Microsoft Word Moliyaviy hisob


( 5 0 0 0 0 - 2 0 0 0 ) / 4 8 0 0 0 0 = 0 , 1 h a r b i r s o ’ m l i k m a h s u l o t u c h u n



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə20/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

( 5 0 0 0 0 - 2 0 0 0 ) / 4 8 0 0 0 0 = 0 , 1 h a r b i r s o ’ m l i k m a h s u l o t u c h u n .


Jadval


Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash jadvali



Yillar

Balans qiymati

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Yillik amortizatsiya summasi

Jamg’arilgan amortizatsiya

Qoldiq qiymati

1 - yil

50000

80000

8000

8000

42000

2 - yil

50000

120000

12000

20000

30000

3 - yil

50000

100000

10000

30000

20000

4 - yil

50000

80000

8000

38000

12000

5 - yil

50000

100000

10000

48000

2000

Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash usuli ob’ektlardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur aktivlarning xo’jalik faoliyati hajmi yilma-yil o’zgargan hollarda qo’llaniladi.


Jadallashtirilgan (tezkor) usullar. Qoldiqli kamayish hamda kumulyativ usullar tezkor usullar bo’lib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalardan foydalana boshlaganda hisoblangan amortizatsiya summasi ob’ekt xizmat muddatining yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori bo’ladi.
Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli ko’p turdagi uskunalar o’z qiymatini yo’qotishi (ma’naviy eskirishi) bilan ham tushuntiriladi. Shunday qilib, eskirishning katta summasini kelgusida emas, balki joriy hisobot davrida hisobdan chiqarish to’g’riroq bo’ladi.
Yangi kashfiyotlar va TMZlar ilgari xarid qilingan uskunaning ma’naviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha oldinroq almashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tezkor usullarning yana bir afzalligi shundaki, ta’mirlash bo’yicha xarajatlar, odatda, ob’ektdan foydalanish muddatining boshidagiga nisbatan oxirida ko’proq bo’lishi hisoblanadi. Bu esa ta’mirlash xarajatlarining umumiy summasi va amortizatsiya ajratmalari
bir necha yillar davomida amalda doimiy bo’lib qolishiga olib keladi. Natijada asosiy vositalar ob’ektlarining foydaliligi ko’p yillar davomida bir xilligicha qoladi.
Ikkala tezkor usulda ham dastlabki yillarda hisoblangan amortizatsiya summalari ancha yuqori bo’ladi, bajarilgan ishlar hajmiga proportsional ravishda eskirish summasini hisoblash usuli esa amortizatsiya hajmining yildan-yilga keskin o’zgarib turishi tufayli amortizatsiya o’zgarishining aniq tamoyili haqida tasavvur bera olmaydi. Har yili amortizatsiyaning keskin o’zgarishi asosiy vositalarning qoldiq qiymatida ham o’z aksini topadi. To’g’ri chiziqli usulda esa qoldiq qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldiq qiymatga nisbatan har doim ancha yuqori bo’ladi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiyaning turli usullari qo’llanilishiga ruxsat etilganligini, biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bitta usul qo’llanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim.
Soliqqa tortish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga binoan amortizatsiya me’yorlari qo’llanilishi lozim. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatiga ko’ra hisoblangan amortizatsiya bilan Soliq Kodeksiga muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya o’rtasidagi farq vaqtinchalik farq deyiladi, u vaqtinchalik farqlar hisobining soliq samarasi yordamida hisobda aks ettiriladi.
Misol. «MALIKA» kompaniyasida faoliyatning dastlabki yilida soliq to’langunga qadar bo’lgan foyda 250 ming so’mni tashkil etgan. Bunda hisob foydasi va soliqqa tortiladigan foyda o’rtasida farq mavjud, hisob siyosatiga muvofiq ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya 130 ming so’mni, soliqqa tortish maqsadlari uchun amortizatsiya esa (to’g’ri chiziqli usulda) - 100 ming so’mni tashkil qilganligidan yuzaga keladi. Bu aynan vaqtinchalik farq bo’lib, soliqqa tortiladigan foyda uni hisobga olganda 250000+(130000- 100000)=280000 so’mga teng. Foyda solig’ining 20%lik stavkasi bo’yicha hisoblangan foyda solig’i (250000*20%) = 50000 so’mni tashkil etadi, lekin byudjetga (280000*20%)=56000 so’m to’lash kerak bo’ladi, bu ikki miqdor o’rtasidagi farq vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan foyda solig’i hisoblanadi va u qaysi hisobot davrida so’ndirilishiga qarab bog’liq ravishda 0930 yoki 3210-schyotlarida aks ettiriladi.
Ushbu muomalalar bo’yicha quyidagicha provodkalar beriladi: D-t 9810-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» - 50000 so’m
D-t 0950, 3210-«Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan daromad solig’i» - 6000 so’m
K-t 6410-«Foyda solig’i bo’yicha byudjetga qarzlar» - 56000 so’m.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatiga muvofiq hisoblangan amortizatsiya Soliq Kodeksi bo’yicha amortizatsiyadan yuqori bo’lgan holatda mazkur farq summasiga soliq bo’yicha muddati uzaytirilgan qarz yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan misolning
aksini ko’rib chiqamiz, bunda hisob foydasi 280000 so’mni, soliqqa tortiladigan foyda esa – 250000 so’mni tashkil qilgan.
Buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
D-t 9810-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» - 56000 so’m
K-t 6410-«Foyda solig’i bo’yicha byudjetga qarzlar» - 50000 so’m
K-t 6250, 7250-«Soliqlarga oid vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar» - 6000 so’m.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə