Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
Bir kuni bobomiz otamiz Asilxonto‘rani o‘z oldilariga chaqirib, shunday deydilar: 
«O’g‘lim, mening yoshim 90 ga yaqinlashmoqda. Biz pishib yetishgan olma misoli, 
Tangrim chaqirsayoq uzilib tushamiz. Senga ko‘pdan beri aytadigan vasiyatim bor edi. 
Alloh menga uzoq, sermazmun umr berdi. Hayotimning ongli qismini dinim, Vatnim, 
xalqim rivoji yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlab o‘tkazdim. Bu yo‘lda faqat da’vat qilmay, 
qo‘lga qurol olib, jon berib, jon olib xalqimiz ozodligi va musta-qilligi uchun kurashdik. 
Ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur hazratlarining «Temur tuzuklari»ni o‘z 
merosxo‘rlari kelajak bo‘g‘inlarimizga asliday kilib qaytardim. Inshoalloh, bu kitob 
qisman bo‘lsa ham nashr qilinib, ko‘pchilik xalqimizga yetib bordi va ular onggida kimlar 
naslidan ekanligini bildirib, shonli sharafli Vatanining haqiqiy tarixidan bir lavha bo‘lib 
xizmat qiladi. Parvardigorim yordami ila payg‘ambarimiz hazrat Muhammad Mustafo 
sallallohu alayhi vasallamning tarix va tavsiflarini yozib yakunladim. 
Shu bilan birga o‘z Vatanlarida turib g‘arib bo‘lgan xalqimiz uchun, Vatan ustida 
bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham buning kelajakdagi natijalarini ko‘rsatib, 
kelajak Vatan bolalari uchun tarixiy bir asar yozib otini «Turkiston qayg‘usi» qo‘ydim. Bu 
kitobda mening Vatanimiz o‘tmishi, hozirgi kunlar va kelajagimiz to‘g‘risida ko‘p yillar 
davomida qattiq o‘ylagan o‘ylarim, tashvish va umidlarim o‘z aksini topgan. Aqldan 
tashqari, buzuq maslakli, mustabid, zamonamiz tuzumi, albatta, yemirilajak, o‘rniga 
tiklanadigan davlatchiligimiz tarix saboqlaridan ibrat olib to‘g‘ri yo‘lni tanlashi uchun bu 
asar yordam xizmatini o‘taydi degan umiddaman. Shuning uchun senga aytadigan 
vasiyatim: 
1.
Farzandlarim ichida hozir kattasi bo‘lganing uchun hammani birlashtirib birinchi 
navbatda «Tarixi Muhammadiy» kitobini nashr qilish ilojini qilgil. Hozirgi kunda bu kitob 
xalqimiz uchun baliqqa suv o‘rnida bo‘lishi menga ko‘pdan beri seziladi. 
2.
Og‘ir sharoitda, yoshirin holatda yozilgan «Turkiston qayg‘usi» kitobim oxiriga 
yetmay qoldi. Sharqiy Turkistonda 1941 1946 yillar davomida bo‘lib o‘tgan ulug‘ tarixiy 
voqealarga o‘zim boshchilik qilib emgakim singgan, ko‘zim ko‘rgan bo‘lsa ham, 
ukangning o‘limidan keyin bu ish men uchun endi og‘irlik qildi. Qayg‘uli o‘y fikrlarim, 
Vatanimiz o‘tmishi va kadriyatlarimiz, uzoq yillardan beri qullikda yashayotganimiz 
sabablari, qullik asoratidan qutulish uchun kelajak bo‘g‘inlarimiz nimalar qilmoqlari 
kerakligi, mustaqil davlatchiligimiz kurilganda nimalarga etibor berishimiz zarurligi 
bularning bari kitobimda o‘z o‘rnini topdi. Bu asarim kelajakda Vatanim O’zbekistonda va 
boshqa ko‘p tillarda chop etilishiga ishonaman. Birinchi navbatda Turkiston elining yoziq 
sir farzandlari qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur tillarida nashr qilinishiga umid qilaman, chunki 
ularning tarixiga taalluqli ko‘p ma’lumotlar bordir. Shu bilan birga men ishtirok etgan 
tarixiy voqealarni kelajakda yozuvchilar, tahlil etuvchilar ko‘p bo‘ladi. Bu tarix hech 
qachon ko‘milib ketmaydi. Sen shularning birinchilaridan bo‘lgin, chunki u tarixiy 
voqealarning tirik ishtirokchisidursan. O’tgan hodisalarda bo‘lgan voqealarni hech yoqqa 
burmasdan, bo‘lganicha to‘g‘ri yozishni senga topshiraman. Sen bu vazifani, albatta, 
bajara olasan. Ko‘pdan beri yozish qobiliyati senda borligini sezaman». 
Bu suhbat ota bola o‘rtasida 1974 yili oktyabr oyla-rida bo‘lib o‘tadi. Suhbat 
mazmunini biz otamizdan ko‘p marta eshitganmiz. U kishi ilgaridan o‘tmish xotiralarini 
qog‘ozlarga qisman tushirib yurishlarini bilar edim. 1976 yili 29 fevralda bobomiz 
Alixonto‘ra Sog‘uniy bu foniy dunyoni tark etdilar. Qayg‘uli, alamli, turg‘un yillar uzoq 
vaqt davom etdi. 
Oxiri bobomiz intiqib, orziqib kutgan, 30 yillar oldin, ya’ni sovet mustabid tuzumi 
kuch-qudratga ayni to‘lgan davrda bashorat qilib aytgan totalitar qizil imperiya inqirozi 
yuz berdi va bizning Vatanimiz o‘z Istiqlolini qo‘lga kiritdi. Buning sharofati ila 
bobomizning ilmiy meroslari tartibga solinib, birin ketin bahola qudrat nashr qilinib 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə