Microsoft Word Moliyaviy hisob


Lizingga olingan asosiy vositalarni hisobga olish



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə24/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Lizingga olingan asosiy vositalarni hisobga olish


Hozirgi davrda sanoat ishlab chiqarishida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, korxona mablag’larini ijaraga olish (lizing) munosabatlari.


Ijara munosabatlari deganda nima tushuniladi ?
Ijara munosabatlari tushunchasining mohiyati shundan iboratki, bunda ijarachi ijara beruvchidan shartnoma asosida ishlab chiqarish vositalari, er va boshqa mol-mulklarni ma’lum bir muddatga ijara to’lovi asosida foydalanish uchun oladi. Ijara munosabatlarida ijara haqi muhim rol o’ynaydi va ijarachi bilan ijara beruvchi munosabatlarini keltirib chiqaradi.
Asosiy vosita ijarasi bu, ijaraga oluvchini xo’jalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan asosiy vosita ob’ektlaridan foydalanishi yoki mulkchilik huquqiga ega bo’lishga asoslangan shartnomadir.
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasidagi o’zaro munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ijara shartnomasi, ijara haqi miqdori, ijara muddati, tomonlarning ijara shartlarini bajarish bo’yicha majburiyatlari haqidagi to’liq ma’lumotlarni o’zida mujassam etishi lozim.
Ijaraning quyidagi turlari mavjud:
Ijara muddatiga qarab:



  1. uzoq muddatli ijara - bir yil va undan ortiq muddatga;

  2. qisqa muddatli ijara - bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga; Mulkni topshirish shartiga ko’ra:

  1. moliyalashtirilgan;

  2. joriy;

Asosiy vositalarni moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshirishda asosiy vositalarni joriy qiymatigacha qayta baholash amalga oshirilishi mumkin.


Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati (agar topshiriladigan ob’ektdan foydalanilmagan bo’lsa) yoki qoldiq qiymati (agar topshirishgacha ob’ektdan foydalanilgan bo’lsa) va joriy qiymati orasidagi farq, ular moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshirilgan taqdirda kelgusi davrlar daromad (xarajat)lari sifatida aks ettiriladi. Lizing to’lovi hisoblab yozilishi davomida ular bir maromda (har oyda) moliyaviy faoliyatdan olingan daromadga kiritiladi.
Misol. Lizing beruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshlang’ich qiymati 350000 so’mlik bo’lgan uskunani moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshiradi, 300000 so’mlik shartnoma qiymati bo’yicha hisoblab yozilgan eskirish 140000 so’m.
Provodkalar quyidagicha bo’ladi:



  • shartnoma bahosi bo’yicha chiqib ketish hamda joriy va uzoq muddatli qismini ajratgan holda butun lizing davri uchun belgilangan lizing to’lovlarining aks etishi:

D-t 0920, 4810-«Moliyaviy lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar» - 300000 so’m


K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 300000 so’m.



  • boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so’m K-t 0130-«Mashina va uskunalar» - 350000 so’m.





  • hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish:

D-t 0230-«Mashina va uskunalarning eskirishi» - 140000 so’m


D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so’m.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasini aks ettirish quyidagicha bo’ladi: D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 90000 so’m K-t 7230, 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - 90000 so’m.



  • lizing to’lovlari kelib tushganda:

D-t 5110-«Hisob-kitob scheti»


K-t 4810-«Lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar».
Bir vaqtning o’zida moliyaviy faoliyatdan olingan daromaddan muddati uzaytirilgani daromadning tegishli qismini hisobdan chiqarish buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»
K-t 9550-«Moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra mol-mulkni topshirishdan olingan daromad».

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə