Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Tarjimon (Dilmurod Qo’shoqov)



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə186/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Tarjimon (Dilmurod Qo’shoqov)
MUALLIF XUSUSIDA SO‘Z Ism va nasablari
Yurtdoshimiz ulug‘ faqih, imom, mutasavvif olim, muhaddis, zohid Hazrati Abu Lays as-Samarqandiyning to‘liq ismlari Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohimdir.

Al-Faqih, Imomul-huda, Shayxul Islom unvonlari bilan ham mashhurdirlar.


Al-Faqih” unvonlarini fiqh, ya’ni Islom huquqshunosligi ilmida yuksak martabaga erishganlari uchun olganlar. Bu sohada o‘z zamonasida u kishiga teng keladigan olim yo‘q edi. Bu ismni o‘zlari ko‘p yaxshi ko‘rganlar. (“Faqih” unvonlariga “al” qo‘shimchasining qo‘shilishi u zotning fiqhda benazir ekanliklariga ishoradir. Ammo biz bundan keyin o‘zbek tili xususiyatlaridan kelib chiqib, “al-faqih”ni “faqih”, “as- Samarqandiy”ni “Samarqandiy”, deb oldik.)


Rivoyatlarda kelishicha, “Tanbehul-g‘ofiliyn” kitobini yozgan mahallarida bir kecha Hazrati Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) u kishining tushlariga kirib, yozgan kitoblarini tutqazib: “Yo Faqih! Kitobingni olgin!” deydilar. Uyg‘onganlarida kitobda Payg‘ambarimiz muborak qo‘llarining izlarini ko‘radilar. Shundan keyin “Faqih”, degan nomni sevadilar va u tufayli ko‘p barakotlarga noil bo‘ladilar.




Ikkinchi unvonlari “Imomul-huda” haq yo‘l imomi ma’nosidadir. Bu unvonda
Hazrati Imom Abu Mansur Motrudiy bilan barobardirlar.

Abu Lays” u zotning ko‘nyalaridir. Bu so‘z “Laysning otasi”, deganidir. “Lays” lug‘atda she’r, arslon ma’nosini beradi. Ul zotning Lays degan farzandlari bo‘lganmi yoki “Abu Turob” singari majoziy laqabli, noma’lum. Harholda, kunya ekani aniq.


U zot Samarqand shayxul islomi bo‘lganlari uchun “Shayxul islom, degan nom bilan ham chaqirilganlar. “Samarqandiy” nomini tug‘ilib o‘sgan vatanlariga nisbatan olganlar.


Abu Lays Samarqandiyning tavalludi va vafoti yillari borasida turlicha ma’lumotlar bor. Vafotlariga qiyosan, hijriy 301-310 yillarda tug‘ilganlar, deyiladi.


Vafotlari ham turlicha -- hijriy 375, 393, 396 yillar deb ko‘rsatilgan. 396 (milodiy


1003) yil haqiqatga yaqinroq.


Ustozlari

Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Olimning borligi olamni borligi, olimning o‘lgani olamning o‘lgani. Islom olami avvalu oxirda ilm bilan tirikdir. Ilm merosi ustoz-shogirdlik vositasida avloddan avlodga o‘tadi.


Aytmoqchi bo‘lganimiz, Abu Lays Samarqandiyning ustozlari ushbu zotlardir:


1. U kishiga avvalo otalari Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Tusiy ta’lim berdilar. Faqih o‘z kitoblarida: “Otamning aytishlaricha”, “Otam menga aytganlar”, deb ko‘p zikr qiladilar. Zero, otalari olim, faqih, muttaqiy bir zot edilar.
2. Abu Ja’far Hindavoniy Balxiy huzurida ham ilm va ta’lim olganlar.
3. Xalil ibn Ahmad qoziy Sijziy yetuk hanafiy olimlardan bo‘lib, o‘z davrida fiqh va hadis ilmida peshqadam bo‘lganlar. Hazrati Abu Lays Samarqandiy u kishidan shu ilmlarni o‘rganganlar.
4. Muhammad ibn Fazl Balxiy huzurida tafsir ilmini o‘rgandilar.
Ko‘rinib turibdiki, zamonning turli olimlaridan turli ilmlarni o‘rganganlar. Zero, e’tiqodning asosi ilmdir.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə