Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
sahifalariga dahshatli zulm xatlarini yozmish tarixchilar, bu kabi fojialarni hech qachon 
unutmaydilar. Xalq ko‘zini qo‘rqitib, ularga dahshat solish uchun, bir tomondan, otish 
chopish boshlangan bo‘lsa, ikkinchi yoqdan, o‘t qo‘yib, butun shahar bozor rastalarini 
kuydirmish edilar. Bu voqeadan besh olti yil keyin Xo‘qandga borganimizda buzilib 
vayron talqoni chiqqan ko‘p imoratlarni, kuydirilgan bozor rastalari o‘rnida to‘dalanib 
yotgan hisobsiz kultepalarni ko‘zimiz ko‘rdi. 
Mana shu Ho‘qand (Turkiston) muxtoriyat hukumati a’zosi Og‘aev, yuqorida 
aytganimizdek, polyak musulmonlaridan edi. Chor hukumati yiqilgan so‘nggida Polsha 
boshliq butun Boltiqbo‘yi millatlari o‘z huquqlariga ega bo‘lib, muxtoriyat olmish edilar. 
Bunga tushunib haq talab qiluvchi va ham bu ishni boshqaruvchi bizning o‘lkamizda 
kishilar kamligini bilgan musulmon ziyolilarining.diniy hislari qo‘zg‘alib, Turkistonda 
qardoshlarining birinchi martaba yangidan qurilayotgan yosh davlatlariga yordam 
yetkazish uchun u kishini yubormish edilar. O’zi yurist bo‘lib, chor hukumatiga qarshi 
musulmon polyaklarining milliy inqilobchilaridan edi. Ho‘qandga kelishi bilanoq oz ko‘p 
tushungan kishilar buni takdirlab, yangi qurilayotgan milliy muxtoriyat hukumati 
raisining o‘rinbosari saylamish edilar. 
Bu kishi butun ishlarni tartibga solib endigina ishga kirishayotgan chog‘ida, balo 
qazodek kelib bolsheviklar bosdilar. Qochishga ulgurgan kishilar qutulgan bo‘lsa ham, 
ulgurolmagan a’zolardan qo‘lga tushgan baxtsizlar ham oz emas edi. Ana shu biz 
baxtsizlarga yordam berish uchun oilasi, Vatani, balki butun baxti taxtidan kechib kelgan 
polshalik din qardoshimiz yerlik baxtsizlar qatorida qo‘lga tushib, biz uchun qurbon 
bo‘ldi. 
Eshitishimcha, bularning vahshiylik maslagidan xabari yo‘q bo‘lishi kerak. «Butun 
dunyo bo‘ylab har yerdagi insonlar o‘z huquqlariga erishayotgan XX asr davrida o‘tgan 
vahshiylarcha otish chopish bilangina ish olib bormasalar kerak, bular bilan ko‘rishib 
so‘zlashaylikchi, maqsadlari nimadur? Uni bilaylik», deb yuristlik qilib, huquqshunoslik 
yo‘li bilan bu yirtqichlarga so‘z o‘tkazmoqchi bo‘lib, qo‘lga tushmishdir. Yo‘q esa, boshqa 
jon qutqazgan «botir»lar kabi fursatdan foydalansa, qochib qutulishi mumkin edi. 
Bu qahramon qo‘lga olingandan so‘ngra shundayin xorlik, zulm ostida turishdan 
o‘limni ortiq ko‘rib, ochlik bildirmishki, bu kabi eng so‘nggi dahshatlik choradan insoniyat 
olamida foyda berishi kutilur edi. Bular oldida e’tiborsiz bo‘lganlikdan o‘n besh kunlab 
och qoldirilmishdur. Aqli ozib, o‘lar holga kelganda boshqa yoqqa olib ketganlar. Undan 
keyingi taqdiri bizga noma’lumdir. Insonlar huquqi himoyasi uchun qurbon bo‘lib, 
shundayin olijanoblik ko‘rsatgan bu qardoshimizga butun insoniyat tomonidan yolqinlik 
ko‘nglimdan chiqargan tashakkurimni bildirgan so‘nggida, uning muqaddas ruhiga 
abadiy rahmatlarimni yo‘llayman. Bu kabi insoniyat qahramoni, haqlik qurboni bo‘lmish 
kishining xizmati ko‘milib ketmasligi uchun, vijdonim talabicha bu o‘rinda oz bo‘lsa ham 
yozib qoldirishni burchim deb bildim. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Endi shuni bilmak kerakkim, Kur’onning hukmiga, 
Rasulullohning yo‘liga yaxshi tushunmay dinga xiyonat qilgan, o‘z Vatanini boshqalar 
tasarrufiga qoldirib, ikki dunyosidan ajrab xorlik bilan yashagan yolgon musulmonlardan 
ilm, fan, madaniyatni o‘zlashtirib, butun huquqlariga ega bo‘lgan kofirlar, albatta, 
ortiqdur. 
Butun Uyg‘uristonni qoplagan shu o‘xshash ongsizlik ofatini ko‘rgach, u yerdan 
umidim uzilib, nochor, yangidan o‘t olayotgan fitna o‘chog‘i ichidagi o‘z yurtim 
To‘qmoqqa qaytib keldim. Qarasam soyasidan qo‘rqqan quyondek har yerda qochib pisib 
yurib kun ko‘rayotgan haqsiz kishilar ham oz emas ekanlar. Shular qatorida men ham 
shahardan chetroq Sho‘rtepa degan tungonlar qishlog‘ida turib, dehqonchilik bilan kun 
kechirmoqchi bo‘ldim. Marhum otamiz nasihatlaricha imom bo‘lishdan saqlanib, bir ikki 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə