Microsoft Word Moliyaviy hisob


Jadval Asosiy vosita ob’ektlariga amortizatsiya hisoblash me’yorlari



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə18/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Jadval


Asosiy vosita ob’ektlariga amortizatsiya hisoblash me’yorlari



Asosiy vositalar guruhlari

Amortizatsiya me’yori

1. Engil avtomobillar, taksi, yo’llarda foydalaniladigan avtotraktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jihozlar, kompyuterlar, periferiya qurilmalari
va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari

20 foiz

2. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkamalar, sanoatning barcha tarmoqlari, metall quyish xo’jalik yurituvchi sub’ektsi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash uskunalari, qurilish uskunalari, qishloq xo’jalik mashinalari va uskunalari, ofis uchun mebel

15 foiz

3. Temir yo’l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari, kuch-quvvat beradigan mashnalar va uskunalar: issiqlik-texnika uskunalari, turbina uskunalari, elektr dvigatellari va dizel generatorlar, elektr uzatish va aloqa
qurilmalari, truboprovodlar

8 foiz

4. Binolar, inshootlar va imoratlar

5 foiz

5. Boshqa guruhlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan aktivlar

10 foiz

Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda asosiy vositani foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni qo’llash yo’li bilan amalga oshiriladi:


To’g’ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog’liq bo’ladi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffitsientining maxraji bo’lgan ob’ektning xizmat muddati yig’indisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko’rsatiladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo’lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo’ladi.
To’g’ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblash. To’g’ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo’yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi



Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə