Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
85
ichidagi yosh bir navjuvon yigit bo'lib, dunyoga fitna soluvchilardan edi. 
Yigit ham xuddi shu payt qiz tomonga ko'z soldi va shu zahotiyoq ko'ngli ishq o'qiga 
nishon bo'ldi. Uning zorli joniga hayajon tushib, bu hayajon uning majruh taniga ham 
ta'sir qildi. Ko'ngil mulki ichra qo'zg'olon tushib, joniga qasd qila boshladi. Unda na hush 
qoldi va na sabr, o'zi ham ular bilan birga ketdi. 
Oqshomgacha ahvol shu tariqa davom etdi. U o'zining na o'lik, na tirik ekanligini 
bilardi. Tun qorong'uligi yerga o'z pardasini qoplagandan so'ng undan yuz ming nola 
chiqa boshlardi. Tongga qadar ahvoli afg'on chekmoqlik bilan o'tar, to'kkan ohli ko'z 
yoshlari xuddi to'fonga o'xshar edi. Tong qushi sahar sirini fosh qilgach, yigit yana 
ertadan kechgacha o'z vaqtini ko'ksiga tosh urish bilan o'tkazardi. 
Ishq ikki tomonga ham ana shu xil savdo solgan, go'yo ishq ikki mamlakatda g'avg'o 
qilmoqda edi. 
Garchi yigit qiz ishqida o'zini zor sezsa-da, lekin o'zini ko'p sehr bilan saqlab turar edi. 
Ammo oy yuzli beqaror bir holga tushib, ishqdan behad zor bo'lgancha bo'shashib borar 
edi. Ko'rdiki, uning qo'lidan ixtiyori ketib, ishi rasvolik bilan tugaydiganga o'xshaydi. Ana 
bu bechoralik bilan qiyin ahvol yuz bergach, u buning chorasini topishga kirishdi. Chunki 
uning ishqi yashirib bo'lmaydigan darajaga yetgan edi, shuning uchun o'ziga o'zi biron 
tadbir topmasdan boshqa iloji yo'q edi. 
Uning ikki yaqin mahrami bo'lib, shodlik va g'amli onlarida doimiy hamdami edi. Ular 
har bir ishning chorasini topishga usta, har ikkalasi ham qiziq hunarlar ko'rsatuvchi 
ajoyib san'atkor va sehrgar qizlar edi. Ular makr va afsunni puxta egallab, uni 
nihoyasiga yetkazgan, hatto pashsha bilan filni bir-biriga juftlay oladigan darajada mohir 
edilar. Ularbu ishni shunday bajarar edilarki, bunda pashsha o'zini kichik deb bilmas, fil 
ham o'zini yirik jussalik deb hisoblamas edi. Ulardan har biri ana shu xil hiyla, afsun va 
firib egasi bo'lib, hatto ishq bilan jang qilishga ham yarar edilar. 
Ulardan biri xushnag'ma rud asbobining mohir chaluvchisi, ikkinchisi esa qo'shiq 
aytuvchi edi.Ular soz va kuyni mohirlik bilan ijro etganlarida, chalgan kuylari Zuhra burji 
tomon o'ziga maskan topish uchun ko'kka ko'tarilar edi. Agar ulardan biri soz kuyi bilan 
kishining jonini olsa, ikkinchisi o'zi chalgan nag'ma bilan o'lgan badanga jon solardi. 
Bunisi soz chahb, unisi qo'shiq aytsa, buni eshitgan aqlli kishilar ham o'z hushidan 
ajralar edilar. 
Oy yuzliga ishq shiddati ortgach, ana shu ikki kanizagini xilvatga chorladi. Achchiq-
achchiq yig'lagan holda ularga o'z holini bayon etdi va ishq qanday qattiq ahvolga 
solganini bildirdi. Tushda ko'rgan yigiti uni mahzun qilganini ham, o'ngida ko'rganligi esa 
devona etganini ham, u yigit ishqidan zor bo'lib, volayu beixtiyor bo'lganini ham birma-
bir aytib bergach, shunday dedi: 
— Siz mening sevimli dugonalarimsiz. Meni bu ahvoldan qutqarishda yordam bering. 
Aks holda bu sirim tikani xalq o'rtasida gul bo'lib ochiladi. Bu ishq o'ti esa tanimni kulga 
aylantiradi. Ammo bu kuyib-yonishdan hech g'am chekmayman, agar o'lib ketsam ham 
alamzada bo'lmayman. Biroq men shu vaqtga qadar taqvoda lof urib keldim, endi bu 
sirimni elga oshkor etsam, nomusdan o'laman-ku! Otamning ham bundan nomusga 
qolishidan ko'p g'am chekaman, buni hatto sharh qilishga ham ojizman. Chunki u 
falakning shohidek bir kishi sharafiga bu ish katta or bo'lib tushadi. Axir otam uchun 
mendaylardan yuztasi o'lsa ham hech narsa emas, xuddi daryoda bir xas cho'kkanchalik 
gap. Shunday ulug' shohning benomus bo'lishiga toqat qila olmayman, shu tufayli 
g'amim tobora zo'rayib bormoqda. 
Men sizga o'z holimni bayon etdim, endi o'zingiz bilasiz: xohlang o'ldiring, xohlang bu 
ishning ilojini qiling! Ilgari asov bo'lgan bo'lsam, endi ishq qo'lida xorman, ilgari shaddot 
bo'lgan bo'lsam, endi ojiz bo'lib qoldim. G'amli ahvolimga rahmingiz kelsin, nolayu 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə