Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə179/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

kunida javob beradi)” (Isro, 36-oyat).

8. Allohning makridan xotirjam bo‘lmaslik. Alloh taolo aytadi:


Bas, Allohning “makridan” faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur”
(A’rof, 99-oyat).

9. Allohning rahmatidan umid uzmaslik. Alloh aytadiki:


Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir (Zumar, 53-oyat).

10. Alloh bergan dunyoviy narsalarga xursand bo‘lmaslik va qo‘lidan ketgan narsaga xafa bo‘lmaslik. Alloh taolo bu haqda deydi:


Toki sizlar qollaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato qilgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar” (Hadid, 23-oyat).

Chunki banda yaxshilik yo‘qotilgan narsadami yoki topilganda, bilmaydi. Shuning uchun ikki holatga ham birdek bo‘lish lozim. Mo‘minning misoli doim bir xil turadigan o‘simlikka o‘xshaydi. U issiqda ham, sovuqda ham bahordagidek yashnab turadi. Munofiq esa, sal sovuq tushsa, qovjirab qoladigan gulga o‘xshaydi, unga kichkinagina ofat kelsa ham, ahvoli o‘zgaradi. Mo‘minning holati yengillik va qiyinchilik paytlarida bir xil bo‘ladi. U hamisha Allohning taqsimotiga rozi bo‘ladi. Ammo munofiq Alloh o‘lchab bergan narsaga rozi bo‘lmaydi. Ne’mat bor paytida haddidan oshadi, qiyinchilik vaqtida betoqatlik qiladi. Mo‘min odam payg‘ambarlar va zohidlarning fe’llariga ergashmog‘i, kofir va munofiq kimsalar ishiga ergashmasligi lozim.


Tavfiq Allohdandir.





Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə