Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə169/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Kishining qanday tong ottirishi to‘g‘risidagi bob hadislari

918-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan.




SAKSON BESHINCHI BOB TAFAKKUR QILISH

919. Faqih Abu Lays Samarqandiy Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qiladilar: “Ibn Umar va Ubayd ibn Umayr bilan birga Oyishaning (r.a.) oldiga kirdik. Hammamiz salom berdik. Oyisha: “Ular kim?” deb so‘radilar. “Abdulloh ibn Umar, Ubayd ibn Umayr”, dedik. Onamiz aytdilar: “Xush kelibsiz, ey Ubayd ibn Umayr, nima uchun bizni ziyorat qilmay qo‘ydingiz?” Ubayd aytdilar: “Kam ziyorat qil, sevgi ziyoda bo‘ladi, deyishadi”. Ibn Umar so‘ngra: “Bu gaplarni qo‘yib turaylik, bizga Payg‘ambardan (s.a.v.) ko‘rgan ajoyib narsalaringizni gapirib bering”, dedilar. Oyisha onamiz aytdilar: “U kishining hamma ishlari ajoyib edi. Bir kechasi mening oldimga keldilar va to‘shagimga kirdilar, hatto badanlari badanimga tegdi. So‘ngra aytdilar: “Ey Oyisha, Rabbimga ibodat qilishimga ruxsat berasanmi?” “Allohga qasamki, sizga yaqin bo‘lishni hamda siz hohlagan narsani yaxshi ko‘raman”, dedim. So‘ng o‘rinlaridan turib, tahorat qildilar. Keyin qiyomda turib yig‘ladilar. Ko‘z yoshlari ko‘kraklariga tushdi. So‘ng o‘ng taraflariga suyanib, o‘ng qo‘llarini o‘ng yuziga qo‘ydilar. Yana yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ko‘z yoshlari yerga tushganini ko‘rdim. Bir ozdan keyin bomdodga azon chaqirgani Bilol keldi. Bilolni ko‘rib ham yig‘layverdilar. Bilol: “Ey Rasululloh, nimaga yig‘layapsiz? Alloh sizning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechirgan-ku?!” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Bilol! Shukr qiluvchi banda bo‘lmayinmi? Nima uchun yig‘lamay, bu kecha ushbu oyat tushdi”, dedilar va:


Osmonlar va yerning yaralishida...” jumlasidan
O‘zing bizni jahannam azobidan asragil, jumlasigacha (Oli Imron, 190 – 191- oyatlar) o‘qidilar. Keyin aytdilar: “Kim bu oyatni o‘qib, tafakkur qilmasa, vayl azobi bo‘lsin”.

Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinadi: “Kim yulduzlarga qarab, uning ajoyibligini va Allohning qudratini fikr qilib:


Parvardigoro, bu (borliqni) behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan. O‘zing bizni jahannam azobidan asragil, degan oyatni o‘qisa, unga osmondagi yulduzlar sanog‘icha yaxshilik yoziladi”.


Omir ibn Qaysning bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Oxiratda odamlarning ko‘proq xursand bo‘lishlari, ularning dunyoda xafachilikni uzun qilganlari sabablidir. Oxiratda ko‘p kuluvchilar odamlar dunyoda ko‘p yig‘laganlardir. Odamlarning qiyomat kunida iymon jihatidan ixlosmandlari dunyoda ko‘proq tafakkur qilganlaridir”.


920. Abu Dardo (r.a.) aytadilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Insonlar orasida shundaylari borki, ular yaxshilikka kalit, yomonlik uchun qulfdirlar. Shu tufayli ularga ajr yoziladi. Insonlardan yana ba’zilari borki, ular yomonlikka kalit, yaxshilikka qulfdirlar. Shu tufayli ularga gunoh yoziladi. Yaxshilik uchun kalit bo‘lgan va yomonlik uchun qulf bo‘lgan kishilar qanday ham yaxshi. Bir soatlik tafakkur men uchun bir kechalik ibodatdan yaxshidir”.


921. A’mash Amr ibn Murradan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) tafakkur qilayotgan qavmning oldidan o‘tayotib, ularga: “Yaratilgan narsalar haqida fikr qilinglar. Yaratuvchi haqida fikr qilmanglar”, dedilar”.


922. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Shayton birontangizga kelib: “Osmonni kim yaratdi?” deb so‘raydi. U: “Alloh taolo”, deydi. “Yerni kim yaratdi?” deb so‘raydi keyin. Yana: “Alloh taolo”, deydi. “Allohni kim yaratdi?” deydi keyin. Agar birortalaringiz o‘sha narsani sezsa, Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirdim, desin”.


923. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilar: “Bir soat fikrlash bir yillik ibodatdan afzaldir”.


Faqih aytadilar: “Agar inson fikrlash fazilatiga yetishni xohlasa, besh narsa to‘g‘risida fikr qilsin:


1) Allohning mo‘’jiza va alomatlari to‘g‘risida;
2) Allohning botiniy va zohiriy ne’matlari to‘g‘risida;
3) Uning savobi to‘g‘risida;
4) Uning azobi to‘g‘risida;
5) Uning yaxshiligi va o‘zining jafosi to‘g‘risida.

Alloh taoloning mo‘’jiza va alomatlarini tafakkur qilish Alloh taoloning qudratiga qarashdir. Alloh taolo osmonni va yerni qanday yaratganiga, quyoshni sharqdan chiqarib, g‘arbga botirayotganiga, kecha-kunduzni almashadigan qilib qo‘yganiga va o‘zining xilqatiga nazar qilishdir. Alloh taolo aytadi:


(Ey mo‘minlar,) yerda (undagi tog‘u toshlar va vodiy dalalarda, dengizlar va



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə