Microsoft Word Oquv qollanma Dinshunoslik



Yüklə 482,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.09.2023
ölçüsü482,07 Kb.
#122714
1-mavzu



1-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH 
Reja: 
1.
Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti 
2.
Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. 
3.
Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi. 
4.
Dinlarni tasniflash. 
Tayanch tushunchalar:
Din, e’tiqod, diniy tashkilot, diniy ong, religiya, 
«religio», transsendent, immanent, kult, dinshunoslik, transsendent hodisa, 
topinish obyekti, mutloq ruh, «al-Firaq», «ar-Radd», «ad-Diyonot», «al-Milal», 
din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi. 
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik fanining 
yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari, 
dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. 
1.
Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti
. Dinlarni 
o‘rganish uzoq tarixga ega. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va 
Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix 
otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari 
haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O‘rta asr Yevropasida ham mavjud 
bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida ma’lumot beruvchi shaxslar, xristian dinining 
hukmron mafkurasi ta’siri ostida bir tomonlama va yuzaki fikr bildirganlar. 
Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga 
borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv(munozara)larni o‘z 
ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran 
esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-
Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal» 
(Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. 
«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-
Navbaxtiyning (vaf. 910) «al-Aro vad-diyonot» (E’tiqodlar va dinlar) kitobi 
hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (957) o‘zining «ad-Diyonot» (Dinlar), 
Masbihiy (1029) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va 
e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning 
(973-1048) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av 
marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) 
nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi. 
«Al-Firaq» (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur 
Abdulqodir al-Bag‘dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar 
orasidagi farq) asari hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 
1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin. 



«Al-Milal» yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-
Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 
1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida 
ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniyning 
(vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin. 
«Ar-Radd» (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini 
ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go‘zal 
raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli 
asarlarini alohida qayd etish lozim. 
Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o‘lkalarida bu sohada ko‘plab asarlar 
yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun 
fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-
Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), 
«Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al-Milal van-nihal» 
(«Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ahvo van-
nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari, 
shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot 
ishlari ko‘plab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini 
o‘rganuvchi G‘arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot 
ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. 
Bunday asarlarda mualliflar tarixiy voqe’likni to‘g‘ri va xolis yoritganlar. Ular 
o‘zlari musulmon bo‘la turib, boshqa din va e’tiqodlar haqida ma’lumot berish 
yoki ularni tavsif qilishda noxolislikka olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday 
shaxsiy hissiyotlarni suiste’mol qilmaganlar. Buni Shahristoniyning quyidagi 
so‘zlari tasdiqlaydi: 
«Men har bir firqani (din yoki diniy yo‘nalishlarning hech 
birini) yoqlamay, kamsitmay, ularning kitoblarida qanday bo‘lsa, shundayligicha, 
undagi xatolarni ajratib ko‘rsatmay bayon qilishga ahd qildim»

Beruniy o‘zining «Hindiston» asari haqida shunday yozadi: 
«Bu kitob bahs-
munozara kitobi emas, tarix kitobidir. Hindlarning dinlarini ularning o‘zlaridan 
o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman»
. Bu Beruniy asarlarining butun 
dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
Ibn Nadim esa: 
«Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib mustaqil fan 
sifatida shakllandi.»
, deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan shu 
davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan. 
Yevropada XVII asrga kelib cherkov ta’siridan holi ravishda din haqida 
dastlabki noodatiy fikrlar bildirila boshlandi. Fransuz ma’rifatparvarlari (Volter, 
Didro, Golbax) din insonlarning yolg‘oni va jaholatining natijasi, din insonlar 
hayotidan yiroqlashgani sari taraqqiyotga yo‘l ochiladi, deb hisoblagan. Tabiiyki, 
bu kabi yondoshuvlar biryoqlama hamda yuzaki bo‘lib chiqdi. 
Olmon faylasufi I.Kant dinga transsendent hodisa sifatida baho berib, uni 
eksperimental va nazariy tadqiqot chegaralaridan tashqaridagi, xudoga bo‘lgan 



ishonchga asoslangan holda ruhning mavjudligi va abadiyligi to‘g‘risidagi maslak 
sifatida talqin qildi. 
Gegelning “din falsafasi bo‘yicha ma’ruzalar”i falsafiy nuqtai-nazardan 
talqin qilingan bo‘lib, juda abstrakt shaklda ta’riflagan. Uning fikriga ko‘ra din 
uchta bir-biriga bog‘liq elementlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
-
inson ruhiyatining mutloq ruh bilan suhbati natijasi o‘laroq diniy tasavvur 
(g‘oyalar) yuzaga kelishi; 
-
mazkur g‘oyalar diniy his-tuyg‘u va tajribalarni yaratishi; 
-
diniy g‘oya va diniy his-tuyog‘ular sintezi sifatida marosimlarni paydo bo‘lishi; 
Umuman, Gegelning dinga bergan ta’rifidagi dinning tuzilishi haqidagi 
qarashlari ilmiy jamoatchilik orasida e’tirofga erishdi. 
XIX asrga kelib K.Marksning dinga nisbatan keskin tanqidiy ruhdagi ta’rifi 
paydo bo‘ldi. U din haqida “yolg‘on dunyoning yanglish dunyoqarashi”, 
“shavqatsiz dunyoning yuragi” va nihoyat, “din xalq uchun afyundir” kabi bir 
qancha g‘oyalarni o‘z asarlarida keltirib o‘tar ekan, “din kishilik jamiyatining 
nomutanosibligi, ijtimoiy-adolatsizlik va zulm oqibatida yuzaga kelgan soxta 
tasavvur sifatida jamiyatda kompensatorlik(tasalli beruvchilik) vazifasini bajaradi. 
Shunday ekan, adolat o‘rnatilgan kommunistik jamiyatda din o‘z-o‘zidan 
yo‘qoladi” deya baholadi. 
Rus mutafakkir va faylasuflari (Dostoyevskiy, Solovyev, Berdyayev va 
boshqalar) din madaniyatning negizi bo‘lishi bilan birga uning tashkiliy g‘oyasini 
axloqning asosi sifatida e’tibor qaratishdi. Ular hozirda mavjud barcha madaniyat 
va sivilizatsiyalar diniy poydevor ustiga qurilganini birinchilardan bo‘lib aytishgan. 
Bundan tashqari, ular kelajakda ham dinsiz madaniyat paydo bo‘lishi imkonsiz 
ekani haqidagi qarashlarini bayon qilidi. 
Ehtimol, din haqidagi turli ta’riflar sintezi uning mohiyatini to‘laroq anglash 
imkoniyatini berishi mumkin. Biroq, yuqorida dinga berilgan ta’riflarning hech biri 
dinning mohiyatini to‘la ravishda ochib berdi, deb ayta olmaymiz. 
Zamonaviy Dinshunoslik esa qariyb bir yarim asr avval paydo bo‘ldi. 
G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) 
tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda 
nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli 
asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor 
qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan 
ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» 
asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. 
Shunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda 
dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan. 



XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan 
izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan sohada bir 
qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, 
J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian 
Smart, M.Kitagava, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixayel 
Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin. 
2. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. 
Din so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi «ishonch, 
e’tiqod»dir. Istilohiy ma’nosi lotin tilidagi «religion» so‘zi bilan mos keladi. 
O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida «din» - ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, 
hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat 
qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. 
Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli 
davrlarda «darm», «nom» va «den» kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. 
O‘zbek tilidagi «din» ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. 
Jumladan, zardushtiylarning manbasi «Avesto»da «din» sifatida «daena», qadimgi 
fors pahlaviy tilida «den», «din», «dena», «daena» so‘zi ishlatilib, «yo‘l», 
«mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida 
istifoda qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy 
termin bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan. 
Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi 
borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga 
ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, 
taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, 
ziyoratgoh, ibodat-topinish-sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan 
ma’nolarni anglatadi. 
Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik 
jihatdan «relegere» so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yangidan to‘plamoq, yangidan 
tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi 
ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar. 
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri 
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni 
yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan 
va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, 
qarash, ta’limotdir. 
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy 
tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini 
tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo 
bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din 



insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy 
kuchdir. 
Din asli nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din 
ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va ruhiy-
ma’naviy ehtiyojlaridandir. 
Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli 
soha va dunyoqarash egalari, o‘z sohalari va qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif 
berishgan. 
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun 
uch
asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan 
birinchisi

g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda 
topinish obyekti - Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi. 
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga - 
transsendent
va 
immanent
ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga 
insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va 
nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom 
dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi 
Yaxvelarni keltirish mumkin. 
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur 
qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik
buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. 
Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo 
zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda 
tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, 
zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin. 
Ikkinchisi,
Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar 
majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish obyekti - Xudo bo‘lishi 
lozim. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui 
(qurbonlik, ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, 
yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, 
islom dinida «Namoz mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning huzuriga 
ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning 
o‘zi ishtirok etadi, deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar 
vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar. 
Uchinchisi
esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning 
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy 
rasm-rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan 
muassasalaridir. Islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - cherkov, seminariya, 
yahudiylikda - sinagoga va hokazo. 



Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli 
jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. 
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga 
ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish 
bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat 
taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. 
3.Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi 
Dinni yopiq va izolatsiya qilingan tizim sifatida o‘rganish mukin emas. U 
kishilarning ma’naviy hayotining o‘ziga xos shakli bo‘lib, kishilik jamiyatini turli 
davrlarida har-xil mavqega ega bo‘lgan holda ijtimoiy tizimning boshqa 
elementlari bilan chambarchas bog‘langan va o‘zaro aloqadorlik kasb etgan. 
Mazkur aloqadorlik ijtimoiy ongda diniy g‘oyalar qay darajada o‘rin egallashiga, 
diniy faoliyat va diniy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq. 
Dinning jamiyat hayotidagi o‘rni quyidagicha namoyon bo‘ladi: 
-ijtimoiy g‘oya, me’yor, munosabat, guruh va institutlarni muqaddaslashtiradi; 
-diniy guruhlar axloqiy mushtaraklikni ta’minlaydi. Diniy faoliyat ijtimoiy 
faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Sotsial institular o‘z ichida diniy va 
dunyoviy hokimyatni birlashtiradi; 
-dunyovilik tushunchasi diniy ong bilan bir safda mavjud bo‘lishi. 
-diniy ongni jamoa dunyoqarashidan keyin, boshqa tizimlarni ustun sanab, uni 
ikkinchi darajali deb qarash. Diniy guruhlarni etnik jamoalardan farqlanishi va 
hukumat bilan nomuvofiqlik mavjudligi, diniy hamda dunyoviy hokimyatning turli 
institutlarga tegishli ekanligi; 
-dinning hech qanday o‘rni bo‘lmagan jamiyat; 
Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan 
bog‘liq, lekin o‘xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli 
bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir. Dinning 
funksiyalari quydagilardan iborat: 
Dunyoqarashni shakllantirish
funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga 
nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din 
hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi 
ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va 
idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki 
rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. 
Diniy dunyoqarash yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. 
Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish, dinga ishonganlar uchun turli 
cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi. Yorqin kelajak, huzur-halovatga 
10 


erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod 
bo‘lishni qo‘llab-quvvatlaydi. 
Kompensator funksiya
ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham 
turmushning obyektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish 
va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy 
guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy 
tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, 
daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. 
Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va 
ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim 
ahamiyatga egadir. 
Kommunikativ funksiya
muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy 
bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro 
ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan 
muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi 
mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, 
o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti. 
Regulyativ funksiya
ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip 
qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va 
jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. 
Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun 
ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va 
jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim 
ahamiyatga ega. 
Integratsion-dezintegratsion funksiya
si individ, guruh va institutlarni bir 
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar
ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va 
chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion 
funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo‘lganda amalga 
oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq 
bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi 
konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi. 
Madaniyatni targ‘ib qilish funksiya
si oldin madaniyatning ma’lum bir 
qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan 
bo‘lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan 
holda diniy, madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy 
merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. 
Legitimlashtirish-legitimlarni olib tashlash funksiya
si ba’zi jamoat tartiblari, 
institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy 
qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. 
11 


Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi. Uning asosida ba’zi 
ko‘rinishlarga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda 
majburiy va e’tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, 
birinchidan
, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma 
uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; 
ikkinchidan
, odamlarning 
bahamjihat yashashiga ko‘malashgan; 
uchinchidan
, odamlarda ishonch hissini 
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib 
o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; 
to‘rtinchidan
, umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va 
shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 
4.Dinlarni tasniflash.
Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo‘lib, 
dinlarni o‘zlari xos bo‘lgan ilm yo‘nalishi nuqtai nazaridan o‘rganib, turlicha 
yondashganlar. Shuning uchun ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar bo‘lishi tabiiydir. 
Masalan, din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga 
ko‘ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni 
paydo bo‘lgan va tarqalgan mintaqalariga ko‘ra tadqiq etganlar. Ayrim 
dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib, dinlarni o‘rganganlar. 
Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», 
«an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon 
dinlari» ko‘rinishida ikkiga bo‘ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk-
qabilaviy, milliy, jahon dinlari, deb uchga bo‘ladi. Shu bilan birga ba’zi 
tadqiqotchilar quyidagi tasnifni keltiradilar: 
1.
Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din, 
2.
Profetik (Payg‘ambarlarga tayanuvchi) din, 
3.
Mistik (ruhiy olamga yo‘naltirilgan) din. 
Islom ulamolari dinlarni, «haq» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy 
dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo‘lishgan. Ibn Hazm (vaf. 
456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq 
dinlar uchun «
milal
», botil dinlar uchun esa «
nihal
» so‘zlarini ishlatishni ma’qul 
deb topishgan. 
Dinlarni tasniflashda mintaqaviy yondashuvdan ham keng foydalanilib, 
uning o‘ziga xos jihati shundaki, mintaqadagi aynan bir dinni ikkinchi dinga ta’siri 
va o‘zaro qorishuvi yoki turli mintaqa dinlarini o‘zaro o‘xshash jihatlari yoki farqli 
tomonlarini o‘rganishdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar asosida tasnifga bo‘lish 
mumkin: 
1.
Qit’alarda tarqalishiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va 
Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas. 
Chunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan. Xususan, 
islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. Shuningdek, ba’zi qit’alarda 
ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham bo‘lishi bilan birga deyarli 
12 


aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Yevropada asosan xristianlik ko‘p 
tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada ko‘proq tarqalgan. Osiyo 
qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik dinlari aralash 
tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo bo‘lgan din boshqa qit’ada keng yoyilgan. 
Masalan, xristianlik Falastinda vujudga kelgan bo‘lsa-da, asosan Osiyo qit’asidan 
tashqarida tarqaldi. 
2.
Jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra Sharq dinlari va G‘arb dinlari tarzida 
tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo‘linishiga monand siyosiy va madaniy 
tafovutni aks ettiruvchi keng jo‘g‘rofiy tasnifdir. Sharq dinlariga hinduiylik, 
buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari 
kiritiladi. 
G‘arb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida islom 
dinini G‘arb yoki Sharq dini deb bo‘lmaydi. U jo‘g‘rofiy jihatdan Sharqda yuzaga 
kelib, G‘arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va xristianlik ham 
aslida Sharq dinlari bo‘lib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan va G‘arb 
mamlakatlarida keng yoyilgan. 
3.
Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopotamiya dinlari, Suriya 
mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado‘li dinlari, Fors dinlari tarzida 
tasniflanadi. 
4.
Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Arabiston yarim 
oroli dinlari, Meksika dinlari, Hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida 
tasniflanadi. 
Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga ko‘ra aniq 
belgilash imkoni bo‘lmagan ko‘p hollarda jo‘g‘rofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. 
Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, 
monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha 
asosida umumlashtirib bo‘lmaydi. Bunday holatda muammoning yechimi sifatida 
jo‘g‘rofiy tasnifga murojaat qilish mumkin. 
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat 
yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. 
Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk 
bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki, har qanday 
tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. 
Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud: 

tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;


etnik jihatga ko‘ra;


e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;



hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k. 
Bugungi kunda, dinshunoslikka bag‘ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi

tasnif keltiriladi: 
13 


1)
primitiv diniy tasavvurlar (urug‘-qabila dinlari) - totemistik, animistik 
tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila 
boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib 
ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda 
saqlanib qolgan; 
2)
millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga 
qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik 
(hindlarga xos), konfutsiylik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) 
kiradi; 
3)
jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan 
qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda 
buddaviylik, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. 
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik - yakkaxudolik 
(yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik) dinlari 
va h.k.ga bo‘linadi. Dinshunoslikka oid zamonaviy tadqiqotlarda yahudiylik, 
xristianlik va islom dinlarini Ibrohimiy dinlar (Avraamicheskiye religii) yoki 
samoviy dinlar deb atash ham kuzatilmoqda. 
Mavzu bo‘yicha savollar 
1.
Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima? 
2.
Dinshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari haqida nimalarni 
bilasiz? 
3.
Dinshunoslik alohida fan sifatida qachon shakllangan? 
4.
Yevropalik ilk dinshunoslardan kimlarni bilasiz? 
5.
Dinshunoslikning qanday sohalari mavjud? 
6.
Dinga qanday ta’riflar berilgan? 
7.
Dinni o‘rganishda qanday yondashuv turlarini bilasiz? 
8.
Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi? 
9.
Dinning regulyatorlik vazifasi deganda nimani tushunasiz? 
10.
Dinning kompensatorlik vazifasi nimalardan iborat? 
11.
Dinning integratorlik vazifasiga nimalar kiradi? 
Mustaqil ish topshiriqlari 
1.
Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi haqida so‘zlab bering. 
2.
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari haqida so‘zlab bering. 
3.
Turli olimlar tomonidan dinga berilgan ta’riflar haqida ko‘rgazmali 
slayd tayyorlang (MS Power Point). 
Adabiyotlar 
1.
Dunyo dinlari tarixi. O‘quv qo‘llanma. –T., Toshkent islom 
universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2011. 
14 

Yüklə 482,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə