Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
bir og‘iz so‘zni amalga oshirish bu yokda tursin, og‘zidan chiqar chiqmas javobga tortilib, 
jallodlar qo‘lida yo‘qotilgan kishilar hisobsizdirlar. 
Shunday qilib meni qamashdan bularning maqsadlari qo‘rqitib boshqalar kabi 
majburiy xizmat topshirish edi, chunki u davrda xalq ko‘ziga ko‘rinarli obro‘ylik kishilar 
haqida shunday siyosat qo‘llab ikki yoqlama foydalanmoqchi bo‘lishardi. Ular deganlarini 
qildirib, qilmaganlar uchun belgilangan og‘ir jazolarni amalga oshirar edilar. Shunday 
bo‘lsa ham mehribon Tangri yordami bilan bir oy to‘lmay turib, turmadan bo‘shanib 
chiqishim bilan ular o‘ylaganlari-dek o‘z ishimni yumshatib, orqaga chekinish o‘rniga 
yana ham qattiqroq kirishdim. Shunga ko‘ra dunyoni bosayotgan balo seliga to‘qnashib, 
30 yillargacha dinsizlikka qarshi har vaqt tashviqot yurgizib keldim. Tajribasizlik natijasi 
bo‘lsa kerak, o‘z ko‘nglimda «hech bir musulmon dunyolik shaxsiy foydasi uchun 
oxiratini buzib o‘z diniga xiyonat qilmaydi», deb o‘ylar ekanman. Keyin ma’lum bo‘ldiki, 
bunday odamlar millat ichida qo‘l bilan sanalg‘udek topilishiga ham ishonolmay qoldim. 
Hozirgi madaniyat olamida millatning o‘z xuquqini saqlash sharafi uning qurol 
kuchigagina boglanmishdir. Shuning uchun to‘liq mudofaa kuchiga ega bo‘lmagan 
millatlar insoniy huquqlaridan butunlay ajrab, hayvonlar qatorida xo‘rlik bilan 
yashamoqqa majburdirlar. Ayniqsa dinsizlik olamining markazi hisoblangan bir davlatga 
chegaradosh bo‘lgan millat, o‘z huquqiga ega bo‘lishi uchun ham moddiy, ham ma’naviy 
kuch quvvatini, ya’ni zamonaviy qurol, zamonaviy ilmni qo‘lga keltirishidan boshqa 
chorasi yo‘qdir. 
Endi bu o‘rinda shu kungi Ovrupo madaniyati ustida to‘xtalib, Vatan bolalariga bu 
haqda eng muhim tushunchalar berib o‘tamiz. Shuni bilishlari kerakki, madaniyat demak 
nimadan iborat bo‘lib, qanday bo‘lishi kerak. Mana bu so‘zning haqiqati bilan javobiga 
kim tushunar ekan, asl tuzuk madaniyatni ziyondosh, buzuq madaniyatdan ajrata oladi. 
Agar madaniyat deb ko‘rinishda obodon, haqiqatda harob, shu dinsizlar, odob-
axloqsizlar madaniyatini aytadigan bo‘lsak, ulug xato qilgan bo‘lamiz. Chunki dunyodagi 
borliq narsalar inson turmushiga yordam yetkazish uchun yaratilmishdir. Buzuq 
madaniyatda esa, aksincha, insonlar ul narsalar uchun qurbon qilinadi. Madaniyat 
taraqqiyotining ilgari-keyin chiqara-yotgan butun yangiliklari inson hayotini yaxshilash 
uchun xizmat qilishi lozimdir. Xayot olamida eng ulug, oliy darajalik yaratilgan narsa 
shubhasiz shu insondir. Shuning uchun inson huquqlarini eng yuqori darajada saqlash 
haqiqiy madaniyatning ayrilmas bir tarmogidir. 
Ma’lumdirki, dunyoda yashagan har bir kishining eng ayamlik, qizganib saqlaydigan 
besh narsasi bordir. Birinchi joni, keyingilari dini, moli, oilasi, ona Vatanidir. Mana bu 
besh narsani saqlash uchun onglik insonlar qanday jonbozlik qiladilar! Dunyoning har bir 
yerida to‘kilgan va to‘kilayotgan inson qonlari ko‘z oldimizda ko‘rinib turadi. Bu fojianing 
birdan bir sababi shu yuqorida aytilgan narsadan boshqa emasdir. Shunday bo‘lgach 
qaraymiz: madaniyat qaerda, qaysi millatda bo‘lsin, shu yuqorida aytilgan insoniyat 
haqlarini saqlash uchun hukumat qo‘lida adolat quroli bo‘lib turar ekan, ana shu 
chogdagina butun xalq haqiqiy madaniyatga erishib, tinchlik bilan rohatda turmush 
kechira oladilar. Buning natijasida insoniyat xususiyati bo‘lgan har kimning erk ixtiyori 
o‘z qo‘lida saqlanadi. Yer yuzining qaysi o‘lkasida bo‘lishni kim tilar ekan, hech qanday 
to‘sqinlik ko‘rmaydi. Agar madaniyat shu yuqorida aytilganicha foydalik bo‘lsa, Sharq 
faylasufi Forobiyning aytishicha, bunday madaniyatni «Madaniyati Islomiya» yoki 
«Fozila» deydilar. Mana shundagina butun madaniy taraqqiyotni yolgiz inson foydasi 
uchun ishlatish mumkindir. 
Yo‘q esa, hozirgi ustimizdagi madaniyat kabi, buni qo‘llanuvchilar xato 
ketganliklaridan, yolgiz jinoyatchilarni emas, balki butun inson olamini halokat chuquriga 
tushurishi shubhasizdir. Chunki shu kunlardagi dinsizlar madaniyatlari ta’siri ostida 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə