Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili


Xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish yo`llari



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#135206
1   2   3   4   5   6   7   8
Xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish yo`llari

Ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirishning eng muhim tadbirlariga ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalangan holda ishlab chiqarish hajmini o`stirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan samarali va tejamli foydalanish, ishlab chiqarishda brak mahsulotlarga yo`l qo`ymaslik hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini keskin qisqartirish tadbirlari kiradi. Ularni tarkib bo`yicha ikkita guruhga ajratish mumkin.


1. Mahsulot hajmini o`stirish imkoniyatlari;
2. Xarajatlarni pasaytirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirish imkoniyatlari.
Korxona daromadliligini ta`minlash va uni o`stirishning eng muhim omili bu ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va ularni minimallashtirish bilan bog`lanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini o`sishi hisobiga erishilgan ijobiy natijani doimo ham ta`minlab bo`lmaydi. Chunki baho o`zgarishlari korxonani foydaga ishlashini kafolatlay olmaydi. Negaki, mahsulotlarning bahosi bozor qonun qoidalari asosida tashqi omil sifatida doimo o`zgarib turadi.
Xarajatlarni iqtisod qilish korxona rentabelligini o`stirishning ham zaruriy sharti hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisod qilish uning tarkib elementlari va xarajat moddalari bo`yicha chuqur va keng qamrovli tahlil o`tkazish talab etiladi.
Xarajatlarni iqtisod qilish har bir xarajat elementi, uning o`zgarishlari, o`zgarish sabablarini tizimli modellar asosida tadqiq etishni talab etadi.
Shu bilan birga korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish yuzasidan quyidagi yo`nalishlarini belgilab o`tish lozim:
- mehnat predmetlari va ulardan foydalanish bilan bog`liq imkoniyatlar;
- mehnatning o`zi bilan bog`liq imkoniyatlar;
- mehnat vositalari bilan bog`liq imkoniyatlar;
- ishlab chiqarishni, mehnatni va boshqaruvni tashkil etish bilan bog`liq imkoniyatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisod qilish, xarajatlarni kamaytirishning eng maqbul yechimiga ishlab chiqarishni texnik rivojlantirish orqaligina erishiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisod qilishning umumiy hajmini quyidagi bog`lanish orqali topish mumkin.
Ii = (Zib – Zio) * Vio
Bu yerda: Ii – ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodi;
Zib – xarajatlarni iqtisod qilishga choralar ko`rilgunga qadar mahsulot birligiga xarajatlar summasi;
Zio – xarajatlarni iqtisod qilish yuzasidan ko`rilgan choralardan keyingi mahsulot birligiga xarajatlar summasi;
Vio – xarajatlarni iqtisod qilishga ko`rilgan choralar boshlangan davrdan hisobot davri oxiriga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish rezervi ishlab chiqarish dasturi bajarilishini tahlil etish orqali aniqlanadi. Mahsulot hajmini ortishi tufayli xarajatlarni o`zgaruvchan qismi (ishchilarning ish haqi, material xarajatlari va boshqa xarajatlar) ortgan holda, xarajatlarni o`zgarmas qismi turg`un holatda saqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish yuzasidan imkoniyatlar va ularni hisob-kitobi

Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisod qilish

Aniqlash formulasi

1. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi

(P↑VBP)

2. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga

(R↓Z)

3.Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash formulasi

Zf - R↓Z + Zd Zf
R↓S =SV - SF = - PF + P↑VBP VBPF
Bu yerda:
SV, SF –choralar ko`rilgunga qadar va choralar ko`rilgandan keyingi mahsulot tannarxi;
Zd – mahsulot hajmini o`stirish yuzasidan imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan qo`shimcha xarajatlar

4.Mehnat haqi bo`yicha xarajatlar iqtisodi (R↓ZP)

R↓ZP = (UTE1 - UTE0) x OTpl x VVPpl
Bu yerda:
UTE0 – mahsulotning choralar ko`rilgunga qadar ish haqi sig`imi;
UTE1 – mahsulotning choralar ko`rilgandan keyingi ish haqi sig`imi;
OT – rejada belgilangan bir soatlik mehnat haqi
VVPpl – ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulot hajmi

5.Moddiy xarajatlar iqtisodi (R↓MZ)

R↓MZ =(UR1 - UR0) x VVPpl x Ts pl
Bu yerda: UR0,UR1 – choralar ko`rilgunga qadar va choralar ko`rilgandan keyin mahsulot birligiga material xarajatlari;
Ts pl – materiallarning reja bahosi

6.Asosiy vositalarni saqlash, ishlatish xarajatlari iqtisodi (R↓OPF)

R↓A = ∑ (R↓OPFi x NAi)
Bu yerda:
NAi – amortizatsiya normalari;
OPFi - asosiy vositalarni boshlang`ich qiymati

7.Boshqa xarajatlar iqtisodi

Zd = R↑VVPi x bif
Bu yerda:
bif-o`zgaruvchan xarajatlarning haqiqatdagi salmog`i




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə