Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə182/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

HIKOYAT

962. Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytdilar: “Vaqtiki, Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarni bir-birlari bilan birodar tutintirganlarida, Said ibn Abdurahmon bilan Sa’laba Ansoriyni birodar qilib qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, Ibn Abdurahmon u kishi bilan birga chiqdi. Sa’laba esa, birodarining


ahliga qarab qoldi. U birodarining ahli uchun o‘tin, suv tashib berardi. Sa’laba qilayotgan hamma ishlarini faqat Alloh rizosi uchun qilardi.
Bir kun Salaba birodarining uyiga kirganida, shayton uni vasvasa qila boshladi. Shayton: “Parda ortida nima borligiga qara”, dedi. Sa’laba pardani ko‘tarib qaradi. Shunda birodarining ayolini ko‘rib qoldi. U juda chiroyli ayol edi. Sa’laba sabr qilolmay, ayolning oldiga kirdi va uni ushladi. Ayol: “Ey Salaba, sen Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodaringning hurmatini saqlamading»” dedi. Sa’laba: “Holimga vayl bo‘lsin”, deb nido qilib, toqqa qochdi va baland ovoz bilan dedi: “Allohim, Sen Sensan, men menman, Sen mag‘firat bilan keluvchisan, men gunoh va xatolar bilan keluvchiman”.

Nabiy (s.a.v.) g‘azotdan qaytib kelganlarida, barcha jangchilarni birodarlari kutib oldi. Faqatgina Saidning birodari kutib olgani chiqmadi. Said uyiga kelganida, xotiniga: “Ey xotin, Alloh yo‘lida tutingan birodarimga nima bo‘ldi?” dedi. Xotin: “U o‘zini xatolar dengiziga otdi va toqqa qochib ketdi”, dedi. Said birodarini qidirib ketdi. Uni g‘amgin holatda, qo‘llarini boshiga qo‘ygan suratda, baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan


kishining maqomi qanday ham past”, deb nido qilayotganida topdi. Said unga: “Nima uchun bunday yuribsan?” dedi. Sa’laba: “Qulning qo‘lini bo‘yniga bog‘lab, xo‘jayinining eshigiga haydab borilganidek, meni ham haydab bormagunlaricha, sen bilan birga turolmayman”, dedi. Bas, shunday qilindi.
Sa’labaning Xamsona ismli qizi bo‘lib, shu qizi uni boshlab ketdi. U Umarning (r.a.) eshiklaridan kirdi va: “Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Umar (r.a.): “Chiq huzurimdan, hozir turib, urib yuborishim mumkin, chiq huzurimdan, senga bu yerda tavba yo‘q”, dedilar. So‘ng chiqib, Abu Bakrning (r.a.) eshiklariga bordi. “Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan
birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim. Men uchun tavba bormi?” deb so‘radi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): “Huzurimdan chiq, oloving bilan meni ham kuydirma, mening huzurimda sen uchun hech qachon tavba yo‘q”, dedilar.

U kishining oldilaridan chiqib, Alining (r.a.) oldilariga bordi. Va: “Alloh yo‘lidagi g‘oziy birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Ali (r.a.): “Chiq mening huzurimdan, sen uchun hech qanday tavba yo‘q”, dedilar. U kishining huzurlaridan chiqarkan, Sa’laba: “Ey birodarim, ey qizim, ana u kishilar meni noumid qilishdi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) noumid qilmaydilar, degan fikrdaman”, dedi. Sa’laba qizi bilan birga Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi. Huzurlariga kirishganda, Rasululloh (s.a.v.) unga qarab: “Sen menga jahannamning zanjir va kishanlarini eslatding”, dedilar. Sa’laba: “Ey Nabiyyulloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Nabiy (s.a.v.): “Huzurimdan chiq, mening huzurimda senga tavba yo‘q”, dedilar. Va u chiqib ketdi.


Sa’labaning qizi aytdi: “Ey otajon, Rasululloh (s.a.v.) va u kishining ashoblari sizdan rozi bo‘lmagunlaricha, siz mening otam emassiz, men sizning qizingizmasman”.

Sa’laba toqqa qochgandagiday, ovozining boricha nido qildi: “Yo Rabb, Umarga bordim, meni urmoqchi bo‘ldi. Abu Bakrga bordim, so‘kdi. Aliga bordim, haydadi. Nabiyga (s.a.v.) bordim, meni noumid qildilar. Ey Mavloyim, Sen mening duoimga “Ha”, deyishing ham mumkin, “Yo‘q”, deyishing ham mumkin. Agar, yo‘q, desang, qanday ham hasrat, nadomat. Agar, ha, desang, menga qanday baxt”,


Osmondan bir farishta tushib, Nabiyga (s.a.v.) aytdi: “Alloh taolo: “Maxluqlarni sen yaratdingmi yoki Men?” deyapti” Nabiy aytdilar: “Yo‘q, Sayyidim, Sen yaratgansan”. Farishta: “Alloh taolo: “Bandamga bashorat ber, Men uni mag‘firat qildim”, deyapti”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Kim Sa’labani olib keladi?” dedilar. Abu Bakr va Umar (r.a.) aytishdi: “Biz olib kelamiz”. Salmon va Ali (r.a.): “Biz uni olib kelamiz”, deyishdi. Nabiy (s.a.v.) Salmon bilan Aliga (r.a.) izn berdilar, ular chiqib ketishdi.

Ular yo‘lda Madinaning bir cho‘poniga yo‘liqishdi. Ali (r.a.): “Rasulullohning (s.a.v.) ashoblaridan biror kishini ko‘rdingmi?” dedilar. Cho‘pon dedi: “Sizlar jahannamdan qochuvchi kishini qidirayotgan bo‘lsangiz kerak?” Ular: “Ha, bizga uning joyini ko‘rsat”, deyishdi. Cho‘pon: “Qorong‘u tushgan paytda ushbu vodiyda hozir bo‘lib, mana bu daraxt ostiga keladi. So‘ng baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi qanday ham past”, deb nido qiladi”, dedi.


Ular kechqurungucha turishdi. Shunda Sa’laba daraxt oldiga keldi. Uning ostida sajda qilgan holatida tiz cho‘kib, yig‘lay boshladi. Vaqtiki, Salmon uning yig‘isini eshitganlarida, u tomonga yurdilar. Unga: “Ey Sa’laba, tur, olamlarning Rabbi seni mag‘firat qildi”, dedilar. U: “Habibim Nabiyni (s.a.v.) qay holatda tark qildinglar?” dedi.
Salmon: “Alloh va yaxshi ko‘rganingdek”, dedilar. Vaqtiki, Bilol (r.a.) xufton namoziga chaqirganlarida, Sa’labani masjidga kirgizib, oxirgi safga turg‘izishdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘qidilar

Sa’laba bir xo‘ngradi. Rasululloh (s.a.v.) yana tilovat qildilar:


(Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga toat- ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!” (Takasur, 1-2-oyatlar).


Sa’laba yana bir xo‘ngradi-da, dunyodan rixlat qildi.
Nabiy (s.a.v.) namozni tugatganlaridan keyin Sa’labaning oldiga keldilar va aytdilar: “Ey Salmon, unga suv sep”, Salmon: “Ey Nabiyyulloh, u dunyodan o‘tdi”, dedilar. Sa’labaning qizi keldi va: “Ey Nabiyyulloh, otamga nima bo‘ldi? Men uni qo‘zg‘agan edim”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Masjidga kir”, dedilar. Bas, u kirdi. Shunda u otasini o‘rab qo‘yilganini ko‘rdi va qo‘lini otasining boshiga qo‘yib: “Voh, qanday g‘am, men sizdan keyin nima qilaman, otajon?” deb nido qila boshladi. Nabiy (s.a.v.): “Ey Xamsona, men senga ota bo‘lishimga, Fotima esa, senga singil bo‘lishiga rozi bo‘lmaysanmi?” dedilar. “Yo‘q, rozi bo‘laman, ey Rasululloh”, dedi Xamsona.

Sa’labani ko‘tarib, yo‘lga tushishganda, nabiy (s.a.v.) uning janozasiga ergashdilar, qabr labiga yetganlarida, oyoqlarining uchi bilan yura boshladilar. Qaytganlaridan keyin


Umar (r.a.): “Ey Rasululloh, oyoq uchida yurganingizni ko‘rdim”, dedilar. Nabiy (s.a.v.): “Farishtalarning ko‘pligidan oyog‘imni to‘liq bosishga qodir bo‘lmadim”, dedilar.
Faqih aytishicha, bu xabar har xil lafzlar bilan rivoyat qilingan. Yana quyidagi oyat ham ushbu voqea to‘g‘risida nozil bo‘lgan deyiladi:

(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir”, jumlasidan:


Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!” jumlasigacha





Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə