Microsoft Word oilaviy ziddiyatlar va oila azolari ortasidagi ozaro muloqot madaniyati doc



Yüklə 206,73 Kb.
səhifə11/12
tarix11.10.2023
ölçüsü206,73 Kb.
#127212
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
psixolog 11

EMPIRIK TAHLIL
Mazkur tadqiqot natijalariga ko`ra ajralishgan oiladagi va otasiz o`sayotgan o`g`il bolaning o`qishiga va tarbiyasiga salbiy ta`sir etishi kuchli bo`lar ekan. Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning ota-onalarini ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga,qarindoshlar va jamoa orasidagi obro`si va oila budjetiga salbiy ta`sir qiladi. O`ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan ko`pgina mezonlar bo`yicha kelin tomon, ya`ni kelinning ota-onalari ruhan ko`proq jabrlanar ekan.
UMUMIY XULOSA:
Mustaqillik yillarida jamiyatimizning asosi bo’lmish oila institutining mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga respublika hukumati alohida e’tibor berib kelmokda.
Mustahkam oilani shakllantirishda, oilalarda sodir bo’ladigan turli- tuman nizolar, janjallarni oldini olishda mahallaning o’rnini hyech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Chunki, o’z-o’zini boshqarish organi-mahalla xalqning, oilalarning dardini anglovchi, unga yaqindan yordam beruvchi sifatida hozirgi kunda ham kelajakda ham o’z faoliyatini amalga oshiraveradi.
Prezident I.A.karimov ta’kidlaganidek, «Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog’lom va mustahkam bo’lsa mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi».
Ma’lumki, inson shaxsining shakllanishida shaxslararo munosabat, o’zaro fikr almashish, hamkorlikning ahamiyati katta.
Ota-ona va farzandlar o’rtasidagi iliq, do’stona munosabatlar ularning jamiyatda o’z o’rnini tepishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-ona va farzandlar o’rtasida turli sabablarga ko’ra doimo uchrab turadigan nizo (ziddiyat)larni kelib chiqish sabablarini o’rgandik va quyidagi xulosalarga keldik.

  1. Ota-onalarning farzandlar ichki dunyosini tushunmasliklari turli ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ota-onalar farzandlarining ruhiy xususiyatlari haqida yetarli darajada bilimlarga ega emasliklari tufayli ular bilan hisoblashmaydilar.

  2. Ko’pchilik oilalarda bolalar tarbiyasida avtoritar uslubni qo’llashlari tufayli ba’zi hollarda ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

  3. Ota-ona va oilaning kattalari bilan nizolarning kelib chiqishi bolalarda o’z-o’zini adovat baholashni keltirib chiqaradi.


Yüklə 206,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə