Microsoft Word Moliyaviy hisob


Turli xil qiymatidagi aktsiyalar. Aktsiyalarning hisob qiymatini aniklash



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə73/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Turli xil qiymatidagi aktsiyalar. Aktsiyalarning hisob qiymatini aniklash


Aktsiyalarga nisbatan qo’llanilayotgan "qiymati" so’zi bir qancha ma’noni anglatadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek‚ nominal yoki e’lon qilingan qiymati firmaning yuridik kapitalini belgilaydi.


Korporatsiya aktsiyalarining hisob yoki balans qiymati uning barcha aktivlari va majburiyatlar (qarzlar) ayirmasidan iborat; bu kompaniya aktsiyadorlarning mulki yoki netto aktivlaridir. Shunday qilib bir dona aktsiyaning hisob qiymati ulush egasiga qarashli bir dona aktsiyani korporatsiyaning netto aktivlarini ifodalaydi.
Misol. Aktsionerlik jamiyati balansi quyidagi ko’rinishga ega: Aktivlar:
Uzoq muddatli – 1200000 Joriy – 1400000
Jami aktivlar – 2600000 Passivlar:
O’z kapitali:
Oddiy aktsiyalar (20000 dona‚ nominal – 100 so’m) – 2000000



  • Jamlangan foyda – 400000 so’m

  • Majburiyatlar jami – 200000 so’m

Jami passivlar – 2600000


20000 dona nominal qiymati bo’lgan aktsiyaning hisob qiymati quyidagiga teng:
Aktivlar (2600000) – majburiyatlar (200000) : 20000 dona aktsiya = 120 so’m‚ yoki o’z kapitali (2400000) : 20000 dona aktsiya = 120 so’m.
Bu aktsionerlik jamiyatiga qarashli har bir aktsiya 120 so’mlik mol-mulk bilan ta’minlanganligini bildiradi.
Aktsiyaning bozor qiymatii – ochiq bozorda aktsiya uchun investorlar to’lashga rozi bo’lgan bahodir.
Aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalarini 2 turini chiqarishlari mumkin: oddiy (odatdagi) va imtiyozli. Ular ko’rsatuvchi nomiga nomlanishi mumkin.
Misol. 3000 so’mlik nominal qiymatidagi imtiyozli aktsiyalarning 10 %i har bir aktsiya uchun 300 so’m miqdorida yillik dividend to’lanadigan aktsiyalardir.
Biroq‚ boshqa tomondan oddiy aktsiyalar odatdagidek‚ o’z egalariga ovoz berish huquqini beruvchi yagona aktsiyalar turi va faqatgina ularni saqlovchilar aktsionerlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga egadirlar.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə