Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111
 
CLIX 
Hayrat vodiysining so'zi 
Tahvid vodiysi bosib o'tilgach, shubhasiz, Hayrat vodiysi namoyon bo'ladi. Bu vodiyda 
hali kishi boshiga tig' yetmasdan turib, ming oh va yuz ming afsus chekish yuzlanadi. 
Hayrat tilni gung va lol etadi. Kishi kecha va kunduzga qancha boqmasin, uning kecha 
yori kunduz ekanligini sezmaydigan bo'ladi. O'zining yo'qligini ham, borligini ham 
bilmaydi, ertaga nima bo'lishini ham anglamaydi. Har narsaga ko'z tashlasa, hayratdan 
dong qotib, hayronlikda sarsonu sargardon bo'ladi. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
84
Yo'l ahli, bu vodiyga qadam qo'ygach, unda hayronlikdan o'zga ish bo'lmaydi. Agar 
tavhid borasida nimaga erishgan, yolg'izlik va ajralish vodiysida nimaiki ish qilgan bo'lsa, 
bu yerda ularning barchasi yo'qolib ketadi. Hatto u o'zining borligini ham unutadi. Agar 
undan, sen bormisan yoki yo'qmisan, deb so'rasalar, u bularning hech biriga javob bera 
olmaydi, boru yo'qligiga xitob qilib, o'zini bildira olmaydi. U . o'zining o'rtada, yo bir 
tarafda yoki tashqarida ekanligini ham, chekkada yoki keyin, yoxud oldinda turganligini 
ham yaxshi bilmaydi, hayrat uni bularning barchasidan chetda tutadi. 
U o'zining foniy ekanligi yoki boqiyligini ham, mast ekanligi yoki soqiyligini ham 
anglamaydi, mavjudligi yoki mavjud emasligi ham, zotining malum yoki noma'lumligini 
ham bilmaydi. Shu tariqa har yoqqa boqsa, cheksiz hayratga tushadi, o'zini hayrat ichida 
g'arq bo'lgan holda ko'radi. O'ziga o'zi, oshiq ekanligimdan ajablanaman, ammo kimga 
oshiq bo'lganimni bilmayman, debdi. Har bir zarraga zarralar orqali boqib, ularning 
borligi yoki yo'qligini isbot etishdan hayratga cho'madi. Bu maqom ichra ana shu xil ajib 
holatlar bo'lib, ulardan hali bittasi tugamasdan turib, mingtasi duch keladi. 
CLX 
Hikoyat 
Jahonni zabt etgan bir podsho bor edi. Uning dargohida yuzlab sultonlar bosh egib 
turardi. Mamlakati cheksiz bo'lib, barcha uning hukmiga bo'ysunardi. 
Uning hammadan yashirib yuradigan bir gavhari bor edi. Bu go'zalning husni oldida 
hur va parilar ham sharmanda bo'lib qolardi. U go'zallik bo'stonida bir noziknihol, bir 
nozikniholgina emas, sarfaroz etilgan sarv edi. U jon yotog'idagi dilga xush keluvchi 
sham, yo'q, sham emas, balki yorug' quyosh mash'ali kabi edi. Noz chashmasidagi uning 
ko'zlari jonga balo keltirar, davron unday baloli ko'zni hanuzgacha ko'rmagan edi. Zulfi 
va holi fitnaning anbar hidlarini taratib turar, bu fitnaga duch kelgan kishi omon qolmas 
edi. Uning orazida la'li labi joylashgan bo'lib, benihoya fasih nafas egasi edi. Bularni 
quyosh bilan Masihga qiyos qilsa bo'ladi. Uning vasli umidida necha davlatmand kishilar, 
balki taxt egalari bo'lgan oliy shohlar yurar, ammo bu murod hech kimga muyassar 
bo'lmay, hech bir ko'ngil hali uning vaslidan shod bo'lmagan edi. Bu go'zal' qizning o'zi 
ham elga yaqin bo'lishni xohlamasdi. Ikkala tomon ham bundan o'zini tortar edi: ya'ni 
davron ichra toq bo'lgan shunday go'zal qizga kim ham juft bo'la olardi? U shu xil xislat 
egasi bo'lgach, el unga xaridor bo'la olarmidi? 
Ittifoqo, bu go'zal qiz bir kecha tush ko'rdi. Tushida bir go'zal yigit uning ko'ngliga 
g'ulg'ula soldi. Uning turgan-bitgani ruhdan mujassam bo'lgandek pokiza va toza edi. 
Husn osmonida u go'yo sharq quyoshining o'zginasi edi. Husni sahifasiga mushk hidli bir 
xat bitilgan, undagi xol esa o'sha xat ustidagi nuqtaga o'xshardi. Uning sho'xligi va 
ra'noligi sarvning o'zginasi, nozikligi va zeboligi esa gulni eslatardi. Bu yigit agar quyosh 
chirog'i bo'lsa, u qiz yog'du sochib turgan to'lin oy edi. Ikkalasi bir taxt ustida o'tirib, 
dam-badam visol jomini ichishar, bir-birlarining vaslidan bahramand bolishar edi. 
Gul yuzli bu uyqudan ko'z ochib, o'rnidan turdi. Ko'ngil mulkidan qarori yo'qolgan edi. 
Bundan uning har damda shaydoligi orta borib, bu ahvolda rasvo bo'lishligi ayon bo'lib 
qoldi. U har doim bu tushni qayta ko'rishni orzu qilar, lekin ko'zidagi bu uyquni ko'z 
yoshi olib ketgan edi. Uning ko'nglida osoyish qolmagan, tinchligi buzilgan, kechasiyu 
kunduzi orom nimaligini bilmas edi. 
Kunlardan bir kun u hajr dardi malol kelib, o'zining oliy qasri uzra oshuftahol chiqdi. 
Ko'ngliga taskin berish uchun har tomonga qarar, sabr va to'zimli bo'lishni istar edi. 
Nogahon o'tli oh tortgancha, shoh bazm qurgan tomonga ko'z tashladi. Bu yerda tushda 
ko'rgan kishiga ko'zi tushdi va oh urib, o'zidan ketdi. U ko'rgan kishi shoh xizmatkorlari 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə