Microsoft Word Moliyaviy hisob


Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari va ularni baholash



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə25/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari va ularni baholash


Nomoddiy aktivlarning hisobgaolinishi moliyaviy hisobotlarni tuzuvchixo’jalikyurituvchi sub’ektlar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Uni yuritish tartibi “Nomoddiy aktivlar” nomli 7-son BHMAda aksettirilgan.


7-son BHMAda nomoddiy aktivlar, aktivni tan olinish payti va nomoddiy aktivlarning hisobga olinish tartibi tushunchasining aniq ta’rifi bayon qilingan.
Nomoddiy aktivlar - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga xo’jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish, uzoq vaqt (bir yildan ortiq) mobaynida foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy xususiyatga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir.
Nou-xau - ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati jarayonida foyda keltiruvchi yangi texnologiyadir.
Nou-xau xo’jalik yurituvchi sub’ekt ta’sischilari kelishuvida aniqlangan qiymat bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitaliga ulush hisobida ta’sischilar kiritishi ham mumkin.
Tashkiliy xarajatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektni tashkil qilish davomida vujudga keladi, xo’jalik yurituvchi sub’ekt har bir ishtirokchisi faoliyatning boshlang’ich davridagi tashkiliy xarajatlar va yo’qotishlardan tashqari, maslahatchilar xizmatlari, reklama tadbirlari, hujjatlarni tayyorlash, ro’yxat olish va xarajatlardan iborat bo’ladi.
PATENT - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro’yxatga olingan mutloq huquqdir. Patentga tegishli huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan buyumdan yoki g’oyadan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patentning tegishli organlar tomonidan ro’yxatdan o’tkazilishi uning himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huquqlar sudda muvofaqqiyat bilan himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo’la olmaydi. Shuningdek, sudda huquq himoya qilinishi bilan bog’liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to’g’risida umumiy kelishuv mavjud.
Mabodo sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog’liq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə