Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
َنﻮُﻋَزﻮُﻳ
 
ْﻢُﻬَﻓ
 
ِﺮْﻴﱠﻄﻟاَو
 
ِﺲْﻧﻹاَو
 
ِّﻦِﺠْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ُﻩُدﻮُﻨُﺟ
 
َنﺎَﻤْﻴَﻠُﺴِﻟ
 
َﺮِﺸُﺣَو
)
١٧
(
 
 
«Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to‘planib, tizilgan hollarida turdilar». 
(Naml, 17)
 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
 
ْﻦَﻣ
 
ِّﻦِﺠْﻟا
 
َﻦِﻣَو
 
ِﺮْﻄِﻘْﻟا
 
َﻦْﻴَﻋ
 
ُﻪَﻟ
 
ﺎَﻨْﻠَﺳَأَو
 
ٌﺮْﻬَﺷ
 
ﺎَﻬُﺣاَوَرَو
 
ٌﺮْﻬَﺷ
 
ﺎَهﱡوُﺪُﻏ
 
َﺢﻳِّﺮﻟا
 
َنﺎَﻤْﻴَﻠُﺴِﻟَو
ُﻬْﻨِﻣ
 
ْغِﺰَﻳ
 
ْﻦَﻣَو
 
ِﻪِّﺑَر
 
ِنْذِﺈِﺑ
 
ِﻪْﻳَﺪَﻳ
 
َﻦْﻴَﺑ
 
ُﻞَﻤْﻌَﻳ
 
ِﺮﻴِﻌﱠﺴﻟا
 
ِباَﺬَﻋ
 
ْﻦِﻣ
 
ُﻪْﻗِﺬُﻧ
 
ﺎَﻧِﺮْﻣَأ
 
ْﻦَﻋ
 
ْﻢ
)
١٢
(
 
ٍتﺎَﻴِﺳاَر
 
ٍروُﺪُﻗَو
 
ِباَﻮَﺠْﻟﺎَآ
 
ٍنﺎَﻔِﺟَو
 
َﻞﻴِﺛﺎَﻤَﺗَو
 
َﺐﻳِرﺎَﺤَﻣ
 
ْﻦِﻣ
 
ُءﺎَﺸَﻳ
 
ﺎَﻣ
 
ُﻪَﻟ
 
َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ
 
 
«Yana jinlardan ham Parvardigorining izni bilan uning 
(Sulaymonning)
 qo‘l ostida ishlaydiganlarini 
bo‘ysundirib qo‘ygandirmiz. Ulardan kim Bizning amrimizdan chetlasa, Biz unga o‘t azobidan tottirib 
qo‘yurmiz. Ular 
(Sulaymonga)
 misdan u xohlagan narsalarni-mehroblar, timsollar, hovuzlar kabi katta 
laganlar va o‘choqlarlarga o‘rnashuvchi qozonlarni yasab berurlar». 
(Saba, 12-13.)
 
 
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga ham jinlardan bir toifasi imon keltirganligi «Ahqof» va «Jin» 
suralarida xabar beriladi: 
 
َﻲِﻀُﻗ
 
ﺎﱠﻤَﻠَﻓ
 
اﻮُﺘِﺼْﻧَأ
 
اﻮُﻟﺎَﻗ
 
ُﻩوُﺮَﻀَﺣ
 
ﺎﱠﻤَﻠَﻓ
 
َنﺁْﺮُﻘْﻟا
 
َنﻮُﻌِﻤَﺘْﺴَﻳ
 
ِّﻦِﺠْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
اًﺮَﻔَﻧ
 
َﻚْﻴَﻟِإ
 
ﺎَﻨْﻓَﺮَﺻ
 
ْذِإَو
 
َﻦﻳِرِﺬْﻨُﻣ
 
ْﻢِﻬِﻣْﻮَﻗ
 
ﻰَﻟِإ
 
اْﻮﱠﻟَو
)
٢٩
(
 
ﻰَﺳﻮُﻣ
 
ِﺪْﻌَﺑ
 
ْﻦِﻣ
 
َلِﺰْﻧُأ
 
ﺎًﺑﺎَﺘِآ
 
ﺎَﻨْﻌِﻤَﺳ
 
ﺎﱠﻧِإ
 
ﺎَﻨَﻣْﻮَﻗ
 
ﺎَﻳ
 
اﻮُﻟﺎَﻗ
 
ﺎًﻗِّﺪَﺼُﻣ
 
ٍﻢﻴِﻘَﺘْﺴُﻣ
 
ٍﻖﻳِﺮَﻃ
 
ﻰَﻟِإَو
 
ِّﻖَﺤْﻟا
 
ﻰَﻟِإ
 
يِﺪْﻬَﻳ
 
ِﻪْﻳَﺪَﻳ
 
َﻦْﻴَﺑ
 
ﺎَﻤِﻟ
)
٣٠
(
 
َﻲِﻋاَد
 
اﻮُﺒﻴِﺟَأ
 
ﺎَﻨَﻣْﻮَﻗ
 
ﺎَﻳ
 
ٍﻢﻴِﻟَأ
 
ٍباَﺬَﻋ
 
ْﻦِﻣ
 
ْﻢُآْﺮِﺠُﻳَو
 
ْﻢُﻜِﺑﻮُﻧُذ
 
ْﻦِﻣ
 
ْﻢُﻜَﻟ
 
ْﺮِﻔْﻐَﻳ
 
ِﻪِﺑ
 
اﻮُﻨِﻣﺁَو
 
ِﻪﱠﻠﻟا
)
٣١
(
 
 
«Ey Muhammad, eslang, huzuringizga bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, 
qachonki ular hozir bo‘lishgach, 
(bir-birlariga)
: «Jim bo‘linglar»,- dedilar. Tilovat tugatilgach, ular o‘z 
qavmlari oldiga ogohlantiruvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar. Ular dedilar... 30. Ular dedilar: «Ey 
qavmimiz, darhaqiqat bizlar Musodan keyin nozil qilingan, o‘zidan oldingi 
(ilohiy kitob)
larni tasdiq 
qilguvchi bo‘lgan, Haq 
(din)
ga va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladigan bir Kitobni – Qur’onni tingladik. Ey 
qavmimiz, Allohning da’vatchisi Muhammadni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar. Alloh 
gunohlaringizni mag‘firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur».
(Ahqof, 29-31.)
«Ar-Rahmon» surasida Alloh taolo insonlarga bergan va berayotgan ne’matlari xususida savolga tutib, shu 
savol asnosida jinlarga ham barobar xitob qilayotgani, taklifda ham, mukofot yoki jazoda ham insonlar va jinlar 
barobar mas’ul ekanliklarini ko‘rsatadi.
 
Dunyomizning «qishr (qobig‘)» deb ataluvchi qatlamini tekshirgan geolog olimlar Yer yuzidagi hayotni to‘rt 
davrga bo‘lishgan. Bu olimlarning fikricha, Yer yuzidagi birinchi inson suyagi Janubiy Osiyodan topilgan. 
Insonlar tug‘ilishi haqida G’arb va Sharq olimlari o‘rtasida fikrlar, qarashlar xilma-xildir. Ammo hozirda inson 
zotining bir asosdan, bir asldan, bir ota va bir onadan tarqalganligi ilmiy haqiqat holini olganki, bu narsa 
ko‘pchilikka sir emas. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
 
ْﻢُﻜَﻣَﺮْآَأ
 
ﱠنِإ
 
اﻮُﻓَرﺎَﻌَﺘِﻟ
 
َﻞِﺋﺎَﺒَﻗَو
 
ﺎًﺑﻮُﻌُﺷ
 
ْﻢُآﺎَﻨْﻠَﻌَﺟَو
 
ﻰَﺜْﻧُأَو
 
ٍﺮَآَذ
 
ْﻦِﻣ
 
ْﻢُآﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ
 
ﺎﱠﻧِإ
 
ُسﺎﱠﻨﻟا
 
ﺎَﻬﱡﻳَأ
 
ﺎَﻳ
 
ٌﺮﻴِﺒَﺧ
 
ٌﻢﻴِﻠَﻋ
 
َﻪﱠﻠﻟا
 
ﱠنِإ
 
ْﻢُآﺎَﻘْﺗَأ
 
ِﻪﱠﻠﻟا
 
َﺪْﻨِﻋ
)
١٣
(
 
 
«Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak 
(Odam)
 va bir ayol 
(Havvo)
dan yaratdik hamda bir-
biringiz bilan tanishishingiz
(do‘st-birodar bo‘lishingiz) 
uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar 
qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir»

(Hujurot, 13)
 
Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi 
turli shakllarda tushuntirib berilgan. Mufassir olimlarning fikrlaricha,
 
ﺎَﻬﱠﻠُآ
 
َءﺎَﻤْﺳﻷا
 
َمَدﺁ
 
َﻢﱠﻠَﻋَو
 
 
«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi», 
(Baqara, 31.)
oyati karimasida insonga 
berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani 
tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim 
darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan, 
unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya berilib, so‘nggi holatiga 
keltirilgan. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, inson 
zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan 
sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqe’ga ega bo‘ldi. 
Ba’zi islom olimlari: «Qur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Qur’oni karim bir necha oyatlar 
bilan insonning tuproqdan yaratilganligini xabar beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina 
insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir. 
Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga bir xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabi’at quvvatlariga 
hokim bo‘lishiga ishoradir», - deydilar. 
Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta parchasi bo‘lmish Osiyo qit’asida 
yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqalib ketganlar. Shu sababdan Osiyo insonlarning ilk 
tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi. 
Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr 
bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy 
saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir 
qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni - vahshiylik va madaniyat davrini 
boshidan kechirdi, deb hisoblanadi. 
Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaning, insoniyatning dastlabki davri «vahshiylik davri 
bo‘lgan», degan fikrini rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk 
madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga ularga 
ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy 
payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqlashib, birinchi darsni 
unutish darajasida vahshiylashganlar. Ma’lum vaqt oradan o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson 
avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni-vahshat va madaniyat davrini 
emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik 
esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir. 
Ilohiy payg‘ambarlarning barchalari ham Alloh huzuridan bitta din – yagona Allohga ishonch va e’tiqoddan 
iborat bo‘lgan Islom dinini, musulmonlikni keltirganlar. Musulmonlik haqiqatan ham insoniylik dinidir. 
Insonlarning eng birinchi o‘rgangan dini Allohning birligiga ishonchdan iborat edi. Ularga bu e’tiqodni o‘z 
oralaridan tanlab olingan ilohiy payg‘ambarlar yetkazdilar. Eng so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ham 
ayni shu e’tiqodni targ‘ib qildilar. 
Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi. 
Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchraydi. Hattoki Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga 
sig‘inish egalladi. 
Butparastlikning asosi-tabi’at kuchlarini ilohiy lashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu 
kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi. 
Boshqa payg‘ambarlar o‘z davrlarida amalga oshirgan vazifalari singari Muhammad (s.a.v) ham davr 
ta’sirida o‘zgarib qolgan bu asoslarni asl holiga qaytardilar. Tabi’at kuchlariga sig‘inishni man’ etibgina qolmay
ayni paytda, bu kuchlardan foydalanishni bildirib, insoniyat sharafini yuksaltirdilar. Binobarin, Alloh taolo Yer va 
ko‘kdagi narsalarni, shu jumladan insonni ham shunchaki yaratgan emas, demakki, insonga berilgan aql ham 
bejiz emas. 
Alloh insonni ikki borliq-ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan 
yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi 
haqni taniyolmay qoladi. Fazilat aqllari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish 
uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni tushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu 
xastalikni davolaydigan birdan-bir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan 
insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy 
– Yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir. 
Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona 
Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar 
tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi. 
Allohning huzuridan payg‘ambarlar orqali insoniyatni hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan din Islom dinidir. 
Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. Har asrda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat 
bor ekan, u ham albatta turadi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir. 
 
Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining 
eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi. 
Payg‘ambarlik meros ham qolmaydi. Payg‘ambarlarni Alloh taolo bandalari orasidan o‘zi tanlaydi. Bu haqda 
Qur’oni karimda shunday deyiladi: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə