Microsoft Word Moliyaviy hisob


Davlat korxonasi ustav kapitalining shakllanishi



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə71/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Davlat korxonasi ustav kapitalining shakllanishi


Davlat korxonalarida ustav kapitalining hajmi uning xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilangan mol-mulk summasiga mos keladi. Mazkur miqdor ta’sis hujjatlarida – xo’jalik yurituvchi sub’ektni tashkil qilish va uning balansiga mol-mulk o’tkazish to’g’risidagi buyruqda kayd etilgan miqdorga muvofiq bo’lishi lozim.


Davlat korxonasi ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha provodka: 0130 – "Mashina va uskunalar" hisobvarag’i debeti.
1010 – "Xom ashyo va materiallar" hisobvarag’i debeti. 1080 – "Inventar va xo’jalik jixozlari" hisobvarag’i debeti. 5010, 5110 – "Pul mablag’lari" hisobvarag’i debeti.
8300 – "Ustav kapitali" hisobvarag’i krediti.


Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalining shakllantirilishi


Pul birligida baholangan ustav kapitaliga qo’yilmalar ustav kapitalidagi ishtirokchining ulushini tashkil etadi. Har bir ishtirokchi (muassis) MChJga ta’sis shartnomasiga muvofiq moddiy va (yoki) nomoddiy aktivlarni kiritadi. Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha buxgalteriya yozuvlari yakka egalikdagi yozuvlarga aynan o’xshash bo’ladi, muassislar bo’yicha tahliliy hisobgina zarur.


MChJ ustav kapitalining eng kam miqdori ro’yxatdan o’tkazilgan sanada eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo’lmasligi lozim. Muassislar, pul ko’rinishida bo’lmagan kiritilayotgan aktivlarni baholash to’g’risida kelishuvga erishishlari kerak, bunda baho aktiv o’tkaziladigan sanadagi adolatli bahosini ifodalashi shart.
Ustav kapitalini shakllantirishning cheklangan muddati davlat ro’yxatidagi o’tkazilgan paytdan boshlab, agar boshqa holatlar qonun hujjatlarida nazarda to’tilmagan bo’lsa, bir yildan oshmasligi lozim. Mazkur davr mobaynida MChJ a’zolari tomonidan o’z qo’yilmalari kiritilmagan hollarida, agarda ta’sis hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo’lsa, ular muddati uzaytirilgan to’lovlar summasi 25% yillik to’lov to’laydilar. A’zolar jamiyatga o’z mol-mulklarini kiritganlaridan keyin ular o’zlarining yakka tasarruf etish huquqini yo’qotadilar. Mol-mulk yangi xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktiviga
aylanadi, sheriklarning barchasi birgalikda egalik qilishga o’tadilar.
Bunday badallarning har biri muassislar majlisning bayonnomasida rasmiylashtiriladi., bu esa aktiv belgilanishi va baholanishiga barcha mulkdorlarning roziligini ifodalaydi.
Mustaqil malakali baholovchi tomonidan kiritiladigan mol-mulkni baholashni amalga oshirish davlatga yoki qisman karashli bo’lgan baholash ob’ektlari bitimga jalb etiladigan hollarda majburiy hisoblanadi. Shuningdek Fan va texnika Davlat Qo’mitasining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav fondiga kiritiladigan nomoddiy aktivlar toifasiga tegishli bo’lgan intellektual mulk va boshqa ob’ektlarni baholash to’g’risidagi xulosasi zarur.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini o’zgartirishga faqat muassislar qaroriga ko’ra yo’l qo’yiladi, bunda ustav kapitali o’zgargani haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilish hamda ta’sis hujjatlarini kayta ro’yxatdan o’tkazish lozim.
Ustav kapitalining kamaygani to’g’risida MChJ qarori bu haqda axborot e’lon qilinganidan so’ng kamida uch oy o’tgach kuchga kiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi davlat organlarida ro’yxatga olinishi bilan tasdiqlangan muassislarning tegishli karorlarisiz ustav kapitalining uzgarishi bilan bog’lik operatsiyalarni aks ettira olmaydi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə