Microsoft Word Moliyaviy hisob


Moliyaviy natijalarni aniqlash hisobi



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə76/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Moliyaviy natijalarni aniqlash hisobi


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijasini ta’riflovchi asosiy ko’rsatkich bo’lib, balans (yalpi) foyda va zarari hisoblanadi.


Moliyaviy natijani aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 – sonli qarori bilan "Mahulot (ishlar , xizmatlar )ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’ g’risidagi Nizom"ning yangi qaytadan ishlab chiqilgani tasdiqlanib 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab amalga tadbiq etildi.
Ushbu Nizomning ahamiyati katta bo’lib, u soliqqa tortiladigan foyda bilan buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil bo’ladigan foyda farqini aniqlash imkoniyatini beradi.
Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom bir tomondan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga hisobot davri ichida sodir bo’lgan xarajatlar va daromadlar to’g’risidagi aniq ma’lumotlarni
olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga hisobotlarni tuzib topshirish imkoniyatini beradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan olib tashlanadigan xarajatlar ro’yxati ushbu Nizomning asosiy matnida keltirilgan. Bundan keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi schyotlarida ko’rsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib (korrektirovka qilib), soliqqa tortiladigan foydani aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzishga misol qilib normadan ortiq xarajatlangan safar xarajatlari, reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin.
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlar (1 va 2 ilovaga binoan) ni soliqqa tortiladigan foydaga qaytadan qo’shish kerak. Buning natajasida xo’jalik yurituvchi sub’ekt quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ladi:



  • qancha va xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaysi bo’linmalaridan ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv faoliyati natijasida foyda olindi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik ta’sir qilganligi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt byudjetga qancha pul o’tkazib berishi.

"Xarajatlar tarkibi to’g’risida"gi Nizomda aytilganidek, ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyati natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan daromad quyidagi asosiy bo’limlar bo’yicha aks ettiriladi:





Moliyaviy natija quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:





Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə