Microsoft Word Moliyaviy hisob



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə14/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Qo’shimcha adabiyotlar





  1. O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. Axborotnoma 2000-2003 yil sonlari.

  2. “Bozor pul va kredit” jurnali 2000-2003 sonlari.

  3. “Soliqlar va bojxona xabarlari” gazetasi 2000-2003 yil sonlari.



2 - BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI


    1. Asosiy vositalarni hisobga olish vazifalari, ularni turkumlash va baholash Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o’zining tabiiy ko’rinishini saqlab turadigan, asta-

sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o’z qiymatini asta-sekin o’tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, mashina, uskuna, xo’jalik inventarlari, asbob-uskunalar va boshqalar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning o’rni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynaydi, chunki ular barcha xo’jalik yurituvchi sub’ekt tayanadigan va xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni bo’lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:



  • asosiy vositalarning olinishi, hisobdan chiqarilishi, joyi o’zgartirilishini hisobda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirish;

  • asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish; asosiy vositalarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy hujjatlarga asosan to’g’ri va o’z vaqtida baholash;

  • ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo’yicha mavjudligi va asralishini, ayrim hollarda ularning asralishi uchun ma’sul bo’lgan shaxslar bo’yicha nazorat qilish;

  • asosiy vositalarning eskirishini to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqish va uni hisobda to’g’ri aks ettirish;

  • ta’mirlash bo’yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan vositalarning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;

  • eskirgan, xo’jalik uchun oshiqcha bo’lgan asosiy vositalarni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash.

Hisob va rejalashtirishda asosiy vositalar ma’lum guruhlarga bo’linib hisobga olinadi va rejalashtiriladi. Chunki asosiy vositalarni hisobga olish, rejalashtirishni to’g’ri tashkil qilishning muhim sharti bo’lib, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning asosiy vositalariga va ishlab chiqarishga taalluqli bo’lmagan ob’ektlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab chiqarishning asosiy fondlari deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli har xil, ba’zilari, masalan, mashinalar, uskunalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, ba’zilari esa ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz ishlab turishini ta’minlaydi, masalan, inshootlar, yana boshqalari esa, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoit yaratib beradi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, yo’llar va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonida to’g’ridan-to’g’ri qatnashmaydigan ob’ektlarga uy-joy- kommunal xo’jaligi vositalari, sog’liqni saqlash muassasalarining asosiy vositalari (kasalxona, ambulatoriya, poliklinika), madaniyat va maorif muassasalariga qarashli ob’ektlar (zavod klublari, teatrlar, kutubxona, bolalar muassasalari) va boshqalar kiradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga muvofiq asosiy vositalar quyidagi xalq xo’jalik tarmoqlari va faoliyat turlariga bo’linadi: sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va boshqalar. Masalan, sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida «Sanoat» tarmog’iga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning transport moddiy-texnika ta’minoti, ombor xo’jaligi va boshqa bo’limlarining asosiy vositalari kiradi.
Sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlari balansida aks ettiriladigan yordamchi qishloq xo’jalik bo’limiga qarashli ob’ektlar «qishloq xo’jalik tarmog’i», uy-joy-kommunal xo’jaligiga qarashli ob’ektlar «Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish» va «Uy-joy-kommunal xo’jaligi» tarmog’iga kiradi.
Demak, sanoat korxonalaridan tashqari, boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlariga qarashli ob’ektlar ham foydalanishda bo’lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan sanoat korxonalarining asosiy vositalarini sanoat ishlab chiqarishi va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish fondlariga bo’lish mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlarining asosiy vositalari o’z foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo’linadi:



  1. Bino;

  2. Inshoot;

  3. O’tkazuvchi qurilmalar;

  4. Mashina va uskunalar;

  1. kuch mashina va uskunalari;

  2. ishchi mashina va uskunalari;

v) o’lchov va tartibga soluvchi priborlar, qurilmalar va laborotoriya uskunalariga;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa mashina va uskunalar;



  1. Transport vositalari;

  2. Instrumentlar;

  3. Ishlab chiqarish inventarlari va jihozlari;

  4. Xo’jalik inventarlari;

  5. Ishchi va mahsuldor mollar;

  6. Ko’p yillik daraxtlar;

  7. Erni yaxshilash bo’yicha kapital xarajatlar (inshootlarsiz);

  8. Boshqa asosiy vositalar;

Foydalanilishi nuqtai nazaridan asosiy vositalar harakatdagi, zahiridagi va foydalanilmaydigan ob’ektlarga bo’linadi.


U yoki bu xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashliligi nuqtai-nazaridan asosiy vositalar korxonaning o’ziga qarashli va ijaraga olingan ob’ektlarga bo’linadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko’rsatkichlari orqali guruhlarga bo’linadi. Asosiy vositalarning guruhlarga bo’lishning tasnif belgilari quyidagilardir:



  • bajaradigan vazifasiga ko’ra;

  • ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko’ra;

  • natural-moddiy tarkibiga ko’ra.

Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy- joy hamda kommunal-xo’jalik, maishiy xizmat, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.




33
Ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatida asosiy vositalar ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektga berish yoki sotish to’g’risida qaror qabul qilish, shuningdek, ularning eskirishini to’g’ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

Er amaldagi qonunchilikka binoan xo’jalik yurituvchi sub’ektga mulk tarzida berilgan er maydonidir. O’zbekiston Respublikasi Er kodeksining 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxslar Er kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bo’lishlari mumkin». Erning qiymatiga uni xarid qilishda ko’chmas mulk agentlariga to’lanadigan komission to’lovlar, advokatlar xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to’lovlari, drenaj qiymati, erni tozalash va boshqa xarajatlar qo’shiladi.


Erni obodonlashtirish bo’yicha kapital xarajatlar tarkibiga erning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to’xtash joylarini barpo etish hamda shunga o’xshash boshqa xarajatlar kiradi.
Binolarga ishlab chiqarish korpuslari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo’jalik va ijtimoiy- maishiy maqsadlardagi ob’ektlar, shuningdek, ulardan to’g’ri foydalanish uchun zarur bo’lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo’jaligi) kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o’zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob’ektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo’llari, avtomobil yo’llari, ko’priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga etkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo’llari, quvur yo’llari, issiqlik va gaz tarmog’i hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o’z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:



  • kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib boradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug’ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;

  • ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo’sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo’zg’atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;

  • o’lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko’rsatkich)larni o’lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, TMZlar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o’lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;

  • hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi;

  • boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o’tilmagan mashina va jihozlar (o’t o’chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.

Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo’ljallangan harakat vositalari (temir yo’l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo’llari)dir.


Asbob va uskunalar qo’l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini engillashtirishda ishlatiladi.
Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
Xo’jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo’jalikni yuritishda zarur bo’lgan narsalardir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir etilgan mol (ot, ho’kiz, sigir)lar bo’lib, alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko’p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog’dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi:





Dastlabki qiymat — aktivni xarid qilishda haqiqatda to’langan pul mablag’lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yig’imlar va boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati ekspert yo’li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo’yicha tan olinadi. Tekinga olingan asosiy vositani kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to’g’risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo’li bilan tasdiqlanishi kerak.
Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o’rtasida ayirboshlash mumkin bo’lgan summadir.
Asosiy vositani pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivga aniqlangan bozor narxi bo’yicha ko’rsatilishi mumkin.
Asosiy vositani xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo’lgan hollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx bo’yicha aks ettiriladi.
Ba’zi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga ehtiyoj tug’iladi. Asosiy vositalarni qayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati ko’paygan holda ushbu ko’payish avvalgi bahodan oshadigan summada 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» hisobvarag’ining kreditida aks etirilishi lozim. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati kamaygan bo’lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə