Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
ﺎًﻤﻴِﻜَﺣ
)
١٦٥
(
 
 
«Payg‘ambarlar kelgandan keyin odamlar uchun Allohga qarshi hujjat bo‘lmasin deb 
payg‘ambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Alloh qudrat va hikmat 
sohibidir». 
(Hiso, 165 )
 
Alloh taolo oxiratda hech bir bandasini beayb va besabab jazolamaydi. Shuningdek, o‘zining mavjudligini va 
yagonaligini bildirmay turib: «Meni nega tanimading, nega menga itoat va ibodat qilmading?» - deb qahr 
qilmaydi. Bu haqda Alloh shunday marhamat qiladi: 
ﻻﻮُﺳَر
 
َﺚَﻌْﺒَﻧ
 
ﻰﱠﺘَﺣ
 
َﻦﻴِﺑِّﺬَﻌُﻣ
 
ﺎﱠﻨُآ
 
ﺎَﻣَو
 
 
«To payg‘ambar yubormagunimizcha
(biror kimsani) 
azoblovchi bo‘lmadik». 
(Isro, 15.)


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
Payg‘ambarlar Parvardigor tomonidan o‘zlariga yuklatilgan bu muhim vazifani bajarishda, ularga berilgan 
g‘ayritabiiy xususiyatlardan foydalanadilar.
Payg‘ambarlardagi bunday g‘ayritabiiy xususiyatlar «mo‘‘jiza» deyiladi. Payg‘ambarlik ana shu mo‘‘jizalar 
bilan tushuniladi. Payg‘ambar bo‘lmagan odam bunday mo‘‘jizalardan yiroqdir. 
Qur’oni karimda va Payg‘ambarimizning hadislarida mo‘‘jizalar «oyat» va «burhon» deyiladi. Alloh taolo 
tabiat qonunlarini qanday yaratgan bo‘lsa, g‘ayritabiiy hollarning qonunlarini ham shunday qudrat va iroda bilan 
yaratgan. Biz g‘ayritabiiy hollarning sabablarini bilolmaymiz. Chunki, u g‘ayb ilmidir. Buni faqat 
payg‘ambarlargina bilishadi, tushunishadi. Ular insonlarning bilmaganini biladilar, ko‘rmaganini ko‘radilar, 
eshitolmaganini eshitadilar.
Moddalar olamini o‘zgarmas qonunlarga bog‘lab qo‘ygan Alloh taolo payg‘ambarlarini quvvatlantirmoq, 
ularni yanada sharaflantirmoq uchun tabiat hodisalariga ham o‘zgartirish kiritishi mumkin. Shu maqsadda U 
tabiat hodisalarining sabablarini ham, ta’sirini ham yo‘qotishi mumkin. Masalan, olov kuydiruvchi xossaga ega 
bo‘lgan bir modda bo‘lishiga qaramay, Allohning qudrati bilan Ibrohim (a.s.)ni yondirmadi, unga ta’sir 
o‘tkazolmadi. Suv tabiatan suyuq modda bo‘lishiga qaramay, Fir’avndan qochib borayotgan Muso (a.s.) va 
qavmlariga yo‘l ochib, ikki tomonda tepalik hosil qilib, qotib turdi. 
Mo‘‘jizalar ko‘rinishdan tabiat qonunlariga ziddir. Har handay kishining ham bu narsaga aqli yetavermaydi. 
Lekin mo‘‘jizalar bor va haqiqatdir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə