Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111
 
CLVI 
Hikoyat 
Shaxmat o'ynaguvchi ikki ustod shaxmat taxtasini ochib, ikki tomonga o'tirdi va 
o'rtada shatranji kabir - katta shaxmat donalarini to'kishdi. Har tarafdan bir shoh 
taxtaga terildi, ularning rasmana shohlarga o'xshash xizmatkorlari, lashkarlari bor edi. 
Har binning bittadan to'g'ri yuruvchi vaziri bo'lib, yana bittadan egri yuruvchi farzinlari 
ham bor edi. 
U ikki shohdan biri Rum ahliga (oqlar donasi) shoh bo'lsa, ikkinchisi esa zang ahliga 
(qoralar donasi) kishvarpanoh edi. Ustod shoh va boshqa donalarni terib, ularga zebu 
oroyish beigan holda taxtada saf torttirdi. 
Shundan so'ng raqiblar maydonga ot solib, u yerda javlon urgan holda turli o'yinlar 
ko'rsatdilar. Bu yer go'yo urush maydoni va o'rab olingan qal'aga o'xshar edi. Bir tomon 
ikkinchi tomonni mag'lub etishga qattiq kirishgan. Urush saflarida fil ham, jirafa ham, 
rux, ayiq va kashshofa
1
ham bor edi. Piyoda askarlar otliq suvorilar oldida tez va 
chaqqon urushmoqqa harakat qilishar edi. 
Qo'shinlar urush nizomlariga binoan bir-birlariga turli o'yinlar ko'rsatib, jang olib 
bormoqda edilar. Bir tomon o'z lashkarlarini pistirmada berkitgan bo'lsa, ikkinchi tomon 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
82
bu qo'shinni buzish tadbirlarini ko'rardi. 
O'rtada ajoyib, qiziq o'yinlar namoyon bo'lmoqda, balki behad hiyla va tadbirlar 
ko'rsatilmoqda edi. Bunda pahlavonlar va qo'mondonlar ham bir-birlariga hujum 
qilishardi. Bu holat go'yo ikki qahramon shohning qo'shin tortib, bir-biriga qarshi urush 
olib borayotganiga o'xshash edi. 
Buncha qo'shin va dabdaba, qal'a, maydon va ot choptirib, javlon urishlar, chekinib 
qochishlar, ham o'ng qanot, ham chap qanotda, ham qo'shinning ilg'or qismida ana shu 
xil g'avg'o-to'polonlar bilan jang bo'lmoqda edi. 
Har bir qo'mondonning o'g'li jangning oldingi,saflarida borar, otasidan oldin urushga 
kirar edi. Urush maydoni bosib o'tilgach, otasining o'rnini bosar edi. Bir piyoda bir 
yoqdan kelib, tez aylanuvchi charx yordamida maydonda qahramonlik ko'rsatar, yolg'iz 
o'zi butun bir qo'shinni daf eta olardi. 
Urush maydoni ana shu xil turli tasodiflarga to'la bo'lib, go'yo bir-biriga qasoskor ikki 
shoh urush olib borayotgandek edi. Ularning har birida go'yo urush uchun tug'ilgan yuz 
tuman yosh yigit bor edi. Bu xil jang maydoni kamdan-kam uchraydi. Olib borilayotgan 
urushlarda bunchalik shiddat bo'lmaydi hamda el bunchalik qurol-tig' bilan ziynatlana 
olmaydi. 
Shunchalik bunyodkorlik, maydon, o'zaro dushmanlik qilish va urush olib borishlar — 
hamma-hammasi,— agar o'yinchi donalarni yig'ishtirishga ahd qilsa va shaxmat 
taxtasining bir chetini ko'tarsa,- bularning barchasi o'rtadan ko'tarilib, yo'qqa chiqadi! 
Shunda na bu urush va na dushmanlikdan, na jang olib borish tartib-qoidalaridan asar 
qoladi. Ro'y bergan barcha holat va rusumlar, ya'ni jang maydonida ikki tomonning bir-
biriga hujum qilishlari agar chuqur o'ylab ko'rilsa, o'tkir fikrli kishi oldida bularning 
barchasi hech narsa hisoblanadi. Go'yo yuzga kirgan xasta bir kanizak kabi ular 
hechlikdan boshqa narsaga arzimaydilar. Ularni hatto bir parcha bo'zga bog'lab, o'tga 
ham, suvga ham tashlab yuborish mumkin. 
Chunki holat o'zgarib, uni o'ynaguvchi ustod uchun o'yin tugagach, ular hech qanday 
tafovutga ega bo'lmaydi. Shaxmat donalari xalta ichiga solingan, "shoh" quyi tushishi, 
"piyoda" esa yuqori ko'tarilishi mumkin! 
Bularning barchasi istig'no nishonasi, balki uning bir ko'rinishidir. Bas, sen bu 
tamsilga nazar sol, asl istig'noni bundan yuz ming marta ziyoda deb bil. Agar sen buning 
ma'nosi tomon yo'l topsang, barcha ishni shunga qiyos qilg'il! 
CLVII 
Tavhid vodiysining ta 'rifi 
Undan so'nggi vodiyni Tavhid (Yagonalik) vodiysi deb bilgil. Unda fard bo'lib, ortiqcha 
narsalardan holi bo'lish lozimligini ham anglagil. 
Bu vodiyda sayr qilmoqchi bo'lsang, unda yakkayu yolg'izlik sen uchun asosiy qoida 
bo'ladi. Bu vodiydagi sayring nihoyasiga yetgach, u paytda yuz tuman mingta qushni 
bitta qush deb bilasan. Bunda ularning barchasining maqsadi yakkalik, barchasining kuy 
va navosi yolg'izlik bo'ladi. Tarkidunyo qiluvchilar shu holatga erishsa, ular uchun 
birlikda yo'qolish asosiy ish bo'lib qoladi. Chunki bir karra bir bir bo'ladi, aqlning bu ishga 
haddi sig'maydi. 
Bu qiyin ish sening qarshingda ko'ndalang bo'lsa, bilki, birdan o'zga barcha narsa 
hechdir. Bir bo'lu, bir ko'ru, bir de, bir tila! Bunda hech qachon ikkilikka mayl qilma! 
Chunki ikkilik bu yo'lda ortiqchalik qiladi va birlik sirlarini bilishdan chetga chiqishni 
anglatadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə