Microsoft Word oilaviy ziddiyatlar va oila azolari ortasidagi ozaro muloqot madaniyati doc



Yüklə 206,73 Kb.
səhifə4/12
tarix11.10.2023
ölçüsü206,73 Kb.
#127212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
psixolog 11

Kurs ishining ilmiy yangiligi:


  • oilalarda sodir bo’ladigan nizo va ajrimlar tahlili asosida «Mustahkam oila», ijtimoiy-pe6dagogik tushuncha sifatida ilmiy muloqotga kiritildi:

  • mazkur tushuncha mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat tufayli oldin amalga oshirilgan «Oila yili» «Ayollar yili», «Sog’lom avlod yili», «Onalar va bolalar yili», «Qariyalar va qadrlash yili», «Obod mahalla yili», «Mehr- muruvvat yili», «Sihat-salomatlik yili», «Homiylar va shifokorlar yili»,

«Ijtimoiy himoya yili» kabilarning mantiqiy davomi ekanligi ko’rsatildi;

  • mustahkam oilani yuksaltirishning moddiy, ma’naviy, psixologik, gigiyenik, tibbiy omillari yoritildi;

  • boy faktik materiallar asosida er-xotin, ota-ona-farzandlar o’rtasida sodir bo’ladigan nikoh ajrimlari, turli-tuman nizolar, ziddiyatlarni oldini olishda oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishning muhimligi isbotlab berildi:

  • shahar va qishloq oilalarida tajriba-sinov ishlari ota-onalarning farzandlariga o’z fikrlarini gapirib olish imkoniyatlarini hamda ularga o’zaro tenglik huquqlarini berishi, bolalarni faolligini rag’batlantirish, ular bilan do’stona munosabatlar o’rnatishni (yoki ular bilan muloqot qilishdan qochishi) kabi holatlar aniqlanib, mazkur holatlarning oilaviy nizo va ziddiyatlarning oldini olishga ijobiy ta’siri o’rganildi.

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Jamiyatda amalga oshirilayotgan ma’naviy-axloqiy isloxotlar jarayonida o’zbek oilalarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, oilaviy ziddiyatlarni bartaraf etishda oilaviy tarbiyaning o’ziga xos o’rni, roli va ahamiyatini asoslash, oila tarbiyasi munosabatlarini ma’naviy-ma’rifiy mazmunini aniqlashtirish, boyitish va o’rganish bilan belgilanadi.
Ishning amaliy axamiyati esa, mavzuda tatqiq etilgan xulosalar, uslubiy tavsiyalar asosida oilaviy ziddiyatlarni bartaraf etish barobarida barkamol avlodni voyaga yetkazish bo’yicha joriy va istiqbolli rejalar tayyorlash va ulardan samarali foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi.
Tatqiqot natijalaridan ma’naviy-mafkuraviy tadbirlarda “Oila” markazida faolyatida hamda “Oila psixologiyasi” fanini o’rganishda foydalanish mumkin.

  1. Yüklə 206,73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə