Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili


Moddiy, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va ishlatish xarajatlari tahlili



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#135206
1   2   3   4   5   6   7   8
Moddiy, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va ishlatish xarajatlari tahlili

Moddiy xarajatlar. Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi va shu sababli ham ularni tahlil etishga muhim ahamiyat qaratiladi.


Moddiy xarajatlar tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:
- moddiy xarajatlarning rejaga va o`tgan yillarga nisbatan o`zgarishlarni va ularning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni o`rganish;
- moddiy xarajatlarni iqtisod qilish yuzasidan imkoniyatlarni aniqlash;
- mahsulotning moddiy xarajatlar sig`imiga baho berish va ulardan samarali foydalanishning ichki imkoniyatlarini aniqlash;
- moddiy resurslardan tejamli va natijali foydalanish yo`llarini aniqlash.
Moddiy xarajatlar tahlili ularning o`zgarishini o`rganishdan boshlanadi. Moddiy xarajatlarning o`zgarishi va unga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma`lumotlari asosida ko`rib o`tishimiz mumkin.

Moddiy xarajatlar va ularning o`zgarishi va unga ta`sir etuvchi omillar tahlili



Moddiy xarajatlar va ularning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar

Summasi

1. Reja bo`yicha moddiy xarajatlar

35 250

2. Haqiqatdagi mahsulot hajmi va tarkibi bo`yicha qayta hisoblangan rejadagi moddiy xarajatlar

35 600

3. Haqiqatdagi moddiy xarajatlar

35 700

4. Jami o`zgarish

+450

Shu jumladan:




4.1. Ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi hisobiga

+3 525 (35 250*10/100)

4.2. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o`zgarishi hisobiga

-3 175 (35 600-35 250-3 525)

4.3. Materiallar tarkibining o`zgarishi hisobiga

+100 ( 35 700-35 600)

*Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sish darajasi – 10 %

Moddiy xarajatlarning reja bo`yicha tannarxi 35 250 mln so`m qilib belgilangan. Lekin, uning haqiqiy tannarxi 35 700 mln so`mga teng bo`lgan. Moddiy xarajatlarning jami o`zgarishi +450 mln so`mni tashkil qilgan. Ushbu o`zgarishga ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi hisobiga (moddiy xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar tarkibiga kirib mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o`sib borishi tufayli) +3 525 mln so`mga ortganligini, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning strukturaviy o`zgarishlari hisobiga -3 175 mln so`mga kamayganligini, materiallar tarkibining o`zgarishi hisobiga o`zgarish +100 mln so`mni tashkil etganligini ko`rish mumkin. Barcha omillar ta`sirini jamlasak, uning umumiy o`zgarishga teng ekanligini ko`rish mumkin (+3 525+(-3 175)+100).


Ish haqi xarajatlari tahlili. Ish haqi xarajatlari ishlab chiqarish korxonalarida salmog`i bo`yicha moddiy xarajatlardan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi xarajat elementi hisoblanadi. O`z navbatida ish haqi xarajatlari uchinchi muhim xarajat elementi ish haqidan ajratmalar uchun ham asos bo`ladi. Ish haqidan ajratmalarning kichik va yirik biznes vakillariga nisbatan 15 va 25 foizlik normalari belgilangan. Ish haqidan ajratmalarning mahsulot ishlab chiqarish tannarxida sig`imlilik darajasi ish haqiga birlashtirilgan holda o`rganiladi. Eng muhim ko`rsatkichlar sifatida tahlil etishda quyidagi ko`rsatkichlar tarkiblanadi: ish haqi fondi, bitta xodimga to`g`ri keladigan o`rtacha oylik ish haqi, bir ishchiga to`g`ri keladigan ish o`rtacha oylik ish haqi, bir kunlik o`rtacha ish haqi, bir soatlik o`rtacha ish haqi.
Korxonada ish haqi fondining tahlili

Ko`rsatkichlar

Sanoat ishlab chiqarish xodimlari

Ishchilar

Ish haqi fondi, mln so`m







O`tgan yil

17 706,9

17 116,5

Haqiqatda

26 025,6

19 767,0

Farqi (+,-)

+8 318,7

+2 650,5

Xodimlarning o`rtacha ro`yxat bo`yicha soni, kishi







O`tgan yil

1 065

844

Haqiqatda

962

769

Farqi (+,-)

-103

-75

Xodimlarning o`rtacha ish haqi, ming so`m







O`tgan yil

16 626,2

20 280,9

Hisobot yili

27 053,6.

25 704,4

Farqi (+,-)

+10 427,4

+5 426,6

Ish haqi fondining jami o`zgarishi, ming so`m

+8 318,7

+2 650,5

Shu jumladan:







Xodimlar soni o`zgarishi hisobiga, ming so`m

-1 712,5

-1 521,0

O`rtacha ish haqi o`zgarishi hisobiga, ming so`m

+10 031,1

+4 171,5

Korxonada ish haqi fondining o`tgan yilga nisbatan o`zgarishi sanoat ishlab chiqarish xodimlari bo`yicha 8 318,7 mln so`mni, ishchilar bo`yicha 2650,5 mln so`mni tashkil qilgan.


Xodimlarning o`rtacha ro`yxatdagi soni o`tgan yilga nisbatan sanoat ishlab chiqarish xodimlari bo`yicha 103 kishiga, ishchilarning o`rtacha ro`yxatdagi soni 75 kishiga kam bo`lgan.
Xodimlarning o`rtacha ish haqi o`tgan yilga nisbatan sanoat ishlab chiqarish xodimlari bo`yicha +8 318,7 ming so`mga, ishchilar bo`yicha 2 650,5 ming so`mga o`sganligini ko`rish mumkin.
Ish haqi fondining o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar sifatida xodimlar sonining o`zgarishi va o`rtacha bir xodimga to`g`ri keladigan ish haqining o`zgarishi hisob-kitob qilinadi. Korxonada ushbu omillar hisobiga mehnat haqi fondining o`zgarishi sanoat ishlab chiqarish xodimlariga nisbatan +10 031 ming so`m (bir xodimga o`rtacha ish haqining o`zgarishi (10 427,4)) va -1 712,5 ming so`mni (sanoat ishlab chiqarish xodimlari sonining o`zgarishi hisobiga (-103)) tashkil etgan.
Ishchilarning mehnat haqi fondining o`tgan yilga nisbatan o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillari hisob-kitobi mos ravishda +4 171,5 ming so`m va -1 521,0 ming so`mga teng bo`lgan.
Bitta xodimga yoki bitta ishchiga to`g`ri keladigan ish haqi o`zgarishlariga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma`lumotlari asosida hisob-kitob qilish mumkin.
Ishchilarning o`rtacha ish haqi va uning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar tahlili

Ko`rsatkichlar

O`tgan yil

Hisobot yili

Farqi
(+, -)

O`sish darajasi, %

1. Ishchilar mehnat haqi fondi, ming so`m

17 116,5

19 767,0

-2 650,5

115,5

2. Ishchilarning o`rtacha ro`yxat soni, kishi

844

769

-75

91,1

Z. Bitta ishchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ish haqi, so`m

20 280,2

25 704,8

+5 424,6

126,7

4. Ishchilar tomonidan ishlangan kishi kunlari, ming kishi-kun

176,34

167,8

-8,5

95,2

5. Ishchilar tomonidan ishlangan jami ish soatlari, ming kishi soat

1 467,2

1 412,8

-54.4

96,3

6. Bitta ishchi tomonidan ishlangan kishi kuni (4/2)

208,9

218,2

+9,3

104,4

7. Ish kuni davomiyligi, soat (5/4)

8,32

8,42

+0,1

101,2

8. Bitta ishchiga to`g`ri keladigan bir soatlik ish haqi, ming so`m (1/5)

11,67

13,99

+2,32

238,9

Ish haqining o`zgarishi, ming so`m

x

x

+5 424,6

x

Ish kuni o`zgarishi

(+9,3)x8,32x11,67 =

+903,0

x

Ish kuni davomiyligi o`zgarishi

218,2x(+0,1)x11,67 =

+254,6

x

1 soatlik mehnatga haq to`lash qiymatining o`zgarishi

218,2x8,42x(+2,32) =

+4 264,4

x

Ishlarning o`rtacha ish haqi va uning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar tahlilidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
- ish kuni o`zgarishi hisobiga o`rtacha ish haqining o`zgarishi 903 ming so`mga ortgan;
- ish kuni davomiyligining o`zgarishi hisobiga o`rtacha ish haqining o`zgarishi +254,6 ming so`mga ortgan;
- bir soatlik mehnatga haq to`lashning o`zgarishi hisobiga o`rtacha ish haqi +4 264,4 ming so`mga ortgan;
- ish haqining jami o`zgarishi 5 424,6 ming so`mga teng bo`lgan.
Mahsulotning mehnat sig`imi va mehnat haqining o`sish darajasi ishlab chiqarishga yangi texnikalarni ishga tushirilishiga, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasiga, mehnatni tashkil etilishiga, xodimlarning malaka darajasiga va boshqa innovatsion o`zgarishlarga bog`liqdir.
Amortizatsiya va eskirish xarajatlari tahlili. Amortizatsiya va eskirish xarajatlari asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga xos tushunchalar hisoblanadi. Ularning iqtisodiy mazmunini bilish uchun albatta quyidagi tushunchalarning tasnifini bilish lozim.
Aktivning balans qiymati – har qanday jamg`arilgan eskirish va yig`ilgan qadrsizlanish bo`yicha zararlar chegirib tashlanganidan so`ng, aktivning tan olinadigan summasi bu uning balans qiymatidir.
Aktivning tannarxi – bu aktivni uning haridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to`langan pul mablag`i yoki pul mablag`i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Aktivning eskirish hisoblanadigan qiymati – bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi tannarxi yoki tannarx o`rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir.
Aktivning eskirishi – bu aktivning eskirishi hisoblanadigan aktiv qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo`ljallangan moddiy aktivlardir:
(a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko`rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma`muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo`ljallangan; va
(b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan.
Aktivning qoplanadigan qiymati – bu aktivning quyidagi qiymatlaridan yuqorirog`i: sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va uning foydalanishdagi qiymati.
Aktivning tugatish qiymati – bu aktivning chiqib ketishi bo`yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik subyekti ayni paytda xuddi aktiv foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo`lganidek aktivning chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
Aktivning foydali xizmat muddati bu:
(a) aktivning tadbirkorlik subyekti tomonidan foydalanishi uchun yaroqli bo`lishi kutilgan davr; yoki
(b) tadbirkorlik subyekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o`xshash birliklar soni.
Tahlil qilishda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarishda xizmat qiladigan tarkibi bo`yicha amortizatsiya ajratmalarini tahliliga, amortizatsiya ajratmalarining o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillariga muhim ahamiyat beriladi. Amortizatsiya ajratmalari va eskirish xarajatlari amortizatsiyalanadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymatini o`zgarishi va amortizatsiya normalarining o`zgarishi hisobiga o`zgaradi.
Mahsulotning ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi sig`imi quyidagi model asosida hisoblanadi:
Ma=Ax/Mx
Bunda: Ma – mahsulotning amortizatsiya sig`imi;
Ax – amortizatsiya (eskirish) xarajatlari;
Mx – mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.
Mahsulotning amortizatsiya (eskirish) xarajatlari quyidagi model bo`yicha hisob-kitob qilinadi:
A=Na*Sb/100
Bunda: A - asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi;
Na – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amaortizatsiyalanadigan qiymati;
Sb – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya normalari.

Asosiy vositalarni amortizatsiyasi, ularni saqlash va ishlatish xarajatlarining omilli tahlili modellari



Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo`yicha

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

Ta`sir etuvchi omillar

Omillar ta`sirining hisob-kitobi

Amortizatsiya (eskirish)

Asosiy vosita (nomoddiy aktiv)larning balans qiymati (OS) va amortizatsiya normalarining (NA) o`zgarishi

A = OS·NA
ΔAos = ΔOS·NA0
ΔAna = ΔOS1·ΔNA

Yoritish, isitish, suv ta`minoti va boshqa xarajatlar

Iste`mol qilingan xizmatlar miqdori (K) va qiymatining(S) o`zgarishi

M = K ·S
ΔMk = ΔK·Ts0
ΔMts = K1·ΔTs

Asosiy vositalarning joriy ta`mirlash xarajatlari

Ishlar hajmi (V) va qiymatining (Ts) o`zgarishi

ZR = V·Ts
ΔZRv = ΔV·Ts0
ΔZRts = V1·ΔTs

Yengil avtomobillarni saqlash xarajatlari

Yengil avtomobillar soni (KM) va bitta mashinani saqlash xarajatlari (ZS) o`zgarishi

Z = KM·ZS
ΔZkm = ΔKM·ZS0
ΔZzs = KM1·ΔZS

Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tahlili


Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini tahlili tahlilda eng murakkab, qiyin va ko`p mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Uning buxgalteriya xizmati xodimlari mehnat sig`imidagi hajmi ham eng yuqori normani tashkil etadi.


Mahsulot (ish, xizmat) larning tannarxi – ishlab chiqarishning eng muhim samaradorlik ko`rsatkichi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning muhim samaradorlik ko`rsatkichi bu ishlab chiqarish tannarxidir. Korxonaning moliyaviy natijasi va moliyaviy ahvoli avvalo ushbu samaradorlik ko`rsatkichiga bog`liqdir.
Xarajatlar boshqarish tizimining samaradorligi avvalo ularni tahlil etishni tashkil etilganligiga bog`liq. O`z navbatida bu quyidagilarga bog`liq:
- korxonada qo`llanilayotgan hisob shakli va usullariga;
- hisob ishlarining avtomatlashtirish darajasiga;
- operatsion xarajatlarni rejalashtirish va normalash holatiga;
- soatlik, kunlik, dekadalik, oylik xarajatlar yuzasidan hisobotlarning shakllantirilganlik holatiga;
- real holat va natijani chuqur tahlil qilishda malakali mutaxassislarning mavjudligiga va h.k. omillarga bog`liq.
Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxi tahlili obyekti sifatida quyidagilar tarkiblanadi:
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotning to`liq tannarxi va xarajat elementlari bo`yicha tahlili;
- bir so`mlik ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotga to`g`ri keladigan xarajat tahlili;
- alohida tur mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi;
- xarajatlarning alohida moddalari bo`yicha tahlili;
- javobgarlik markazlari bo`yicha tahlili.

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tahlili



Xarajat elementlari va mahsulotning xarajat sig`imi ko`rsatkichlari

Summa, ming so`m

Xarajatlar tarkibi, %

Bir so`mlik mahsulotga xarajat, tiyin

t0

t1

(+,–)

t0

t1

(+,–)

t0

t1

Moddiy xarajatlar

35 000

45 600

+10 600

53,0

55,9

+2,9

43,75

45,45

Shu jumladan:

























Xomashyo va materiallar

25 200

31 500

+6 300

38,2

38,6

+0,4

31,50

31,40

yoqilg`i

5 600

7 524

+1 924

8,5

9,2

+0,7

7.00

7,50

elektroenergiya

4 200

6 575

+2 376

6,3

8,1

+1,8

5.25

6,55

Mehnat haqi

13 500

15 800

+2 300

20,4

19,4

-1,0

16,88

15,75

Mehnat haqidan ajratmalar

4 725

5 530

+805

7,2

6,8

-0,4

5,90

5,51

Amortizatsiya (eskirish) xarajatlari

5 600

7 000

+1 400

8,5

8,6

+0,1

7,00

6,98

Boshqa xarajatlar

7 175

7 580

+405

10,9

9,3

–1,6

8,97

7,56

To`liq tannarx

66 000

81 510

+15 510

100

100



82,50

81,25

Shu jumladan:
-o`zgaruvchan xarajatlar

46 500

55 328

+9 828

70,5

68

–1,5

58,12

55,15

-o`zgarmas xarajatlar

19 500

26 182

+6 682

29,5

32

+1,5

24,38

26,10

Alohida tur mahsulotlar tannarxi va uning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi bog`lanishlarini berib o`tish mumkin:


Ti = Di / MXi + O`i
Bunda: Ti – i mahsulot birligini tannarxi;
Di – i mahsulot birligiga doimiy xarajatlar;
Bi –i mahsulot birligiga o`zgaruvchan xarajatlar;
Mxi – i birlik mahsulot hajmi.
“A” tur mahsulotning tannarxi va uning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar tahlili

Ko`rsatkichlar

Reja

Haqiqatda

Rejadan farqi, (+,-)

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi (MX), dona

10 000

13 300

+3 300

Doimiy xarajatlar(D), ming so`m

12 000

20 482

+8 482

Mahsulot birligiga o`zgaruvchan xarajatlar (O`), so`m

2 800

3 260

+460

Mahsulot tannarxi (T), so`m

4 000

4 800

+800

Treja = Dreja / MXreja + O`reja = 12 000 000 / 10 000 + 2800 = 4000 so`m;


Tshartli1 = Dreja / MXxaq. + O`reja = 12 000 000 / 13 300 + 2800 = 3702 so`m;
Tshartli2 = Dxaq. / MXxaq. + O`reja = 20 482 000 / 13 300 + 2800 = 4340 so`m;
Txaq. = Dxaq. / MXxaq. + O`xaq = 20 482 000 / 13 300 + 3260 = 4800 so`m.
Mahsulot birligi tannarxining umumiy o`zgarishi:
ΔTjami = Txaq. – Treja = 4800 – 4000 = +800 so`m.
Shu jumladan:
a) ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi hisobiga:
ΔTmx = Tshartli1 – Treja = 3702 – 4000 = –298 so`m;
b) doimiy xarajatlar o`zgarishi hisobiga:
ΔTd = Tshartli2 – Tshartli1 = 4340 – 3702 = +638 so`m;
v) o`zgaruvchan xarajatlarning o`zgarishi hisobiga:
ΔTo` = Thaq. – Tshartli2 = 4800 – 4340 = +460 so`m.

“A” mahsulot tannarxining xarajat moddalari bo`yicha tahlili



Xarajat moddalari

Xarajatlar summasi

Xarajatlar tarkibidagi salmog`i, % 

Reja

Haqiqat

Farqi (+,-)

Reja

Haqiqat

Farqi (+,-)

Xomashyo va materiallar

1 700

2 115

+415

42,5

44,06

+2,1

Yoqilg`i va elektr energiya

300

380

+80

7,5

7,92

+0,42

Ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi

560

675

+115

14,0

14,06

+0,06

Ish haqidan ajratmalar

200

240

+40

5,0

5,0

-

Uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari

420

450

+30

10,5

9,38

-1,12

Umumishlab chiqarish xarajatlari

300

345

+45

7,5

7,19

-0,31

Umumxo`jalik xarajatlari

240

250

+10

6,0

5,21

-0,79

Brakdan yo`qotishlar

-

25

+25

-

0,52

+0,52

Sug`urta xarajatlari

160

176

+16

4,0

3,66

-0,34

Boshqa xarajatlar

120

144

+24

3,0

3,0

-

Jami ishlab chiqarish xarajatlari

4 000

4 800

+800

100

100

-

Shu jumladan:
-o`zgaruvchan
-o`zgarmas

2 800
1 200

3 260
1 540

+460
+340

70,0
30,0

67,9
32,1

-2,1
+2,1

“A” mahsulot birligining reja tannarxiga qiyosan o`zgarishi 800 so`mni tashkil etgan. Shu jumladan mahsulot birligining tannarxida o`zgaruvchan xarajatlarning o`zgarishi 460 so`mni, doimiy, ya`ni o`zgarmas xarajatlarning o`zgarishi 340 so`mni tashkil etgan. Asosiy xarajat moddalari qatoriga moddiy xarajatlar (xomashyo va materiallar, yoqilg`i va elektr energiya), ish haqi xarajatlari to`g`ri kelgan.





Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə