Microsoft Word Moliyaviy hisob


Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə40/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish


Omborlarda TMZlar omborchi tomonidan miqdor ko’rsatkichlari bo’yicha varaqlarda hisobga olinadi (jadvalga qaralsin).


Ombor varaqlari TMZlarning har bir turi, navi, xili bo’yicha buxgalteriya tomonidan ochiladi.
Buxgalteriya unga xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi, varaqa tartib raqami, ombor raqami, TMZ nomi, markasi, navi, hajmi, o’lchov birligi, nomenklatura raqami, hisob narxi va boshqalarni yozadi.
Varaqni olgandan keyin omborchi ushbu TMZlar saqlanadigan tokcha yoki joyni ko’rsatadi. Saqlanadigan joyga TMZlarning narxi va soni yozilgan yorliq biktiriladi.

Materiallarni hisobga olishning ombor kartochkasi





Ombor

Stellaj

Yacheyka

Marka

Nav

Yo’nalish

Hajmi

Kod (nomenklatura raqami)

O’lchov birligi

Narxi

Zaxira meyori

Nomi

Kod

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12




1-son shaklidagi satr raqami

13



Qayd sanasi

Hujjat raqami

Qaydning t/r

Kimdan olindi yoki kiga berildi

Kirim

Chiqim

Qoldiq

Nazorat (imzo, sana)

14

15

16

17

18

19

20

21










Qoldiq













13.03.03

2




«Yulduz» fabrikasi

600




600




20.03 03

20

3







200

400




01.04 03

30

4







350

50




























Buxgalter Ibragimov I. (imzo)

Har doim yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar asosida omborchi bu varaqlarga miqdor jihatdan TMZlarning kirim va chiqimini yozadi. Har bir yozuvdan so’ng varaqlarda TMZlarning qoldig’i hisoblab chiqariladi.


Avvaldan belgilangan kunlarda(3-5 kunda bir marta) omborchi kirim va chiqim hujjatlarini topshirish ro’yxatini ikki nusxada yozadi. Ro’yxatning birinchi nusxasiga lastlabki hujjatlarni tikib, uni buxgalteriyaga topshiradi. Material bo’limining buxgalteri bu ro’yxat va unga biriktirilgan hujjatlarni sinchiklab teshirib chiqqandan keyin bu to’g’risida ro’yxatning ikkinchi nusxasini tasdiqlaydi. Ro’yxatning ikkinchi nusxasi omborchida qoladi.
Buxgalter ombordagi eng avvalo kamyob, qimmatbaho TMZlarning haqiqiy qoldiqlarini tanlab nazoratdan o’tkazib, bu to’g’rida varaqlarga tekshirish sanasini va imzo qo’yib tasdiqlaydi. Tanlab tekshirish natijalari bo’yicha moddiy javobgar shaxslarning ishida aniqlangan kamchiliklar to’g’risida ma’lumotlar maxsus daftarga yozilib, bosh buxgalterga xabar qilinadi.
Materiallar nomenklaturasi kam bo’lganda omborlarda ombor hisobi varaqlari o’rniga varaqlarning zarur rekvizitlarini o’z ichiga olgan nav hisobi daftarlaridan foydalanishga yo’l qo’yiladi.
Har oyning birinchi kunida omborchi varaqlardagi oyning oxiriga bo’lgan qoldiqlarni ombor bo’yicha qoldiq daftariga ko’chiradi. Bu daftar har bir ombor uchun alohida ochilib, oyning oxirgi kunida omborchiga beriladi. Keyingi oyning 1-2 kunida omborchi bu daftarni buxgalteriyaga qaytaradi.
Qoldiq daftarining TMZ qoldig’ining umumiy summasi buxgalteriyada TMZ harakati bo’yicha yuritiladigan 10-qaydnoma ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to’g’ri kelishi hisobot oyida omborda va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to’g’riligidan dalolat beradi.
Tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishni tashkil etish uslublari turlichadir. Buxgalterlik va saldo uslublari shularning eng kup tarqalganlaridan. hisob-kitobni kilda yuritish sharoitida saldo uslubi birmuncha ilgor uslub hisoblanadi. Bunday uslub buxgalterlik uslubiga nisbatan kator afzalliklarga ega, ana shu afzalliklar mazkur uslubning ko’proq ommalashuvini ta’minlagan.
Materiallarni hisobga olishning buxgalterlik uslubi.
Avvalo shuni kayd qilish kerakki, TMZlarni hisobga olishning buxgalterlik uslubini tovar-moddiy boyliklar soni uncha ko’p bo’lmagan korxonalarda qo’llanish tavsiya qilinadi. Bunday uslub qo’llanilganida xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasida subschyotlar razryadida (1010) ishlab chiqarish zaxiralarining xar bir turi uchun son-miqdorli hisob-kitob varaqalari ochiladi. Buxgaler ushbu varaqalarda ombordan kelib tushgan dastlabki asoslovchi hujjatlar (kirim orderlari, TMZlarni qabul qilib olish dalolatnomalar, yuk xaki talabnomalari va boshqalar) ning ma’lumotlari asosida moddiy boyliklar xarajati (saldo,kirim, chikim) ni aks ettiradi. Shunday qilib, ombordagi hisob-kitob varaqalaridagi axborot keyinchalik moddiy javobgar shaxslarga doir tovar-moddiy boyliklarning sintetik schyoti (1010) ning xar biri uchun alohida ochiladigan analitik (son-mikdorli) aylanish vedomostlariga kuchiriladi. Materiallarning ombor (M-12 shakli) va buxgalterlik hisob- kitobi (son-mikdorli) varaqalarida operatsiyalarni aks ettirishning to’g’riligi va tulikligini tekshirish maqsadida har oyda moddiy boyliklarning har bir turi bo’yicha ularning natural ko’rsatkichlarini quyidagi pozitsiyalar yuzasidan taqqoslash o’tkaziladi: Oy boshidan saldo oydagi kirim va chikim bo’yicha aylanishlar oy oxiridadagi saldo.Bu kursatkichlar ombor va buxgalteriya varaqlarda bir xil bulishi lozim, chunki kirim va chiqim bo’yicha barcha operatsiyalar bir xildagi dastlabki xujjatlar ma’lumotlari asosida ro’yxatga olinadi. Agar nomuvofiqlik aniqlansa, analitik hisob-kitobda yo’l qo’yilgan xatoni topish va bartaraf qilish kerak. Shuningdek, aylanish vedomostlarining yakuniy ma’lumotlari ham bosh daftarga yoki nazorat jurnalida kayd qilingan 1010 schyotdagi aylanishlar va qoldiklar bilan taqqoslab chiqilishi kerak: ular ham bir xilda bo’lishi lozim. Tafovutlar bo’lishi sintetik
hisob-kitobda xatoga yo’l quyilganidan dalolat beradi.
Materaillarni hisobga olishning saldo uslubi.
Materiallarni hisobga olishning operativ-buxgalterlik (saldo) usulining moqiyati shundaki, xo’jalik yurituvchi sub’ekt omborida TMZlarni omborda M-12 shakli bo’yicha hisobga olish varaqalari, buxgalteriyada esa ombordagi TMZlar qoldigini hisobga olish bo’yicha M-14 shakldagi (saldo daftari) vedomost yuritiladi. Bu daftarda qoldiklar xar oyda faqat moddiy boyliklar qoldiklari aks ettirib boriladi, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni ombor mudiri yoki buxgalteriya xizmati xodimi ombordagi hisob-kitob varaqalaridan o’tkazib turadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasida son-miqdorli hisob-kitob varaqalari va aylanish vedomostlari yurgizilmaydi. Saldo daftari xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasida saqlanadi.
Moddiy boyliklarning ombordagi va buxgalteriyadagi hisob-kitob ma’lumotlarini uzaro taqqoslash va uzaro boglab turish uchun buxgalteriyada 10-10-A yoki 5-shakldagi TMZlarning qiymat ifodasidagi harakati vedomosti yurgiziladi. (uncha katta bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda), bu vedomostda oy boshidagi saldo, oy davomida TMZlarning kelishi, ularning sarflanishi va oy oxiridagi saldo aks etadi. Bunday ko’rsatkichlar vedomostda birdaniga ikki bahoda: haqiqiy tannarxi bo’yicha va hisob-kitob baholarida yozib boriladi. hisob-kitob bahosi, hisob-kitobning saldo usulini qo’llanish uchun asosiy negiz hisoblanadi. Bu bahoni xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi belgilaydi va nomeklatura baholar ro’yxatida qayd qilinadi.
Agar 10-, 10-A yoki 5- shakldagi vedomostda (uncha katta bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun) ko’rsatilgan oyning boshi (oxiri) dagi moddiy resurslarining 1010- va 1210- schyotlar bo’yicha hisob-kitob baholariga saldo ombordagi TMZlar qoldig’ini hisobga olishning M-14 shaklidagi vedomostidagi ana shunday qoldiq bilan bir xil bo’lsa, unda bu TMZlar harakatini hisobga olishga doir dastlabki xo’jjatlarni belgilashda xatolar bo’lmaganidan, operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarning ombordagi hisob-kitob varakalariga to’g’ri va to’liq joylashtirilganidan dalolat beradi.
Materiallar harakati vedomostida 1010-"Materiallar"-schyoti bo’yicha oy boshidagi saldo, TMZlarning oy davomidagi (kirim va chikim bo’yicha) aylanishlari va TMZlarni haqiqiy tannarxi bo’yicha baholashdagi oy oxiridagi saldoning aks ettirilishi bosh daftarning 1010- schyotidagi shunga o’xshash kursatkichlar bilan bir xilda bulishi kerak.
Moddiy boyliklarning analitik joriy hisob-kitobini haqiqiy tannarx bo’yicha baholashda yoki hisob-kitob baholari bo’yicha baholashda yurgizish mumkin. Materiallar nomlarining soni nisbatan uncha katta bo’lmagan kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda TMZlar nomlarining soni nisbatan uncha katta bo’lmagan kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda TMZlarni ishlab chiqarish (foydalanish) extiyojlari uchun berishda ularni yaxshisi shu oydagi haqiqiy tannarx bo’yicha baholagan ma’kul. Agar aylanishda ko’p sonli nomdagi TMZlar mavjud bo’lsa, unda analitik hisob-kitobni xar bir nomdagi TMZning hisob-kitob narxlari bo’yicha baholashda yuritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Hisob-kitob baholaridan foydalanish TMZlar harakatiga doir hujjatlar bilan ishlash vaqtini jiddiy kamaytiradi, chunki bunda har bir turdagi TMZ uchun uning har oydagi o’rtacha haqiqiy tannarxini aniqlab o’tirishga zarurat bo’lmaydi.
Ishlab chiqarish zahiralarining turlariga ko’ra hisob-kitobi haqiqiy tannarxga ko’ra yuritiladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bunday zahiralarni ishlab chiqarishga foydalanishga, ta’mirlash extiyojlariga va boshqa maqsadlarga berib yuborishda sarflangan moddiy resurslar o’rtacha tannarx bo’yicha baholanadi, bunday o’rtacha tannarx oy boshidagi TMZlar koldigining tannarxi va ularning hisobot oyida tayyorlangan sonining tannarxidan kelib chiqib aniqlanadi. Irtacha arifmetik tannarxni belgilash ko’p mexnat talab qiladi, chunki u shu turdagi TMZlarni sunggi marta etkazib berish to’g’risidagi ma’lumotlarni TMZlarni hisobga olishning son-mikdorli varaqalariga oldindan yozib chiqishni talab qiladi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə