Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111
 
CXLIX 
Talab vodiysining sifati 
Talab vodiysiga qadam qo'ysang, oldingga har dam yuz ming dardu alam duch keladi. 
Har dam unda yuz malollik, har nafas ming o'zga holat yuzlanadi. Istamoqlik azobi 
ko'ngulni zor etadi, lekin topa olmaslik ruhni abgor etadi. 
Bunda jonni kuydirish mahrumlik, vaslga erishish noma'lumlik bo'ladi. Mashaqqat va 
kulfatlar jismingga nish sanchib, behad ulkan dard jismingni pora-pora qiladi. Sen noyob 
durni qo'lga kiritishni xohlaysan, ammo uni topa olmaysan. Buning uchun dunyo 
asboblarini tark etmoq zarurdir. 
Solik o'z yo'lida g'ov bo’ladigan molu mulk'va boshqa narsalardan voz kechib, 
foniylikning to'rt yo'lini baland ovozda ulug'lamog'i kerak. Bu yo'lda unga bo'lgan 
ishtiyoqdan boshqa hamma narsani tashlab, o'zni maqsad manzili tomon boshlashi 
lozim. Agar olam matosidan biron ashyo qolmasa, senda u dam o'zgacha sifatlar paydo 
bo'ladi. U xazinadan vayroningga obodlik kelib, zoti nuridan joningga yorug'lik yetishadi. 
Bu yorug'lik sendagi shavq o'tini tobora alangalatib, talab otingni uchqur qiladi. Bunda 
o'zingda bir talab o'rnida yuz talab topasan. Bu payt tog'lar sening ko'zingga oddiy 
daladek bo'lib ko'rinadi. Joningga talab rohati yetadi, mashaqqat chekish shiddati 
sendan forig' bo'ladi. Ko'ngling dur topishga qanchalik muhabbat qo'ysa, sen uchun 
g'avvoslik qilish shunchalik oson bo'ladi. Visol quyoshi jamolini ko'rsatgach, shoming 
tongga ulanib ketadi. Agar bu payt oldingga mast fil kelsa ham sen uni pashsha kabi 
nazar-pisand qilmaysan. Agar yo'lingni yuz sher yoki arslon to'ssa, ularni sen cho'loq 
chumolidek ko'rasan. U xazinaga erishsang, ko'nglingga ajdahodan xavf yetmaydi. 
Kufr va imondan qo'l yuvasan, shundan so'ng oldingda bir eshik ochiladi. Eshik 
ochilib, ichkari kirganingda, unda na kufr, na din qoladi, ularning barchasidan qutulasan. 
Chunki kufr yoki imon bu yo'lga kirgan kishi uchun maslak emas. Bular asl yo'ldagi 
to'siqdan boshqa narsa emasdir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə