Microsoft Word Moliyaviy hisob



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə75/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Rezerv kapitali hisobi


Rezerv kapitali schyotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ta’sis hujjatlarida, odatdagidek‚ uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobiga tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo’ljallangan.


8510 – "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatini oshishini hisobga oladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash, odatda, hukumat qaroriga ko’ra‚ nomoddiy aktivlar‚ qimmatli qog’ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor qiymatigacha qayta baholash aktivning bozor qiymatini aniq belgilashi mumkin bo’lgan sharoitda xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda‚ qayta baholashni shunday amalga oshirish kerakki‚ har bir hisobot sanasidagi aktivning balans qiymatii uning bozor qiymatiidan keskin farqlanmasin.
Misol. Kompaniyaning qimmatli qog’ozlari 800 ming so’mlik balans qiymatiiga ega.
Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 880 ming so’mga oshgan.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z investitsiyalarini qayta baholangan qiymati bo’yicha hisobga olsa‚ u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv sarmoya schyotlarida aks ettirilishi lozim.
0610 – "Qimmatli qog’ozlar" hisobvarag’i debeti – 80000 so’m.
8510 – "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’i krediti 80000 so’m.
Agar navbatdagi hisobot davriga kelib bu qimmatli qog’ozlarning bozor qiymati kamaysa‚ unda mazkur qimmatli qog’ozlar bo’yicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv sarmoyani kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin. Bu qimmatli qog’ozlar bo’yicha tashkil etilgan rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalarni (xukumat qaroriga binoan) qayta baholash summasi‚ shuningdek o’z kapitalining oshishi sifatida aks ettiriladi.
Balans qiymatidan yuqori bahoda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitaliga mol-mulkni kiritish chog’ida ham "Rezerv sarmoya" schyotida qo’llaniladi.
TMB kabi joriy aktivlarni qayta baholash buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini ("extiyotkorlik" yoki "konservatizm" tamoyillari) zid keladi hamda "Tovar moddiy rezervlar" 4 – son BHMSga muvofiq TMZ tannarxi va sof foyda qiymatiidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Biroq‚ agar garchi TMZni qayta baholash amalga oshirilgan bo’lsa‚ qayta baholash summasi ularni sotish (yoki ishlab chiqarishga jalb etish) tadbirlari bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning daromadiga qo’shiladi.
Faqatgina favqulodda holatlarda (rezervlarni bahosini pasayishida‚ rezervlarga zarar etishida‚ ularning eskirishida) TMB bahosi pasayadi hamda, shuningdek ,o’z kapitali schyotlarga ta’sir ko’rsatmaydi.
8520 – "Rezerv kapitali" hisobvarag’ida turli rezervlar hisobga olishda foydalaniladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorda unga kadar har yili sof foydadan ajratmalar yo’li bilan shakllantiriladi:
8710 – "Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" hisobvarag’i debeti.
8510 – "Rezerv kapitali" hisobvarag’i krediti.
Rezerv kapitali uning zararlarini qoplash‚ imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividentlar to’lash‚ aktsiyadorlar talablariga ko’ra aktsiyalarni sotib olish‚ jamiyat obligatsiyalarini so’ndirish‚ qarzni hisobdan chiqarish hamda boshqa so’ndirish imkoniyatlari mavjud bo’lmaganda boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan.
Masalan‚ hisobot davrida foyda majud bo’lmaganda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lanadi:
8510 - "Rezerv kapitali" hisobvarag’i debeti.
6610 – "To’lov uchun dividendlar" hisobvarag’i krediti.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilayotganda turli debitorlarning qarzlari hisobdan chiqariladi.
8510 - "Rezerv kapitali" hisobvarag’i debeti.
4010 – "Buyurtmachi va xaridorlardan olinadigan hisobraqamlar" hisobvaraqlari krediti.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlarda rezerv kapitalini tashkil etish ham qonun hujjatlarida nazarda to’tilgan. Adliya vazirligidan 1997 yil 29 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan. "Yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig’ini hisoblash va to’lash tartibi to’g’risida"gi 382 – son yo’riqnomaga muvofiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun soliqka tortiladigan daromad rezerv fondiga 20% gacha miqdorda ajratmalar summasiga mazkur fond ustav kapitalining 25% i miqdoriga etgunga qadar kamaytiriladi.
Ta’sis hujjatlariga va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlarga uchun rezerv fondi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham tashkil etilishi mumkin.
Rezervlarni tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar 2010, 2310, 2510, 9400 – schyotlarning debetida va 8910 – "Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Tashkil etilgan rezerv hisobidan qoplangan xarajatlar summasiga 8910 – "Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi" schyoti debetlanib, 2310 –"Yordamchi ishlab chiqarish", 6710 – "Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob – kitoblar" schyotlari kreditlanadi.

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə