Microsoft Word Moliyaviy hisob


– Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə79/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

9300 – Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar:





  • 9310 – "Asosiy vositalarni tugatilishidan olingan foyda"

  • 9320 – "Boshqa aktivlarni tugatilishidan olingan foyda"

  • 9330 – "Undirilgan bokimanda jarima va burchsizliklar"

  • 9340 – "O’tgan yil foydasi"

  • 9350 – "Joriy lizing yuzasidan olingan daromadlar"

  • 9360 – "Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarish natijasida olingan daromadlar"

  • 9370 – "Xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik daromadi"

  • 9380 – "Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam"

  • 9390 – "Boshqa operatsion daromadlar".



    1. 9500 – Moliyaviy faoliyat natijasida olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar:





  • 9510 – "Royalti ko’rinishidagi daromadlar"

  • 9520 – "Dividend ko’rinishidagi daromadlar"

  • 9530 – "Foiz ko’rinishidagi daromadlar"

  • 9540 – "Valyuta kursi farqidan olingan daromadlar"

  • 9550 – "Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar"

  • 9560 – "Qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar"

  • 9590 – "Boshqa moliyaviyfaoliyatlar natijasida olingan daromadlar"



    1. Favqulodda foydani hisobga oluvchi schyotlar:





  • 9710 – "Favqulodda foyda"

Umumxo’jalik faoliyatining natijalarini – foyda yoki zarar summasini aniqlaydigan asosiy oqimlardan biri faoliyat bo’yicha olinadigan daromadlar yoki amalga oshirilgan xarajatlardir (davr xarajatlari). Chunki ushbu daromad summalari foydaga qo’shiladi va xarajatlar esa foyda hisobidan qoplanadi, natijada umumiy foyda summasini kamaytiradi.


Xo’jalik faoliyat ko’rsatish jarayonida bir nechta xarajatlarni amalga oshirish zarurati keladiki, lekin ushbu xarajatlar maxsulot tannarxiga qo’shilmaydi, balki Nizom ko’rsatmasiga asosan sub’ektning hisobot davrida olgan foyda summasi hisobiga qoplanadi. Ushbu xarajatlar davr xarajatlari deb nomlangan bo’lib, unga ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bo g’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi, ya’ni:



  • maxsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;

  • ma’muriy – boshqaruv xarajatlari;

  • umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar va zararlar.

Ushbu xarajatlarning aniq va ularning tegishli moddalari va elementlari Nizomning tegishli 2, 2.1, 2.2, 2.3 va 2.4 bo’limdagi moddalarida batafsil keltirilgan.


Yuqorida qayd qilingan xarajatlarni hisobga olish davrining oxirida sub’ektning foydasiga olib borish yoki zarariga o’tkazish uchun 9400 – "Davr xarajatlarini hisobga oluvchi" tranzit schyotning guruhi qo’llaniladi. Ushbu schyotda davr xarajatlarini hisobga olish maqsadida schyotlarning guruhi ochilgan:
9410 – "Mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlar" 9420 – "Ma’muriy xarajatlar"
9430 – "Boshqa operatsion xarajatlar"
9440 – "Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davridagi xarajatlar".
Maxsulotlarni, xizmatlarni sotish bilaan bo g’liq xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi:

  • mahsulotlarni, xizmatlarni transportda tashish xarajatlari va ushbu transportlarning bekor turib qolgan vaqti uchun to’langan jarima summalari;

  • mahsulotni o’rash, saqlash, jo’natish joyigacha etkazish va trasportga yuklash xarajatlar (agarda ushbu xarajatlar iste’molchi – xaridorlar tomonidan qoplanmasa);

  • tasdiqlangan me’yordagi reklama xarajatlari – bozor va ko’rgazmalarda qatnashishi, shartnomaga asosan xaridorlarga bepul berilgan tovarlarning qiymati;

  • marketing xarajatlari – tovar bozorlari va iste’molchilarning talab va xohishlarini o’rganish, vakolatxonalar ochish xarajatlari.

Davr xarajatlari turkumining 2 - qismi ma’muriy xarajatlar yig’indisidan iborat bo’lib, bu bo’limda umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan ma’muriyat va boshqaruv xodimlarining mehnat haqlari, imorat va inshootlarni asrash va ulardan foydalanish va boshqa tegishli xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarni bir tizimga keltirish va yig’ib borish uchun 9420- "Ma’muriy xarajatlar nomli schyotlarning guruhi ochilgan.Ushbu schyotda xarajatlar quyidagi moddalar bo’yicha hisobga olib boriladi:





  • boshqaruv xodimlariga hisoblangan mehnat haqi;

  • ushbu hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;

  • xizmat yuzasidan oliingan avtomobillar, ijaraga olingan transport vositalarini asrash, ijara haqi va ta’mirlash xarajatlari;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va boshqarish xarajatlari;

  • boshqaruvning texnik va aloqa vositalari, hisoblash texnikasini asrash va ulardan foydalanish xarajatlari;

  • aloqa uzellariga xizmat haqi (ATS, yo’ldosh, uyali, reyding) shaharlararo va xalqaro aloqa xizmati haqi xarajatlari;

  • ma’muriy – boshqaruv uchun zarur bo’lgan imorat va inshootlarning ijara haqlari;

  • asosiy vositalarni asrash, ta’mirlash va amortizatsiya ajratmalari;

  • yuqori tashkilotlar – birlashma, kontsernlar va vazirliklarni asrash uchun ajratmalar;

  • xodimlarni va mulkni majburiy sug’urta qilish xarajatlari;

  • xizmat safarlari xarajatlari;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning vakillik xarajatlari;

  • binolarni tekinga berish va kommunal xizmat haqlari;

  • ekologiya xarajatlari.

Hisobot davrining oxirida 9410 – "Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bog’liq xarajatlar" va 9420 – "Ma’muriy xarajatlar" schyotlarida yig’ilib kelingan ushbu xarajatlar tegishli 9910 – "Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debet tomoniga olib boriladi.


Sub’ektning foydasi hisobidan qoplanadigan xarajatlarga boshqa muomala yuzasidan xarajatlangan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlarning turlari Nizomning 2.3 bandida keltirilgan va hisobot davrida tegishli 9430 – "Boshqa operatsion xarajatlar va zararlar" schyotlarida hisobga olib boriladi va ushbu xarajatlar quyidagi guruhlardan tashkil topadi:



  • kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yangi tashkil qilingan sub’ektda ishlash uchun tayyorlanadigan kadrlar uchun xarajatlangan xarajatlar bunga kirmaydi;

  • loyiha va qurilish – montaj ishlarida aniqlangan chala ishlarni bartaraf etish, ob’ekt yonidagi omborgacha uskunalarni tashishi vaqtida ularning shikastlanishini tuzatish va shunga o’xshash sub’ekt zimmasiga olinadigan xarajatlar;

  • maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash;

  • auditorlik xizmatlariga haq to’lash;

  • o’zinig xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlari va xo’jaliklarining faoliyati natijasida ko’rilgan zararlar;

  • salomatlikni muxofaza qilish va dam olishlarni tashkil qilish;

  • vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini asrash xarajatlari;

  • bank va depozitariy xizmatlari to’lovlari;

  • byudjetga majburiy to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari maxsus jamg’armalarga to’lovlar;

  • ekologiya, madaniy – maishiy tashkilotlar va hayriya jamg’armalariga o’tkaziladigan badal summalari;

  • zararlar, jarimalar va penyalar;

  • hukumat qaroriga asosan qoplama (kompensatsiya) to’lovlari;

  • ko’p yillik xizmatlari uchun bir vaqtda beriladigan mukofot, rag’batlantirish va to’lovlar;

  • vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun qo’shimcha to’langan summa;

  • nafaqaga qo’shilgan summa;

  • ishchi va xodimlarga to’langan moddiy yordam;

  • sud xarajatlari;

  • da’vo muddati o’tgan debitor qarzi bo’yicha ko’rilgan zararlar;

  • joriy yilda aniqlangan, o’tgan yillarda sodir bo’lgan muomalalar bo’yicha ko’rilgan zararlar;

  • sub’ektninig mulklarini sotishdan ko’rilgan zararlar;

  • bepul berilgan mulklar bo’yicha ko’rilgan zararlar;

  • to’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zahiraga ajratmalar;

  • tabiiy ofatlar natijasida ko’rilgan zararlar;

  • soliq kodeksi va boshqa qonunlarni buzganligi uchun jarimalar va penyalar.

Ushbu xarajat va xarajatlar hisobot davri mobaynida tizimga solingan holda 9430 – "Boshqa operatsion xarajatlar va zararlar" schyoti guruhining debet tomonidan yig’ib boriladi va davr oxirida 9910 – "Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debet tomoniga o’tkazildi (D-t 9910, K-t 9430).

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə