Microsoft Word Moliyaviy hisob


Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə16/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish


Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida har bir ob’ektga inventar varaqasi ochiladi.


Tegishli shartnomalar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar ob’ektlari 0810-
«Tugallanmagan qurilish»hisobvarag’ining krediti bilan korrespondentsiyada 0110-0190- schyotlar debeti bo’yicha haqiqiy tannarxiga qarab asosiy vositalar sifatida kirim qilinadi.
Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag’ida hisobga olinmaydi, chunki u hali foydalanishga topshirilmagan. Qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810- schyotda jamlangan barcha xarajatlar summasi 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag’iga o’tkaziladi hamda keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim.
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyati tsex binosini o’z kuchi bilan qurib, foydalanishga topshirdi. Qurilishga xarajatlangan jami xarajat 92179000 so’mni tashkil qildi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 92179000 so’m K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish» - 92179000 so’m.
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt va shaxslardan sotib olingan asosiy vositalarni 0830-«Asosiy vositalarni sotib olish», 0840-«Asosiy podani shakllantirish», 0890-«Boshqa
kapital qo’yilmalar» schyotlarining krediti bilan korrespondentsiyada 0110-0190-schyotlar debeti bo’yicha kirim qilinadi.
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyati yangi ishlab chiqarish faoliyati uchun bino sotib oldi, uning xarid qiymati - 2000000 so’m, broker xizmati uchun 20000 so’m hamda yurist xizmatiga 15000 so’m to’lagan, hujjatlarni rasmiylashtirishga 25000 so’m xarajat qilingan. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  • bino xarid qilindi:

D-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 2060000 so’m K-t 5110-«Pul mablag’lari» - 2060000 so’m.

  • bino balansga qabul qilindi:

D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 2060000 so’m K-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 2060000 so’m.
Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar bo’yicha QQS ularning dastlabki qiymatini ko’paytiradi hamda eskirish qiymatini oshirgan holda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga sekin-asta o’tkaziladi.
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek, hukumat organlarining subsidiyasi sifatida olingan asosiy vositalar 8530-«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvarag’i bilan korrespondentsiyada 0110-0190-schyotlar debeti bo’yicha kirim qilingan sanada ekspert yo’li bilan, bozor qiymati bo’yicha belgilangan bahoda aks ettiriladi.
Misol. Transport vositasi bepul olindi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160-«Transport vositalari»;
K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk».
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, bepul olingan asosiy vositalarning qoldiq qiymati (idora ichida beriladiganidan tashqari) foyda (daromad) solig’ini hisoblash bazasiga kiritiladi va undan soliq undiriladi.
Ta’sischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aktsiyalar haqini to’lash hisobiga bergan asosiy vositalarni kirim qilish 4610-«Muassislarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzlari» hisobvarag’i krediti hamda 0110-0190-schyotlar debetida aks ettiriladi.
Misol. Kompaniyaning muassislaridan biri ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha qarzini transport vositasini qo’shish yo’li bilan uzdi. Qiymati - 2000000 so’m. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160-«Transport vositalari» - 2000000 so’m K-t 4610-«Muassislar qarzlari» - 2000000 so’m.
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə