Microsoft Word Moliyaviy hisob


Materiallardan foydalanishni nazorat qilish



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə43/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Materiallardan foydalanishni nazorat qilish


Ishlab chiqarishda TMZlarning sarflanishi ustidan nazorat olib borish – bu bir xil mahsulot ishlab chiqarishda sarflangan TMZlarning haqiqiy sonini ularning me’yorida kursatilgan soni bilan taqsimlashdir. Materiallarning sarflanishi ustidan turli usullar yordamida nazorat olib boriladi: hujjatlashtirish, inventar, partiya bo’yicha bichish va boshqalar.


Birinchi usul yordamida TMZning bir turini ikkinchi tur bilan almashtirilganda vujudga keladigan farq hisobga olinib, talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatda TMZning me’yor bo’yicha sarflash soni va almashtirilgan, TMZning sarflanishi xususida ma’lumotlar ko’rsatilib, ularni taqqoslash natijasida farq aniqlanadi. Materiallar sarflanishini nazorat qilishdagi hujjatlashtirish usulining moxiyati shundan iboratki, bunda TMZning sarflanish me’yoriga qaraganda ortiqcha xarajat yoki iktisod qilinishiga yo’l qo’yish TMZlar ishlab chiqarishda sarflanishidan avval aniqlanadi.
Nazorat qilishning partiya bichish usulida sarflash natijasi TMZning har bir partiyasi bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun bichish varaqasi yuritiladi. Unda ishlab chiqarish topshirigini bajarish uchun berilgan TMZning xakikatdan sarflanganligi ko’rsatiladi. Har bir bichish varaqasi bo’yicha TMZ sarflash natijasi aniqlanadi.
Inventar usuli bo’yicha TMZ sarflash natijasi hisobot oyi oxirida chiqarilmay, balki qolgan TMZlarni inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi.
Tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan hisobot tuzishdan oldin tovar-moddiy zahiralarni inventarizatsiya qilishni talab qiladi. Ushbu inventarizatsiya quyidagi hollarda va tartibda o’tkaziladi:
Tuzilgan yillik hisobotda TMZ haqiqiy holatini aniqlash maqsadida yil bir marta 1- oktyabr holatiga;
Moddiy javobgar shaxslarni almashtirayotganda, ularning ustidan asosli shikoyat tushganda va tabiiy ofat sodir bo’lganda;
Buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan omborxona hisobidagi (hisobotidagi) ma’lumotlarda farqlar vujudga kelsa.
Inventarizatsiya o’tkazish uchun har yili boshida sub’ekt rahbarining imzosi bilan doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasini tuzish va uning a’zolari to’g’risida buyruq chiqariladi. Unga sub’ektning etakchi mutaxassilari, bo’limlardan vakillar jalb qilinadi.
Har bir ayrim inventarizatsiya o’tkazish uchun sub’ekt rahbarining imzosi bilan buyruq chiqariladi. Unda komissiya a’zolari, inventarizatsiya ob’ekti va o’tkazish davr ko’rsatiladi. Inventarizatsiya o’tkazishdagi haqiqiy mavjudligini aniqlashdir. Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
Tovar-moddiy zahiralarning saqlanish sharoiti;
Ularni saqlash va chiqarish tartiblarining to’g’riligi va tortuv va o’lchov jixozlarining ahvoli;
Tovar-moddiy zahiralarning harakatini hisobga olish tartibi(omborxona hisobining yuritilishi);
Inventarizatsiya o’tkazishning mohiyati, usuli va qamrovi bo’yicha quyidagicha guruhlanadi.
Tekshirish hajmining qamrovi bo’yicha:
Yoppasiga –ob’ekt har tomonlama va to’liq tekshiriladi;
Tanlama-ob’ektning asosiy ko’rsatkichlari tanlab olib tekshiriladi; O’tkazish vaqtiga qarab:



  • rejali-sub’ekt tomonidan tuzilgan rejaga asosan(yilda bir marta) o’tkaziladi;

  • ko’tilmagan holda – javobgar shaxs kutmagan holda – shikoyat tushganda va hokazo o’tkaziladi.

Inventarizatsiyani o’tkazish usulidan umumiy rahbarlik sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyruqqa asosan tuzilgan inventarizatsiya komissiyasiga ishonchli mutaxassislar jalb qilinadi va natijasini(dalolatnomani) rahbar tasdiqlaydi. Inventarizatsiya komissiyasi o’tkazish davrida buxgalterning hisob ma’lumotlariga asoslangan holda TMZ inventarizatsiya ro’yxatini omborlar bo’yicha(inv-3) tuzadi. Uni o’tkazish vaqtida ombor mudiri tomonidan TMZ qabul qlish va chiqarish ta’qiqlanadi, u niventarizatsiya komissiyasiga hamma hujjatlarda ma’lumotlar omborxona hisobidagi tegishli kartochkalarga o’tkazilganligi va buxgalteriyaga topshirilganligi to’g’risida tilxat beradi.


Inventarizatsiyaning natijalarini aniqlash uchun TMZ qoldiqlarini hisobga oluvchi daftardan foydalanish mumkin, chunki unda inventarizatsiyaning natijasi bo’yicha tuzilgan ro’yxatga asosan jismoniy ko’rinishdagi TMZ qoldig’ini qayd qiluvchi maxsus ustun mavjud.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar-ortiqcha yoki kamomad, taqqoslash qaydnomasini tuzish natijasida, haqiqiy tannarxda hujjatlashtiriladi.
Ortiqcha deb topilgan, TMZ tegishli schyotlarda kirim qilinadi, debet 1000, 1100, 2900 va davr xarajatlari kamaytiriladi, ya’ni muomalaviy daromadlar sifatida tegishli 9390-
«Boshqa moliyaviy daromadlar» schyotining kreditida ko’rsatiladi. TMZ kamomadi esa tegishli schyotlarning kreditidan 9433-«Qiymatliklarning kamomadi va buzilishi natijasida yo’qotishlar» schyotining debetiga olib boriladi. Keyinchalik inventarizatsiya komissiyasining qarori rahbar tomonidan tasdiqlangan keyin yoki javobgar shaxs
zimmasiga olib boriladi debet schyot 4630, yoki davr xarajatlari sifatida 9433 schyotning debet tomonida qoladi(agar ushbu summani sub’ekt o’z zimmasiga olsa).
Firmaning bosh direktorining 2003 yil noyabr oyining 26-kunida chiqarilgan 285- buyrug’iga asosan 25-omborxona mudiri U. Umarovning javobgarligida 1010 balans schyotida hisobga olingan xom-ashyo va TMZlarning noyabr oyining 1 kuniga holatini qayd qiluvchi haqiqiy qoldig’ini aniqlash maqsadida inventarizatsiya o’tkazildi.
Inventarizatsiya oktyabr oyining 30-kunida boshlanib noyabr oyining 2-kunida tugatildi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə