Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc


VATAN AHLLARIGA DEGANLARIM



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
VATAN AHLLARIGA DEGANLARIM 
Tarixning aytishicha, shu Vatanimiz O’zbekiston o‘lkasini sharqdan, shimoldan chiqqan 
balo sellari qoplab, necha martaba harob qilinganligi ma’lumdir. Shuning uchun bizning 
ilgari porloq madaniyatimiz vayronlikka uchrab, nasllarimiz ham tabiiy o‘sishdan 
to‘xtalganligi ko‘z oldimizda turadi. Chunki bizga chegaradosh Xitoy xalqi so‘nggi hisob 
bo‘yicha yetti yuz millionga yetgan holda biz Turkiston xalqi bularga zamondosh bo‘lsak 
ham, nega bularning yuzdan biricha bo‘lib, shu kunga dovur o‘n millionga yeta olmadik? 
Buning sabablarini har yoqlama tekshirib ko‘rilganda turlicha bo‘lib chiqishi ko‘ngilga 
keladi. 
Lekin o‘tgan ulug faylasuflarning aytishlaricha hamda tarixiy tajribalarning 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
ko‘rsatishicha, qaysi bir millat o‘z milliy davlatidan ajrab, uning hukumati yo‘qolar ekan, 
hukumat egasi bo‘lgan kelgindilar hisobiga yil sayin nasllari ozayib borib, eng so‘nggida 
butunlay yutilib ketishi tajribada ko‘rilmishdur. O’z hokimiyatidan ajradi demak inqirozga 
yuz tutdi demakdir. Shu sabablik dunyodagi onglik, madaniy millatlar o‘z hokimiyatlarini 
saqlash uchun necha millionlab qurbon berishga tayyordirlar. Holbuki, har bir millatga 
Iymon islomini saqlash Kur’on hukmicha qanday farz bo‘lsa, shu o‘xshash o‘zligini va o‘z 
millatini saqlash undan ham farzroqdir. Chunki payg‘ambarimiz sallallohu alayhi 
vasallam qaysi bir kishi o‘z otasini tashlab, boshqa birovning bolasiman desa yoki bir 
millat tili, dini, rasm odati boshqacha ikkinchi bir millatga yutilsa, mana shunday ishga 
norozilik bildirib, ularga la’nat o‘qidilar. Milliy hissini yo‘qotib, o‘z millatidan ajrash 
Qur’on hukmi bo‘yicha haromdir. 
Yer usti uchmohi (jannati) bo‘lgudek, jannat kabi noz ne’matlik, yaylovlari ko‘p, oqar 
suvlari mo‘l, bog bo‘stonlik go‘zal Vatanimiz O’zbekiston o‘lkasi atrofimizdagi ochko‘z 
ganimlar tomonidan har vaqt hujum ostida bo‘lib turganligi mashhur tarix kitoblarida 
yozilmishdir. Xozirgi kunimizdan 780 yillarcha avval dunyoga dahshat solgan o‘rta asr 
yirtqichlari, quyundek qoplagan Chingiz askarining birinchi zarbasi biz Turkiston 
ulusining ustiga tushgan edi. Yer yuzi insonlari uchun yaxshilik kutilgan yigirmanchi 
asrda chiqqan bolsheviklarning birinchi navbatdagi ogir zarbalariga yana biz Turkiston 
musulmonlari uchradik. Chunki, yuqorida aytilganicha, bu madaniyat davrining totliq 
yemishlaridan foydalanib, dunyo insonlari o‘z huquqlariga butunlay ega bo‘ldilar. Va ham 
bu orqalik ilm, madaniyat, hunar-sanoat yer yuziga tarqalib, Afrika cho‘llarigacha kira 
boshladi. Bizlardan boshqa har yerdagi ozu ko‘p millatlar esa Vatan bosqinchila-ridan 
qutulib, o‘z erklik milliy hukumatlarini qurib oldilar. 
Biz bo‘lsak, haqiqatda bol’sheviklar hukumati qurilgan kundan boshlab yolgiz milliy, 
diniy, vataniy haqlarimiz emas, balki insoniy huquqlarimizdan ham butunlay ajragan 
so‘nggida erksiz hayvonlar qatorida ishlamoqqa majbur bo‘ldik. Bir millatning o‘z^ 
huquqlari butunlay o‘z qo‘liga topshirilmagach, O’zbekiston oti qogoz ustida yozilishi 
bilan yoki boshqalarning yukini ko‘targan, aravasini tortgan eshak otlardek birmuncha 
o‘zbek nomidagi vijdonsiz, quruq haykallarni o‘z maqsadlarini qo‘lga keltirish uchun 
o‘rindiq ustiga o‘ltirgizib qo‘yish bilan u millat qanday ozodlikka chiqdik deya oladi? 
Balki, bunday millatlar shu kabi xiyonat pardalari ostida butun hissiyotlaridan ajragan 
holda yem bo‘lib yutilib, oxiri inqiroz chuquriga yuztuban yiqilib halok bo‘lishlari 
shubhasizdir. 
O’tmishdagi O’zbekiston o‘lkasida ming yillar davom etgan mustaqil davlatimizdan 
1865 yili chor Rusiyasining bosqinchiligi natijasida ajragan bo‘lsak ham, boshqa 
ishlarimiz o‘z qo‘limizda edi. Buning ustiga Buxoro, Xiva hukumatlari 1920 yil 
o‘rtalarigacha saqlanib qolmish edilar. Butun sharoit qo‘llarida bo‘laturib, ongsizlik ofati
siyosat ko‘rligidan yuzlarcha yillab kutilmoqda bo‘lgan bu kabi qulay fursatni bekorga 
qo‘ldan chiqardilar. Yo‘q esa bu ikki o‘lka birlashib, uning ustiga xalq boyligi va yer 
boyligi qo‘shilar ekan, Vatanimiz Turkistonda milliy va madaniy kuchlik bir davlat qurish 
qobusi kelmish edi. Biroq baxtimizga qarshi bizda mudofaa quvvati yo‘qligidan o‘z 
yerimizda garib bo‘lib, o‘z merosimizga ega bo‘lolmadik. 
Endi bu o‘rindagi mudofaa quvvati nimadan iborat ekanligini o‘quvchilarga bildirib 
o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Bosqinchilarga qarshi qo‘yilgan mudofaa quvvati ersa shu hozirgi 
zamonaviy ilmfan, qurol jabduqqa ega bo‘lishdan boshqa narsa emasdir. Yalinib yolvorib 
bulardan shafqat marhamat tilamak shaytondan insof-tavfiq umid etmak kabidir. 
Shunga ko‘ra, Vatan bolalari oldimizdagi kelajak kunlarni eskarib, zamonaviy ilm 
o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros o‘z Vatanlarini egallash uchun 
mudofaa quvvati tayyorlashga tish tirnoqlari bilan yopishsinlar. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə