Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Obilmirob inisidan eshitib, hayron bo‘lib tursam, o‘zimizga qarashlik yana bir kishi: 
«Vay, hojim, uch to‘rt kun bo‘lsa ham, bu yerdan boshqaroq joyga yo‘tkalmasak 
bo‘lmaydi», deb maslahat ko‘rsatib, shu damdayoq meni yashirin yo‘l bilan 10 
chaqirimcha qumliq ichidagi birovning qo‘rg‘oniga eltib qo‘ydi. Soq bo‘l bek bo‘l bilan 
kechani shu yerda o‘tkazib, ortiq turishga imkoniyat bo‘lmagach, ertasigayoq qaytib 
mozorga keldim. Qarasam, ishlar boshqacha bo‘lib, har xil so‘zlar ko‘payganini sezdim. 
Shu kechalab Obilmirob oilasiga ko‘ngil aytgani va ham ulardan o‘z to‘g‘rimda maslahat 
so‘ragani borib edim, ko‘rishgan do‘st kishilar bu yerdan tezroq ketishimga maslahat 
berdilar. Shuning uchun Obilmirobning qaynisi bilan bu joyga kelganimizdan beri 
oshnoligimiz bor edi, bu voqeani anglab, ahvol so‘ragani kelgan ekan, bu kishi mening 
hijolatimni ko‘rib: «Domlahojim, ko‘p xafa bo‘lmang, shu kechadan qoldirmay sizni 
Kucharga yetkazib, o‘z uyimda saqlayman. Bu ishlar biroz jimiqqandan keyin maslahat 
bilan siz aytgan joyga yetkazib qo‘yishga ham yaraymiz», degan so‘z qilib edi, 
anchagina ko‘nglim ko‘tarildi. 
Shu kecha va’dalashgan joyga mirobning o‘gay o‘g‘li boyagi maqtovlik xachir 
qo‘shgan mapani (Xitoy aravasini) keltirgach, cho‘ng yo‘lni qoldirib, cho‘l bilan to‘xtovsiz 
yurib tong otar vaqtida manzil joyimizga yetib keldik. Yo‘l bilan, kishilarning aytishicha, 
100 chaqirimcha yurgan o‘xshaymiz. Ichkari Xitoydan mapa bilan bir kunda 100 
chaqirimdan ortiq yo‘l yuradigan 10 yombulik asl xachirlar borligini eshitgan edim, shu 
safarimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yo‘l yurganda g‘amza bilan raqsga tushganday 
quloqlarini o‘ynatib, oyoq bosgani bilinmay yelkan kema ketgandek, qamchi ursa 
uchgandek, bechora mirob bunga 10 ot emas, har qancha baho qo‘ysa ham arzir ekan 
deb, Xdndiston safari yodimga tushgach, afsuslanib ko‘nglim buzilmish edi. 
Kechagina birga yurgan jon yo‘ldoshimizni o‘g‘riga oldirib, uzun safarga atalgan 10 
otliq ulog‘ini men minib, qochgan joyimga qaytishim qaysi baloni mening boshimga 
keltirur ekan, degan qayg‘ulik o‘y bilan belgilangan uyga kirib o‘ltirdim. U yoq bu yoq 
ko‘cha ko‘yga chiqishni qo‘yib, chilla o‘ltirgan kishilardek, toat ibodatga kirishgani 
turdim. 
Mozorda turgan kunlarimda asli ko‘na (eski) turponlik, Koshg‘ar madrasalarida 
o‘qigan, o‘ziga yarasha ilmi bor, xalq og‘zida «qozioxun» atalmish Mullaniyoz nomli bir 
kishi mendan dars o‘qib yurgan edi. Mozor mahalla odamlari bu voqea bo‘lib bizdan 
ajraganlari uchun qayg‘urishib, xafalangan ekanlar. Biz ketib 10 kuncha o‘tgandan keyin 
har qandoq bo‘lsa ham yo‘qlab kelishimiz kerak deb, qirq ellik so‘m pul bilan qozn 
oxunni bizga yuboribdilar. Biz bilan ko‘rishib borgandan so‘ng qarasa, hukumat 
tomonidan ortiga tushgan kishi bo‘lishi kerak: «Qayoqqa bording, pul bergan olgan 
kishilarni ko‘rsat, u bilan kimlar aloqa qilgan?», deb oxunim bechorani qattiq qiynab 
so‘roq qilgan ekan, qiynovga chidayolmoy jon achchig‘ida hamma so‘zni ortig‘i bilan 
aytib beribdi. So‘ngra Go‘nangjuza xitoy jallodlari mozor mahallaga kelib, biz bilan aloqa 
bog‘lagan kishilarni qiyin qistovga olib: «Qani, u odamni topinglar?» deb siyosat qilsa, 
ko‘rqishib turgan qishloq xalqi: «Shu kishi bo‘ladi», deb qozini ko‘rsatibdilar. 
Bu voqeadan xabarim yo‘q, qozi kelib biror hafta o‘tgandan so‘ng, qo‘shxonamda 
yolg‘iz qolib zerikkanimdan, bizga yaqin mahallada ko‘p yillardan beri turg‘un bo‘lib 
qolgan bir andijonlik kishi bor ekan, uni ko‘rishga xumor bo‘lib, bog‘iga bordim. U ham 
o‘z yurtligini sog‘ingan bo‘lishi kerak, akauka topishgandek quchoqlashib muhabbat bilan 
ko‘rishdik. Yana o‘z og‘aynilarimizdan g‘uljalik Tursunboy men bilan ko‘rishib G’uljaga 
qaytmoqchi ekan, u ham kelib biz bilan o‘ltirdi. Mana shu orada o‘zaro g‘imir shivir 
bo‘lib, qulog‘imga sovuqroq so‘z eshitilib qolgach, hadik olib tashqariga chiqdim. Ikki 
yosh bola oldimga yugurganicha kelib: «Sizni izlashib yuribdilar, Go‘nangjuza kishilari 
qo‘shxonangizga kirib ketdi», deb xabar berishib qoldi. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə