|
![](/i/favi32.png) Microsoft Word oilaviy ziddiyatlar va oila azolari ortasidagi ozaro muloqot madaniyati doc
|
səhifə | 11/12 | tarix | 11.10.2023 | ölçüsü | 206,73 Kb. | | #127212 |
| psixolog 11EMPIRIK TAHLIL
Mazkur tadqiqot natijalariga ko`ra ajralishgan oiladagi va otasiz o`sayotgan o`g`il bolaning o`qishiga va tarbiyasiga salbiy ta`sir etishi kuchli bo`lar ekan. Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning ota-onalarini ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga,qarindoshlar va jamoa orasidagi obro`si va oila budjetiga salbiy ta`sir qiladi. O`ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan ko`pgina mezonlar bo`yicha kelin tomon, ya`ni kelinning ota-onalari ruhan ko`proq jabrlanar ekan.
UMUMIY XULOSA:
Mustaqillik yillarida jamiyatimizning asosi bo’lmish oila institutining mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga respublika hukumati alohida e’tibor berib kelmokda.
Mustahkam oilani shakllantirishda, oilalarda sodir bo’ladigan turli- tuman nizolar, janjallarni oldini olishda mahallaning o’rnini hyech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Chunki, o’z-o’zini boshqarish organi-mahalla xalqning, oilalarning dardini anglovchi, unga yaqindan yordam beruvchi sifatida hozirgi kunda ham kelajakda ham o’z faoliyatini amalga oshiraveradi.
Prezident I.A.karimov ta’kidlaganidek, «Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog’lom va mustahkam bo’lsa mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi».
Ma’lumki, inson shaxsining shakllanishida shaxslararo munosabat, o’zaro fikr almashish, hamkorlikning ahamiyati katta.
Ota-ona va farzandlar o’rtasidagi iliq, do’stona munosabatlar ularning jamiyatda o’z o’rnini tepishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-ona va farzandlar o’rtasida turli sabablarga ko’ra doimo uchrab turadigan nizo (ziddiyat)larni kelib chiqish sabablarini o’rgandik va quyidagi xulosalarga keldik.
Ota-onalarning farzandlar ichki dunyosini tushunmasliklari turli ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ota-onalar farzandlarining ruhiy xususiyatlari haqida yetarli darajada bilimlarga ega emasliklari tufayli ular bilan hisoblashmaydilar.
Ko’pchilik oilalarda bolalar tarbiyasida avtoritar uslubni qo’llashlari tufayli ba’zi hollarda ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Ota-ona va oilaning kattalari bilan nizolarning kelib chiqishi bolalarda o’z-o’zini adovat baholashni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|