Microsoft Word Мажмуа Фалсафа лотин doc



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/133
tarix28.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135272
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   133
Nominalizm - 
lotincha nomina - ism, nom ma’nosini anglatadi. Sxolastik 
falsafa. Nominalistlar fikricha, universaliylar haqiqatda emas, balki fakat 
tafakkurda mavjud. O’rta asrlarda nominalizm sxolastikaning realizm bilan 
munozarasi natijasida kelib chikkan edi. Lekin nominalizmning asosiy tezisi 


149 
qadimgi yunon faylasuflari Antisfen va Stoiklar tomonidan ilgari surilgan bo’lib, 
ular Platon g’oyalarini tanqid qilgan edilar. Rosselin tomonidan asoslanganidan 
keyin mustakil okimga aylandi. U faqat yakka narsalargina real mavjud, 
universaliylar esa narsalarning nomi, deb ta’kidlagan. 
Realizm - 
Realistlar Anselm Kenterberiyskiy, Foma Akvinskiy umumiy 
ob’ektlar, tushunchalar yo alohida insonda, aqldan tashqarida, bu narsalarga qadar 
yoki individual narsalarning o’zlarida, ularning ruhiy asoslarini tashkil etgan holda 
mavjud, deb hisoblaydilar. Cherkov realizm nuqtai nazaridan, turli aqidalarni, 
masalan Odam Atoning gunohkor bo’lganligi haqidagi afsonani falsafiy asoslash 
uchun foydalandi. 
Apologetika - 
yunoncha apologetikos - himoya kilish ma’nosini anglatadi. 
Ilohiyotda tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni himoya kilish va oqlash 
bilan bog’liq bo’lgan soha. Dinning mohiyatini aqidalar tizimi xususiyatlari, 
axloqiy prinsiplari, ijtimoiy hayotdagi roli va ahamiyatini tahlil qilish asosida uni 
falsafiy materialistik va genetik tanqiddan himoya qilishni o’z oldiga asosiy vazifa 
qilib qo’yadi. 
Patristika 
- lotincha patris - demakdir. 2-8 asrlarda xristian ruhoniylarining 
ilohiy, falsafiy, siyosiy-sosiologik qarashlari majmuini ifoda etuvchi tushuncha. 
Antik davrning inqirozi yillarida gnostisizmga qarshi kurash jarayonida vujudga 
kelgan. 
Sxolastika
- diniy falsafaning asosiy yo’nalishlaridan biri. Mazkur ta’limot 
ilohiyotga asoslanib, diniy akidalarga falsafiy yondashgan. Sxolastika aslida, urta 
asrlarda garbiy Yevropada rivojlangan. Birok keyinchalik, mazkur termin Shark 
falsafasiga nisbatan ham ishlatila boshlandi. Sxolastika antik falsafadan, xususan, 
Prokl ta’limotidan ko’p bahramand bo’lgan. 13-14 asrlarda Sxolastikada 
ikkiyoqlama haqiqat nazariyasi aql va iymon uyg’unligi vujudga keldi. Renessans 
davrida sxolastik an’analarning ayrim jihatlari yanada rivojlandi. Sxolastikada 
bilimning ikki tomoni - inson ongi orqali hosil bo’ladigan bilim hamda mushohada 
orqali paydo bo’ladigan bilimni e’tirof qilib, ularni dialektik alokadorligini xisobga 
olmaydi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə