Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə180/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

TO‘QSON BIRINCHI BOB MAV’IZA

956. Faqih rivoyat qiladilar. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga asrdan keyin, quyosh botmasidan oldin xutba qildilar. Bu xutbani yodlaganlar yodladi, unutganlar unutdi. Aytdilarki: “Ogoh bo‘linglar, dunyo yaxshi, shirin, Alloh sizlarni bunda xalifa qilib qo‘ydi va U zot nima qilishlaringizni kuzatuvchidir. Ogoh bo‘linglar, dunyodan taqvo qilinglar, xotinlaringdan ham taqvo qilinglar. Odam bolalari turli tabaqalarda yaratildi. Ulardan qaysi birlari mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib yashaydi va mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ulardan yana biri mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib yashaydi, kofir bo‘lib o‘ladi. Yana ulardan biri kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi va kofir bo‘lib o‘ladi. Yana bir toifasi kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi, mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ogoh bo‘linglar, g‘azab cho‘g‘dir. U odam bolasi qalbini yondiradi. G‘azab kelganida, ikSSki ko‘zning qizarganini, yuzlarning shishib ketganini ko‘rmaysizlarmi? Kimning g‘azabi kelsa, o‘tirib olsin. Ogoh bo‘linglar, albatta, kishilarning yaxshisi g‘azabi sekin kelib, tez ketadigan kishidir. Agar g‘azabi tez kelib, tez ketsa ikkovi tengdir. Ogoh bo‘linglar, kishilarning yomoni g‘azabi tez kelib, sekin ketadigan kishidir. Agar g‘azab sekin kelib, sekin ketsa, ikkalasi barobardir. Ogoh bo‘linglar, savdogarlarning yaxshisi olishi ham, sotishi ham chiroyli bo‘lganidir. Agar olishi chiroyli, sotishi yomon bo‘lsa,


unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglarki, savdogarlarning yomoni olishi ham, sotishi ham
yomon bo‘lganidir. Agar olishi yomon bo‘lib, sotishi chiroyli bo‘lsa, unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglar, har bir va’dasini buzuvchining bayrog‘i bo‘ladi. U qiyomat kuni shu bayrog‘i bilan bilinadi. Ogoh bo‘linglar, agar boshliq va’dasini buzsa, va’dani buzuvchilarning katta si o‘sha bo‘ladi. Ogoh bo‘linglar, jihodning afzali zolim podshoh oldida haq so‘zni aytishdir. Ogoh bo‘linglar, sizlarning birontalaringizni odamlardan qo‘rqish, haq gapni ko‘rgan yoki bilgan bo‘lsa, uni aytishdan to‘sib qo‘ymasin. Garchi quyosh mag‘ribdan chiqqan bo‘lsa ham. Ogoh bo‘linglar, dunyoning umri mana shu quyosh botishigacha bo‘lgan vaqt miqdorida qoldi”.

957. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Biz Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga Hunayn jangida ishtirok qildik. Payg‘ambar (s.a.v.) Islom da’vosida bo‘lgan bir kishi haqida: “Bu do‘zax ahlidan”, dedilar. Ammo o‘sha kishi urush boshlanganida qattiq urushdi. Sahobalardan biri Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: “Ey Rasululloh, siz do‘zax ahli degan kishini ko‘rdim. Allohga qasamki, u Alloh yo‘lida qattiq jang qilyapti”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q, u do‘zax ahlidandir”. Ba’zilar bu gapga shubha qilishdi. Shu orada u odam qattiq jarohat yedi. U qo‘li bilan o‘qdondan bir o‘q oldi. So‘ng munkar gaplarni gapirib, o‘zini o‘ldirdi. Sahobalar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga shoshilib kelib: “Ey Rasululloh, sizning gapingizni Alloh to‘g‘ri qildi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldirdi”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Tur, ey falonchi, jannatga faqat mo‘min kiradi”, deb nido qil. Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi). Ko‘p namoz, ko‘p ro‘zaning e’tibori yo‘q. Albatta ishning oxiriga qaraladi”.


958. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Sizlarning yaralishingiz ona qornida qirq kun nutfa holida jamlanadi. Keyin qirq kun laxta qon bo‘ladi. So‘ng qirq kun homila holida bo‘ladi, so‘ng Alloh taolo unga bir farishtani to‘rt kalima bilan yuboradi. Unga: “Uning ajalini, umrini, amalini, rizqini, baxtsiz yoki baxtli bo‘lishini yoz”, deb aytiladi. Bir kishi ahli jannat amallarini qiladi, hattoki u bilan jannat orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ngra unga yozilgan narsa yetadi va u ahli do‘zax ning amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng do‘zaxga kiradi. Yana biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi, hattoki, u bilan do‘zax orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ng unga yozilgan narsa yetadi va u jannat ahli amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng jannatga kiradi”.


Bu hadis yuqoridagi “Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi)” hadisiga muvofiqdir. Har bir musulmon Alloh taolodan umrining oxirini xayrli qilishini so‘rab, duo qilishi vojibdir. Chunki iymon boy berilishidan eng ko‘p qo‘rqiladigan vaqt jon chiqar vaqtidir.


Yahyo ibn Maoz Roziy (r.a.) aytadilar: “Parvardigoro, mening xursandchiligim meni iymon bilan mukarram qilishing bilandir. Uni mendan olib qo‘yishingdan qo‘rqaman. Modomiki, bu xavf men bilan birga ekan, uni qalbimdan sug‘urib olmasligingga umid qilaman”.


Abul Qosim Hakimdan: “Bandadan iymonni oladigan gunoh bormi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Gunohlardan uchtasi bandadan iymonni oladi:


1. Unga iymon berib, ikrom qilgani uchun Allohga shukr etmaslik.
2. Undan iymonning ketmog‘idan qo‘rqmaslik.
3. Islom ahliga zulm qilish”.

Hasan Basriydan rivoyat qiladilar. Aytdilar: “Kishi do‘zaxda ming yil azoblanadi. So‘ng


undan jannatga chiqadi”. Keyin Hasan aytdilar: “Shoyadki, men o‘sha kishi bo‘lsam edi”. Hasan Basriy albatta, buni aytganlar, chunki u kishi oqibatidan qo‘rqardilar. Shuningdek, solih kishilar ham ishlarining oxiridan mana shunday qo‘rqishardi”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə