Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili


O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#135206
1   2   3   4   5   6   7   8
O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili

Xalqaro amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlari ikkita toifaga bo`linadi. Ya`ni, o`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o`zgarib boradi. O`zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan holda barqaror qoladi. Ushbu tarkiblash, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O`zgaruvchan xarajatlarni hisoblash metodologiyasini bilish biznesning daromadli bo`lishiga erishish maqsadida ishlab chiqarish birligiga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. O`zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash va ularni hisobga olish birinchi bor AQShda ishlatilgan bo`lib, uning nomi “direkt-kost”, Yevropada esa “marjinal-kost” deb nomlangan. Ularning farqi shundaki, ular to`g`ri va o`zgaruvchan xarajatlar kalkulyatsiyasi sifatida nomlanishidadir.


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo`yicha o`zgaruvchan xarajatlarning to`g`ri va egri turlari tarkiblanadi. Shuningdek, o`zgaruvchan xarajatlarning proporsional, degressiv, progressiv turlari guruhlanadi. Ularning o`zgaruvchanligini quyidagi chizmalarda tavsiflash mumkin.









Proporsional

Degressiv

Progressiv

rasm. Proporsional, degressiv, progressiv o`zgaruvchan xarajatlar

Ishlab chiqarish xarajatlarini o`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlarga to`g`ri tarkiblash va hisoblash tahlil natijasiga muhim ta`sir ko`rsatadi. Shu sababli ularni tarkiblashda ya`ni turkumlashda aniqligiga muhim e`tibor qaratish lozim. O`zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarilmagan hollarda ham majburiyatlarni yuzaga keltirishini hisobga olsak, bu tarkiblash juda muhim hisoblanadi. Yalpi natijaga ta`sir etmagan birlik oxir-oqibatda xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini to`g`ri baholamaslikka olib keladi.


Ishlab chiqarish xarajatlarining o`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tarkibi va ularning mahsulot birligiga nisbatan o`zgarishi

Mahsulot ishlab chiqarish miqdori, dona

Doimiy xarajatlar, ming so`m

O`zgaruvchan xarajatlar, ming so`m

Jami xarajatlar, ming so`m

Mahsulot birligiga to`g`ri keladigan o`zgaruvchan xarajat, ming so`m

Maxsulot birligiga to`g`ri keladigan o`zgarmas xarajat, ming so`m

Bir birlikka jami xarajatlar, ming so`m

10000

125000

361200

486200

36,12

12,50

48,620

11000

125000

414920

539920

37,72

11,36

49,083

12000

125000

477360

602360

39,78

10,41

50,196

13000

125000

533260

658260

41,02

9,615

50,635

14000

125000

600600

725600

42,90

8,928

51,828

15000

125000

675300

800300

45,02

8,333

53,353

16000

125000

769600

894600

48,10

7,812

55,912

Yuqoridagi jadval ma`lumotlaridan mahsulot birligiga to`g`ri keladigan o`zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish miqdorining o`zgarishiga mos ravishda oshib borganligini, o`zgarmas xarajatlarning esa tushib borganligini ko`rish mumkin.


Bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajat o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni tahlil qilish xarajatlarini boshqarishda eng muhim usul hisoblanadi. Bir birlikka xarajatlarning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarga: o`zgaruvchan xarajatlar, o`zgarmas xarajatlar, ularning jami xarajatlar tarkibidagi salmog`ining o`zgarishi, tarkib elementlardagi o`zgarishlar kiradi:
Si = Fi / Qi + Vi
Bunda:Si – i-mahsulot birligini tannarxi;
Fi – i-mahsulot birligiga doimiy xarajatlar;
Qi – i-mahsulot birligini ishlab chiqarish hajmi;
Vi – i-mahsulot birligiga o`zgaruvchan xarajatlar.

Mahsulot birligiga to`g`ri keladigan jami xarajatlar o`zgarishining tahlili



Ko`rsatkichlar

O`lchov birligi

Reja

Haqiqatda

Rejadan farqi

1. Ishlab chiqarish hajmi

dona

16 000

15 478

-522

2. Doimiy xarajatlar

ming so`m

255 000.0

269 600.0

+14 600,0

3. O`zgaruvchan xarajatlar

ming so`m

718 400.0

845 098,8

+126 698,8

4. Jami ishlab chiqarish xarajatlari

ming so`m

973 400.0

1 114 698,8

+141 298,8

5. Mahsulot birligiga o`zgaruvchan xarajatlar

ming so`m

44,90

54,60

+9,70

6. Mahsulot birligiga doimiy xarajatlar

ming so`m

15,94

17,42

+1,48

7. Mahsulot birligining jami tannarxi

ming so`m

60,84

72,02

+11,18

Bir birlik mahsulot tannarxi rejaga nisbatan 11,18 (72,02-60,84) ming so`mga o`sgan.


Sr = (Fr/Qr)+Vr=(255000/16000)+(973400/16000)=15,94+44,90=60,84
Ssh1 = (Fr/Qx)+Vr=(255000/15478)+(973400/16000)=16,47+44,90=61,37
Ssh2 = (Fx/Qx)+Vr=(269600/15478)+(973400/16000)=17,42+44,90=62,32
Sx = (Fx/Qx)+Vx=(269600/15478)+(845098/15478)=17,42+54,60=72,02
Omillar ta`siri:
1. Ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi ta`siri = 61,37-60,84=0,54 ming so`m.
2. Doimiy xarajatlar o`zgarishi ta`siri = 62,32-61,32=0,94 ming so`m
3. O`zgaruvchan xarajatlar o`zgarishi ta`siri = 72,02-62,32=9,70 ming so`m
Jami o`zgarish = 0,54+0,94+9,70=11,18 ming so`m



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə