Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
54
Dengizda esa havo mo’tadil paytda mazkur vaqt ichida bosib o‘tiladigan masofa e’tiborga olinadi.
Izoh: Bu eski ta’bir bo‘lib, o‘sha davrlarda yelkanli kemalar havo yordamida harakat qilardi.
Shamol qattiq essa, kema tez, sekinlashsa sekin, havo mo’tadil paytda kema quruqlikdagi tuya,
piyodalar tezligida harakat qilardi. Mana shu tezlikda uch kunlik yo‘lga chiqqan kishi musofir
hisoblanardi. Hozirgi kunda esa, har soatda qancha-qancha yo‘l bosib o‘tuvchi ulkan kemalarning
tezligi safar uchun o‘lchov bo‘la olmaydi. Shu-ning uchun o‘lchov hamon quruqlikdagi tuya yoki
piyodaning me’yo-riy yurishidir. Safar qanday vositada amalga oshirilishidan Qati’y nazar, taxminan
tuya minib yoki piyoda yurishda uch kunlik masofa bosib o‘tildimi, kishi musofir hisoblanadi.
Namozning qisqartirilishi
Safarga chiqishga qaror qilgan kishi o‘zi yashayotgan joyning uylaridan va
shahar chetidagi
qabriston, otlar yuguradigan maydonga o‘xshash shaharga tugash bo‘lgan joylardan o‘tgach, to‘rt
rakatli farz namozlarni ikki rakat qilib qisqa tirib o‘qiydi.
Agar mazkur qabriston va yugurish maydonlari oras dalalar yoki otilgan bir (kamon) o‘qi yetgulik
(taxmina: 400 qadam) ochiq bo‘sh joy bilan ajralib turgan bo‘lsa ulardai o‘tish shart emas.
Safarning shartlari
Safar niyati quyidagi uch narsa bilan durust bo‘ladi:
1. Yo‘lovchining safarga chiqishiga qaror qilishda e kin va mustaqil bo‘lishi.
2. Balog‘atga yetgan bo‘lishi.
3. Safar yo‘lining uch kunlik masofadan kam bo‘lmasligi demak, o‘zi
yashaydigan shahar yo
mavzening uylaridan uzoqlashmagan yo‘lovchi yoki eri bilan bo‘lgan ayol, qo‘mondoni tobe bo‘lgan
askar kabi boshqaga itoat qilgan shaxslar xo‘jasi safarga niyat qilmagan yoki uch kundan kam
muddatga qilgan bo‘lsa, namozni musofir kabi o‘qimaydi. Yo‘lga chiqish
va iqomat borasida tobe
bo‘lganlarning emas, balki ularning — amirlarning niyatlari e’tiborlidir.
Dostları ilə paylaş: