Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#135206
  1   2   3   4   5   6   7   8

Ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili
Reja:



  1. Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari

  2. O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili

  3. Xarajatlarni umumiy hajmi va ularni asosiy elementlari bo`yicha baholash, tahlil qilish

  4. Xarajatlarni faoliyat turlari, javobgarlik markazlari kalkulyatsiya moddalari bo`yicha tahlili

  5. Moddiy, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va ishlatish xarajatlari tahlili

  6. Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tahlili

  7. Mahsulot (ish, xizmat)larning xarajat sig`imini tahlili

  8. Xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish yo`llari

Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari
Xarajatlar va ularning tasnifi. Korxona faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon ko`rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta`sir etuvchi omil bu tannarxdir.
Tannarx tahlili orqali har bir xo`jalik yurituvchi subyektni ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko`rsatish yuzasidan qilingan xarajatlarini maqsadga muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligi baholanadi.
Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko`payishidir.
Xarajatlar – muayyan davr oralig`ida sarflangan resurslarning pul o`lchovidagi qiymatidir.
Xarajat – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o`rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarning qiymat ko`rinishini ifodasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish, mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash, korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo`yicha qarorlarni qabul qilish, resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko`rilgan samaradorlikni ifodalaydi.
Moliya-xo`jalik faoliyati bilan bog`liq xarajatlar tarkibi xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo`jalik yurituvchi subyektda paydo bo`ladigan barcha xarajatlar to`g`risida to`liq va aniq axborot shakllantirilishi, soliq solinadigan bazani to`g`ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Moliya-xo`jalik faoliyati bilan bog`liq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan ustama xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma`muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3. Xo`jalik yurituvchi subyektning umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo`jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo`yicha xarajatlari:
a) foizlar bo`yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo`yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog`ozlarga qo`yilgan mablag`larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to`langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo`ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko`ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari;
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar;
4. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan boshqa xarajatlar.
1. Moddiy xarajatlar xarajatlarning eng muhim va asosiy qatori hisoblanadi. Ularning jami xarajatlar tarkibidagi salmog`i ishlab chiqarish, faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqadi. Sanoat bo`g`inida moddiy xarajatlar salmog`i 60-70 foizgacha tashkil etadi.
Ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan moddiy xarajatlar tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi.
Moddiy xarajatlar tarkibi




Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko`rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.




Normal texnologiya jarayonini ta`minlash va mahsulotlarni o`rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o`tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek‚ asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo`jalik buyumlarini va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarini qiymati




Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo`jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qo`shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar




Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek‚ xo`jalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy bo`linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo`lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan ishlar va xizmatlar




Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to`lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to`lash, korxonalar tomonidan suv xo`jaligi tizimlaridan beriladigan iste`mol qilinadigan suv uchun haq to`lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun — yog`och, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari




Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg`ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo`jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatish bo`yicha transport ishlari




Xo`jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo`jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo`jalik yurituvchi subyektning o`zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek‚ xarid qilinadigan energiyani iste`mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi)




Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi




Xo`jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog`liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to`lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar)




Xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi




Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati‚ idish va o`rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo`yicha chiqarib tashlanadi




«Moddiy xarajatlar» elementi bo`yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo`shimcha narx (ustama)dan, ta`minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to`lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig`imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo`shilgan qiymat solig`i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq to`lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to`lashdan kelib chiqib shakllanadi

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi.


Mehnat haqi xarajatlari tarkibi






Xo`jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to`lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan xo`jalik yurituvchi subyektni mukofotlash to`g`risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag`batlantiruvchi tusdagi to`lovlar




Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar.




Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog`liq bo`lgan kompensatsiya tusidagi to`lovlar




Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to`lash




Ishlanmagan vaqt uchun haq to`lash




Xo`jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo`yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to`lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo`jalik yurituvchi subyektning o`zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.




Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to`lash xarajatiga kiritiladigan to`lovlarning boshqa turlari

3. Ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar.


Ijtimoiy sug`urta ajratmalari






Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo`yicha mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlarga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar




Nodavlat pensiya jamg`armalariga ajratmalar va ixtiyoriy sug`urtaga sug`urta mukofotlari (badallari)

4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.


Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha xarajatlar




Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) bo`yicha olingan, buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi




Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo`lmagan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) bo`yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas

5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Ular tarkibiga yuqoridagi tarkiblarga kirmaydigan, ishlab chiqarish bilan bevosita va bilvosita bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar kiradi.


Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar






Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko`rsatish xarajatlari




Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lgan xizmat safarlariga yuborish bo`yicha xarajatlar




Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug`urta qilish xarajatlari




Brak tufayli kelib chiqadigan yo`qotishlar




Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko`ra bekor turishlar tufayli yo`qotishlar




Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko`rsatish xarajatlari




Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari




Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo`qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to`lanadigan nafaqalar




Umumiy foydalaniladigan yo`lovchilar transporti xizmat ko`rsatmaydigan yo`nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog`liq xarajatlar




Obyektlarni davlat kapital qo`yilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sug`urta qilish bilan bog`liq xarajatlar




Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog`liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo`lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda




Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo`yicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli bo`lmasa (ya`ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar «Kelgusi davrlar xarajatlari» sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xo`jalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak




Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug`ish nafaqalari to`lash bilan bog`liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq to`lanishi kerak


Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə