Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
tushgach: «U nima?» deb so‘raydilar. Ma’lumot topgandan so‘ngra: «Buni biz oq 
podshohning muzeyiga yuboramiz», deb olib chiqib ketgan ekanlar. Shunday qilib, 
boshqa narsalarimizdan ajralganimizday, bundan ham ajrab qolganmiz. Yo‘q esa, 
toshning bosh oyog‘igacha bo‘sh o‘rin qoldirmay, anchagina tarixiy so‘zlar yozilmish edi. 
Har holda, boshi Issiqko‘l, oyog‘i Merki, yetti-sakkiz kunlik yo‘l bo‘ylab tutashgan 
harobalar, uzun yillardan beri bulardan chiqayotgan eskilik tarixiy asarlar, o‘z davrida bu 
yerlar madaniy o‘troq o‘g‘uz turklarining obodon shaharlari bo‘lganligini isbotlaydi. 1960 
yillargacha sovet hukumatining eskilik izlovchi qazuvchilari ko‘p narsalar topgan, 
jumladan, Oqpeshin harobasidan bir xum to‘la kitob, yana Burona atrofida bir quduq 
ichidan islomdan ilgari eng eski turkiy xati bilan yozilgan bir kitob va ham bir necha 
tarixiy asarlar topganlarini shu yerlik ko‘rgan kishilar bizga so‘zladilar. 1965 yili 
To‘qmoqqa borganimda o‘tganlarni eskarib ruhiga duo qilish uchun Bolosog‘un 
harobasiga chiqdim. Yerlik kishilarning aytishlaricha, shu yili kolxozchilar yer haydab 
yurganlarida bir xum oltin topmish ekanlar, o‘zaro kelisholmasdan, barini hukumat olib 
o‘zlari quruq qolibdilar. Yana, To‘qmoq bozorining qarshisida, Chuy suvining u tomoni 
Sho‘rtepada, Gurxon qoraxitoydan qolgan bir sapil (tuproq qo‘rgon, qal’a) bordir. 
Ikkinchisi, bundan kun botish tarafiga qirq chaqirimcha tubanroq, cho‘ngligi (kattaligi)
unga necha barobar kelgudek yana bir sapil bo‘lib, o‘z vaqtida shahar qo‘rg‘oni ekanligi 
ochiq ko‘rinib turadi. Manimcha, bosqinchi Gurxondan qolgan yerlik asarlardan Ediqut 
o‘lkasida shu ikki sapil harobalaridan boshqa biror narsa qolganligi ma’lum emas. Biroq 
o‘zlari bilmasalar ham, shu kunga davr xalq og‘zida ikki og‘iz xitoy so‘zi birisi domla, 
ikkinchisi shiypong saqlanib qolmishdir. Avvalgisi cho‘ng mulla, keyingisi ziyofat uyi 
demakdir. 
Shu kunlarda bu o‘lkaning janubiy tomonida qirg‘iz, shimoliy tomonida qozoq turklari 
yashaydilar. «Tarix al-Komil»da qirg‘iz turklari arabcha tag‘arg‘ar atalmishdir. Bu 
kitobning aytishicha, islomdan taxminan bir ikki yuz yilgina keyin shimoldagi mo‘g‘ul va 
buryat kabi kuchlik turk urug‘larining chopullariga (hujumlariga)
chidayolmay qirg‘izlar 
janub tomonga chekinib, Ediqut o‘lkasi Bolosog‘un tog‘lariga tarqalmish edilar. So‘nggi 
kunlarda ularning urug‘lari o‘sib, sonlari ko‘paygach, ko‘chmanchilik odati qo‘zg‘alib, 
shimoldan quvg‘in yeb kelganlari esidan chiqib, o‘troq va zamonasiga ko‘ra madaniy 
hisoblangan o‘g‘uz turklari ustiga ko‘z ochirmay chopul qilgali turdilar. Kuchlik qurolga 
ega bo‘lmagan shahar xalqi urush maydonlarida har vaqt dala ko‘chmanchilaridan 
yengilishlari odat hukmini olmishdur. Buning sabablari har kimga tushunarlik 
bo‘lganlikdan, yozib o‘tirishni loyiq ko‘rmadim. Shuning uchun Bolosog‘un xalqi o‘zlarini 
qirg‘izlardan mudofaa qilolmay yangidan otog‘i el ichida tarqalayotgan Olmalig‘dagi 
qoraxitoy Gurxonga tobun (fuqarosi, tobe) bo‘lishib, uni chaqirishga majbur bo‘ldilar. 
Xitoy xalqidan adolat uzulmaydi degan xalq og‘zidagi yolg‘on dovruqqa aldanishgan 
Bolosog‘un xalqi bo‘ridan qochib, qassobga yo‘liqqan qo‘y kabi bo‘lmish edilar. Chunki 
qirg‘izlar qanday bo‘lsa ham o‘z qarindoshlari edi, bular bilan yarash choralarini 
izlashning o‘rniga, boshqa bir yot millatni chaqirishlari o‘z Vatanlariga xiyonat qilmoq 
demakdir. Bunday yanglish siyosatlar natijasida o‘z hokimiyatlaridan ajrab, qullik 
zanjiriga giriftor bo‘lgan xalqlar tarihda ko‘plab uchraydi. 
Mo‘g‘ulcha Moqul bolig‘ atalgan Bolosog‘un shahri to‘g‘rilik bu kungacha men ko‘rgan 
tarixlarning hech birida biror og‘iz so‘z bo‘lsa ham uchratolmadim. Turk beshigi atalgan 
bu o‘lka uyg‘ur o‘g‘uz elini o‘z quchog‘ida saklab butun dunyoga tanitgan edi. Shunday 
qutlug‘ ona Vatanimizni, jaholat orqali o‘z bolalari yotlarga bostirib, uning shonlik 
sharafini eslaridan butunlay chiqargan edilar. Yuzlarcha emas, minglarcha yil o‘tgan 
so‘nggida bo‘lsa ham, men uning eng kenja o‘g‘loni bo‘lganligimdan, o‘z ulusi tomonidan 
butunlay unutilgan onamizni eskardim. Uzundan beri ko‘nglimda yig‘ilib yotgan bu 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə