Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ilmu hikmatni orzu qilmoq



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/490
tarix18.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#127964
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

16-bob. Ilmu hikmatni orzu qilmoq
Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: «Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni 
chuqur o‘rganing! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari yoshlari 
ulg‘ayganda ham ilm o‘rganganlar». 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam: «Ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri — kishiga Alloh taolo halol 
mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa, ikkinchisi :— kishiga Alloh taolo 
ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, odamlarga bilganini 
o‘rgatayotgan bo‘lsa»,— deganlar. 
17-bob. Muso alayhissalomning dengiz bo‘ylab Xizr huzurlariga borganlari
Muso alayhissalomning Xizr bilan uchrashganlari xususida Alloh taoloning oyati 
karimasida bunday deyilgan: «Alloh bergan ilmdan menga o‘rgatmog‘ingiz uchun sizga 
ergashsam maylimi?» 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
Ibn Abbos bilan al-Harr ibn Qays Muso alayhissalom bilan uchrashgan kishiga (ya’ni, 
Xizrga) qiziqib qoldilar. Ibi Abbos: «Xizr bilan uchrashganlar»,— dedi. Shu payt ularning 
yonidan Ubay Ibn Ka’b o‘tib qoldi. Ibn Abbos uni chaqirib: «Biz Harr bilan ikkimiz Muso 
alayhissalomga yo‘liqqan kishi to‘g‘risida tortishib qoldik. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamdan shu to‘g‘rida eshitganmisiz?» — dedi. «Ha, eshitganman,— dedi Ubay,— Muso 
alayhissalom Baniy Isroil qavmlaridan bir to‘dasining ichida turgan ekanlar, bir kishi 
kelib: «O’zingizdan olimroq biror kishi borligini bilasizmi?»,— deb so‘rabdi. Muso 
alayhissalom: «Yo‘q» deb javob berdilar. Alloh taolo Musoga: «Ha, Xizr degan bandam 
bor»,— deb vahiy qildi. Muso alayhissalom Xizr bilan uchrashmoq yo‘lini so‘radilar. Alloh 
taolo hut uchrashuv alomati bo‘lajagiii bildirdi. «Hut ko‘zingdan g‘oyib bo‘lgach, 
orqangga qayt, Xizr bilan uchrashgaysan»,—deyildi. Muso alayhissalom dengiz bo‘ylab 
hut ortidan keta bashladilar. Bir vaqt Muso alayhissalomga g‘ulomlari: «Qoyatosh oldiga 
borib to‘xtaganimizda, meni shayton adashtirib, hutni yo‘qotdim»,— dedi. Muso 
alayhissalom: «Bizga xuddi shu kerak edi»,— dedilar. Xizrni izlab orqaga, qoyatosh 
tomonga qarab yurdilar. U yerda Xizrni topdilar va Qur’oni Karimda Alloh aytib bergan 
Muso va Xizr voqeasi sodir bo‘ldi».

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə