Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

IKKINCHI FASL
Shundan keyin Alloh taolo insonga hayoti davomida rizq-ro‘z beradi. Ma’lum bo‘lgan ajali 
kelgunicha, to rizqi tugaguniga qadar unga umr berib, dunyodagi o‘limi yaqinlashganida, 
to‘rtta farishta keladi, ulardan biri insonning ruhini o‘ng oyog‘idan, ikkinchisi chap 
oyog‘idan, uchinchisi o‘ng qo‘lidan, to‘rtinchisi chap qo‘lidan tortadilar. Inson ko‘pincha 
o‘z joni g‘ar-g‘ara holiga kelmasidan oldin "Olami malakut"ni ko‘ra boshlaydi va 
farishtalarni, o‘z qilgan amallarining haqiqatini olamlarda ro‘y berayotgan ko‘pgina 
hollarni ko‘radi. Agar gapira olsa, ularning mavjudligini gapirib beradi. Ko‘pincha 
ko‘rayotgan narsalarini shaytonning ishi deb o‘ylaydi. Tildan qolgunigacha harakat 
qilmaydi. Shunda yana farishtalar ruhini barmoq uchlaridan tortadilar. Xuddi 
bo‘g‘ilgandek xirillab nafas ola boshlaydi. Fojir Odamning ruhi xuddi insonning ichidan 
tikanni tortib olgandek qiynab chiqarib olinadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xabar 
berganlar. Bu holatda o‘layotgan kishi qornini tikan bilan to‘ladek his qiladi. Ruhini igna 
teshigidan o‘tayotgandek, osmon Yerga qulab tushganu, o‘zini uning ostida qolgandek 
his qiladi. 
Hazrati Ka’b ul Ahbor (r.a.) dan: "O‘lim qanday bo‘ladi?" deb so‘rashdi. U kishi aytdiki: 
"Bir kishining ichiga bir tikan shoxini qo‘yib kuchli bir odam tortsa, uning ichini qanday 
kesib,tilib chiqsa xuddi shunga o‘xshaydi". 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: "Albatta, o‘lim azoblaridan bittasining tandagi 
shiddati uch yuz marta qilich urgandan ham shiddatlidir". 
Ana shu paytda insonning badani terlaydi. Ko‘zlari birdaniga ikki tomonga ketadi. 
Burnining ikki tomoni tortilib, ko‘kragi ko‘tariladi. Nafas olishi tezlashadi, yuzi sarg‘ayadi. 
Hazrati Oisha (r.a.) onamiz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etayotganlarida yonlarida 
ekan, ul zotning holini ko‘rib, ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kildi va quyidagi ma’noda bir 
necha bayt o‘qidilar: 
"Jonim Sizga fido bo‘lsin yo Rasululloh! Shu paytgacha Sizga qarshi qilingan shuncha 
yomon harakatlar Sizni zarrachalik ranjitmadi, xafa qilmadi. Shu paytgacha Sizga hatto 
jinlar ham yomonlik qila olmadi. Hech narsadan qo‘rqmadingiz. Endi nima bo‘ldiki, go‘zal 
yuzingiz butunlay terga botganini ko‘ryapman. Har bir o‘layotgan kishining rangi so‘lib 
borgani holda, Sizning muborak yuzingizning nurlari har tarafni yorityapti". 
Ruh qalbga kelganida insonning tili tutiladi. Ruh ko‘ksiga kelganida hech kim gapira 
olmaydi. Buning ikki sababi bor. Birinchisi bu ish g‘oyat buyuk bo‘lgani uchun, ko‘ksi 
nafas bilan to‘lib siqiladi va torayadi. 
Ma’lumki, insonning ko‘ksiga musht tushirilsa, hushidan ketadi. Ancha vaqt o‘tgandan 
keyin gapira olishi mumkin. Ko‘pincha gapira olmaydi ham, insonning biron joyiga urilsa 
ovoz chiqaradi, ammo ko‘ksiga urilsa, ovozi chiqmay o‘likdek bo‘lib qoladi. 
Ikkinchi sababi esa, ovoz o‘pkadan tashqariga chiqadigan havoning harakatidan hosil 
bo‘ladi. Bu havo endi yo‘q. Nafas olish to‘xtagandan keyin badanning harorati tushib, 
soviy boshlaydi. Bu paytda jon berayotgan kishilarning holatlari turlicha bo‘ladi. 
Ba’zilarini farishta zahar bilan, qizdirilgan temir bilan uradi. Shunda tezda ruh tashqariga 
chiqadi. Farishta ruhni qo‘lga olganida u titray boshlaydi. Asalaridek kichkina inson 
shaklida bo‘ladi, so‘ngra farishta uni zaboniyga (azob farishtasiga) topshiradi. 
Ba’zilarning ruhi qiynab tortiladi. Ruh chiqayotganda uning bo‘g‘ziga kelib to‘xtab qoladi. 
Ruh bu vaqtda qalbga bog‘lanib qolgan bo‘ladi. Shunda farishta qizdirilgan temir bilan 
uradi. Mana shu temir bilan urmaguncha ruh qalbdan ayrilmaydi. Temir bilan urishning 
sababi – temir o‘lim dengiziga botirib olingan bo‘ladi. Qalb ustiga qo‘yilganida boshqa 
joylarga ham ta’sir qiladigan zahardek bo‘ladi. Zero, hayotning siri faqat qalbidir. Uning 
siri faqat dunyo hayotida ta’sir qiladi. Shuning uchun ba’zi kalom olimlari: "Hayot 
ruhning boshqasidir", "Hayotning ma’nosi ruhning badan bilan birlashishidir", deganlar. 
Ruh chekinib, so‘nggi iplari uziladigan paytda insonga bir necha fitnalar uyushtiriladi. Bu 
shunday fitnalardirki, iblis o‘z yordamchilarini xossatan u insonning oldiga yuboradi. 
Insonga shaytonlar uning otasi, onasi, akasi, ukasi, opa-singillari va boshqa 
sevgankishilaridan vafot etganlarning suratida ko‘rinadilar. Va unga bunday dedilar: "Ey, 
falonchi! Sen o‘lyapsan. Biz senga yordam bergani keldik. Sen yahudiy diniga iymon 
keltirib vafot et. Chunki bu din Alloh nazdida maqbul bo‘lgan haq dindir". Agar ularning 
so‘zlariga aldanmasa, quloq solmasa, ular uning yonidan ketadilar. Boshqalari kelib 
deydilarki: "Sen nasroniy (xristian) diniga iymon keltirib o‘l! Zero bu din Masihning, ya’ni 
Iso (a.s.)ning dinidirki, Muso (a.s.)ning dinini bekor qildi". Shu tariqa shaytonlar turli 
millat dinlarini unga bir-bir taklif qiladilar. Bunday paytda Alloh taolodan panoh 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə