Microsoft Word Moliyaviy hisob


Favqulotda foyda va zararlar hisobi



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə81/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Favqulotda foyda va zararlar hisobi


Favqulotda hodisalar hisobi quyidagi hisob varaqdarda aks ettiriladi:


9710 "Favqulotda foydalar" 9720 "Favqulotda zararlar". Zararlar singari favqulodda daromadlar ham uchta mezonga muvofiq, bo’lishi kerak:



  • juda kamyob (lekin muhim) hodisa bo’lish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatiy faoliyati bilan xech qanday aloqaga ega bo’lmaslik;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining qarorlariga bog’liq, bo’lmaslik.

Ushbu asosiy mezonlarni e’tiborga olib, shuni ham unutmaslik kerakki. ular juda kup hollarda qanday daromadlarni (zararlarni) Favqulotda (ekstraordinar) deb topish mumkin degan savolga batafsil javob bermaydi. Na soliqka oid, na buxgalteriya qonunlari bu masalani xal etmaydi, holbuki buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarida u ancha aniq, ta’riflangan. Masalan, favqulodda moddalarga quyidagilar: mol-mulkni tortib olish natijalari, yirik baxtsiz xodisalar oqibatlari, joriy etilgan qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarga muvofiq taqiqlar natijasida yuzaga kelgan zararlar va hokazolar kiritiladi.


Tabiy ofatlardan keyin inventarlash chog’ida aniqlangan TMZlar etishmasligini aks ettirish favqulotda daromadlar va xarajatlar hisob varaqalaridan foydalanishga misol bo’lishi mumkin;
Dt 9720 "Favqulotda zararlar"
Kt 1010 "Xom ashyo va TMZlar".
Soliq va yigimlarni to’lash uchun foydani ishlatish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi;
9810 "Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar"
9820 "Foydadan boshqa soliq va yig’imlar bo’yicha xarajatlar".
9810, 9820 - hisobvaraqlar debeti bo’yicha daromad (foyda) solig’i, yagona soliq yalpi tushumdan yagona soliq, infratuzilmani rivojlantirish solig’ini hisoblab yozish byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzni xisobga olishning tegishli hisobvaraqlari bilan korresppndentsiyada aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlar hisobot yili tugagach, yillik buxgalteriya hisobotinn tuzish chog’ida 9910-"Yakuniy moliyaviy natija"hisobvarag’i debetiga yopiladi.
Buxgalteriya hisobi milliy standartlari pa 21-son BKMSga ko’ra hisobot davri uchun daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar vaqt farqlari soliq samarasining hisobi asosida belgilaiadi.
Biz uchun yangi bo’lgan ba’zi bir tushunchalarga tuxtaymiz. Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar

  • hisob siyosatiga muvofiq, xisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig’i summasi (9810-hisobvaraq).

To’lanadigan daromad (foyda) solig’i - soliq to’g’risidagi qonunlarga binoan hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig’i summasi (6410-hisobvaraq).


Keyinga koldirilgan soliq majburiyati- soliq solinadigan vaqt farqlariga nisbatan kelgusi davrlarda to’lanadigan daromad (foyda) solig’i summasi (6250, 7250- hisobvaraqlar).
Keyinga koldirilgan soliq talabi - chegiriladigan vaqt farqlariga nisbatan kelgusi davrlarda koplanadigan daromad (foyda) solig’i summasi (0950, 3210-hisobvaraqlar).
Kelgusi davrlarda keyinga koldirilgan soliq talabining hisobi ushbu davrlarda soliq solinadigan daromadning kamayishida ifodalanadi. Keyinga koldirilgan soliq majburiyati kelgusida soliq solinadigan daromadni ko’paytiradi.
Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning soliq solinadigan daromadi hisobot davrida 850 ming so’mni, 3210 -"Vaqt farqlari bo’yicha muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i hisobvarag’i bo’yicha saldo 80 ming so’mni tashkil egadi. Buning ma’nosi shuki, o’tgan hisobot davrlarida soliq solinadigan daromad balans foydasidan katta bo’lgan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt esa byudjetga hisob siyosatiga ko’ra hisoblab yozilganidan 80 ming so’m ko’p summani to’lagan.
Muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i summasi bo’lmasa, aytaylik, vaqt farqlari bo’yicha 3210-hisobvaraqda byudjetga 850 000 x 20% = 170000 so’m to’lanishi kerak edi. Biroq 3210-hisobvaraq bo’yicha saldo bu summani kamaytiradi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt byudjetga 80000 so’mni kam to’laydi:
Dt 6410 "Daromad (foyda) solig’i bo’yicha byudjetdan qarz" 80 000
Kt 3210 "Vaqt farqlari bo’yicha muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i" 80
000.
Demak, xo’jalik yurituvchi sub’ekt unga nisbatan chegirmalar amalga oshirilishi
mumkin bo’lgan, etarlicha soliq, solinadigan daromadni ishlab topgan takdirdagina xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq, to’lovlarini qisqartirish shaklida iktisodiy foyda oladi. Shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt unga nisbatan chegiriladigan vaqt farqlari ishlatilishi mumkin bo’lgan soliq solinadigan daromad olishi extimoli mavjud bo’lganda keyinga koldirilgan soliq, talabini tan olishdan ma’no bor.
Biroq, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt etarlicha soliq solinadigan daromadni ishlab topmasa, me’yoriy hujjatlardan u chegiriladigan vaqt farqlarini keyingi davrlarga o’tkaza olishi mumkinligi ravshan emas. Agar o’tkaza olsa, oldindagi kancha davrlarga o’tkazishi anik, emas.
Bundan shunday xulosa kelib chikadiki, ayniksa chegirilayotgan vaqt farqlarini keyingi davrlarga o’tkazish imkoniyatlari chegaralangan bo’lsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliqlarni rejalashtirishning turli variantlaridan foydalanishlari kerak.
Qaralayotgan holatda soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlari - xo’jalik yurituvchi sub’ekt avvalgi davrlardan o’tkazilgan vaqt, farqlarini chegirish uchun tegishli davrda soliq solinadigan daromadni yaratish yoki kupaytirish uchun amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlardir.
Soliq solinadigan daromad keltiradigan biror-bir boshqa investitsiya olish uchun soliq solinmaydigan daromad (masalan, davlat qimmatli qog’ozlaridan daromad) keltiradigan aktivni sotish bilan ham yaratilishi mumkin.
Yana bir marta ta’kidlash zarurki, 21-son BHMS vaqt farqlarini aks ettirish qismida soliq qonunchiligi bilan bog’lanmagan, zero unda vaqt farqlarining soliq hisobi tushunchasi mavjud emas. Shu sababli 21-son BXMS mazkur qismida xozirda buxgalteriya hisobi amaliyotida foydalanilishi mumkin emas. Yaqin orada bunga imkon yaratiladi deb umid kilamiz.
9820 - hisobvaraq, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar foydasidan to’lanadigan boshqa soliqlarni hisoblab yozishlarni aks ettirish uchun ishlatiladi. Masalan, infratuzilmani rivojlantirish solig’i quyidagicha hisoblab yoziladi:
Dt 9820 "Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar" Kt 6410 "Byudjetdan to’lovlar bo’yicha qarz".
9910 - "Yakuniy moliyaviy natija" hisobvarag’i hisobot yilida xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining Yakuniy moliyaviy natijasini shakllantirish to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun muljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) faoliyat ushbu turlari bo’yicha xarajatlar summasiga kamaytirilgan asosiy faoliyat bo’yicha daromadlar, moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar va favqulodda daromadlarning moliyaviy natijasidan jamlanadi. 9910-hisobvaraq debeti bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ekt zararlari (xarajatlari), krediti bo’yicha esa - foydasi (daromadlari) aks ettiriladi. Hisobot davri uchun debet va kredit aylanmalarini kiyoslash hisobot davrining Yakuniy moliyaviy natijasini ko’rsatadi. Har bir hisobot davrining oxirida 9910-"Yakuniy moliyaviy natija"hisobvarag’ining debet va kredit tomonlari ko’rsatkichlari kushiladi va hisobot davri uchun umumiy balans foydasi (yoki zarari)ni tavsiflaydigan, ushbu hisobvaraq bo’yicha umumiy saldo hisoblanadi.
Hisobot yili tugagach, yillik buxgalteriya hisobotini tuzish chog’ida 9910 - "Yakuniy moliyaviy natija" hisobvarag’i yopiladi. Hisobot yilining sof foydasi (zarari) 9910 - hisobvaraqdan 8710 - "Hisobot yilining taksimlanmagan foydasi (zarari) "hisobvarag’ining debetiga (zarar) yoki kreditiga (sof foyda) o’tkaziladi.
Foyda olinganda:
Dt 9910 "Yakuniy moliyaviy natija"
Kt 8710 "Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarar)" Zarar kilganda:
Dt 8710 "Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarari)" Kt 9910 "Yakuniy moliyaviy natija".

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə