Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
yil o‘z ishim bilan shu yerda kuymanib yurdim. Lekin bu o‘lkada qora savodlik yoki 
savodsiz masjid imomlari bo‘lsa ham, dinga asosi bilan tushungan olimlardan birortasi 
ham yo‘q edi. Buning ustiga bolshevik hukumati dinsizlik asosiga qurilganlikdan 
xudosizlar jamiyati tomonidan har joyda dinga qarshi tashviqot tarqalib, dindorlarga 
hujum boshladilar. 
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytishlaricha, bunday vaqtda olimning 
sukut qilib qarab turishi o‘z diniga xiyonat qilishi demakdir. Bundan saqlanish uchun 
marhum otamizning «Imom bo‘la ko‘rma», degan vasiyatlariga qaramay, xalq talabini 
qabul qilib, To‘qmoq shahri katta masjidiga imom bo‘ldim. Shu birinchi jum’adayoq 
minbar ustidan oz deganda bir ming kishiga qarata aqliy naqliy dalillar keltirib, 
dinsizlikka qarshi o‘tkir bir va’z so‘zladim. Masjid xalqi bundan ta’sirlangach, dillari erib, 
ko‘zlari yoshlandi. Har joyda «oh voh» tovushlari ko‘tarilib, yig‘i sig‘i boshlangani turdi. 
Albatta, bunday ulug‘ diniy jamiyat majlislarida u vaqtning rahmsiz jallodlari uch harflik 
GPU kuydurgi josuslaridan so‘z tinglovchi bir necha kishilar borlig‘i ma’lum edi. Shunday 
bo‘lsa ham biror tomondan bu ishga ochiq ravishda to‘sqinlik ko‘rilmagach, diniy ruh 
qizg‘inligi bilan o‘z ishimda davom etib turdim. 
Shu orada 1922 yillar Otboshi Norin qozoq ruslari (kazaklar) tomonidan Bonduruf 
(aniqrog‘i Bondaryov)
2
qo‘l ostida qattiq bir qo‘zg‘olon ko‘tarilmish edi. Darhol bularga 
qarshi otlansa otasini ayamaydigan qora turkmanlardan bir bo‘luk (polk) qurollik askar 
keltirildi. Yordam olg‘udek tayanchilari bo‘lmagan qo‘zg‘olonchilar bularga qarshi 
turisholmay, Koshg‘ar tomonga chekinishib qochdilar. Bularning kasofatiga To‘qmoq, 
Pishpekdagi boy savdogar va xalq ichida ko‘zga ko‘rinarlik sakson necha kishini bir 
kechada bosib, tekshirish surishtirish yo‘q, shu kechaning o‘zidayoq qo‘llarini sim bilan 
orqalariga bog‘lagan holda shahar tashqarisidagi Qorayog‘chilik bog‘iga olib borib otdilar. 
Bu gunohsiz mazlumlarni o‘ldirish uchun qazilgan chuqur chetiga keltirilgach, otib chopib 
tashlay berganliqdan ko‘plari chalajon edi. Shu yerlik ko‘rgan kishilar aytishlaricha, 
bularning ustilariga jonlari chiqmay turib tortilgan tuproq usti uch kungacha to‘xtovsiz 
lo‘millab (lo‘mbillab, ko‘tarilib-tushib) yotmishdir. Bu kabi yuraklar titrab, jonlar 
achinarlik, so‘zlashga til seskanib, yozishga qalam jirkanarlik bu madaniy yirtqichlarning 
qilgan vahshiyliklarini yozib qoldirishga majburmiz. Chunki tarixda ko‘rilgan ishlarning 
yaxshi yomoni demay, ko‘rgan bilgan narsalarning barini qoldirmay qalamga olish 
tarixchi ustiga yuklangan muqaddas vazifa hisoblanadi. Bu esa dinsiz dahriylar 
hokimiyatining boshlang‘ich davrlariga xirmondan bir hovuch, dengizdan bir cho‘mich 
kabi ko‘rsatgichdir. Bundan maqsad quruq so‘z dostoni so‘qib (so‘zlab, aytib, yozib), 
hikoya-voqea to‘plami yozish emas, balki asl maqsad kelgusi Vatan bolalarimiz bundan 
ibrat olib, endi kelajakda qanday yashamoq kerak ekanligini bilishlaridur. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə