiga ham ishonchim 
komil emas. E voh, mendagi dardu alam kuchayib, halokatli tus olmoqda, bundan o'z 
holimga motam tutmoqdaman! 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə