Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Endi yuqoridagi so‘zga ko‘ra biz o‘zbeklar shu kun-gi holimizni yuzaki emas
chuqurroq tekshirib ko‘raylik. Qaysi holda turamiz, qanday xorlik ostida yashaymiz, 
hayotimiz ustidan kimlar hukm yurgizib, taqdirimiz kimlar qo‘liga topshirilmishdir? 
Jannat kabi bog‘i-bo‘ston, noz-ne’matlik Vatanimizga kimlar ega bo‘lib, ul joylarda kimlar 
o‘ltiradi? Vatanimiz, boz ustiga mol-dunyomiz, axloq-odoblarimizdan bizni kim ajratdi? 
Butun hayot, hosi-lot, erk-ixtiyorimizni majburiy ravishda qo‘limizdan kimlar tortib oldi? 
O’zbekiston, ayniqsa Qirgiziston, Qozogiston o‘lkalarida o‘z ahllaridan necha barobar 
bosqinchilar ko‘payib, butun yerlarimiz ruslashtirildi. Boshqalarga ko‘z bo‘yov uchun 
qogoz ustida «O’zbekiston», «Faloniston» degan nomlar berib, ish ustida Maskov 
tomonidan tayinlangan bir qancha Vatan xoinlari, amalparast, vijdonsiz, maslaksiz 
odamlarni yerlik xalqlar nomidan qo‘ygan bo‘lib, iqtisodiy, siyosiy, harbiy ishlarni o‘z 
qo‘llarida tutmoqdalar. Xalqimiz o‘z mehnatlari bilan topgan iqtisodiy boyliklarni va 
Vatanimizdagi tabiiy boyliklarni uyatsizliklarcha talamoqda. 
Xrzir yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘yicha mustamlakachilik 
davri yo‘qolish oldida turishiga qaramay, biz Turkiston xalqi sovet bos-qinchilarining 
ajoyib bir mustamlakachilik davrida turibmiz, hatto xalqimiz ruslashtirilib, yo‘qolib ketish 
xavfi bor. Bizlar butun huquqlarimizdan ajragan holda, bog-bo‘ston, noz-ne’matlik Va-
tanimiz, ota merosi halol mollarimiz ko‘z oldimiz-da, baqraytib turib, bosqinchi 
dushmanlarimizga bo‘lib berilmoqdadir. Unumlik Vatanlaridan necha million tonnalab 
«oq oltin» — paxta chiqarib berayotgan baxtsiz dehqonlarimizning xo‘jaliklari 
bo‘lgunlikka tushib, shu kunlari qanday ogirchiliklar bilan kun kechiradilar. 
O’z eli, o‘z yerida garib bo‘lgan bu bechoralarga gamxo‘rlik qiluvchilar, bularni 
qaygurib eskaruvchilar bormi? Bu uyatsizlar «Itingni och saqla, or tingdan ergashsin», 
degan maqolni tilga keltirma-salar ham amalga oshirdilar. Haqiqatda Vatan qadrini 
bilmagan hozirgi (1960 yillardagi) O’zbekiston hukumati boshliglari kabi bir necha 
mansabparast, ochko‘z ki-shilarni orqaga ergashtirib, shular orqali o‘z maqsadlarini 
bajarmoqdalar. Zilzila bahonasi bilan (1966 yil 26 aprel Toshkent zilzilasi) bizga yordam 
yetkazmoqchi bo‘lib sel kabi qoplab kelayotgan bosqinchilar kimlar hisobiga yayrashib, 
kimlarning Vataniga ega bo‘ldilar? Yerlik xalqlarni shahardan chetga haydab, bularning 
joylariga necha qavatlagan imoratlar solinib, bu imoratlarga butunlay ruszabonlarni 
ko‘chirib keldilar. Uyidan ajragan bechora yerlik xalq yosh bolalari bilan ko‘chalarda 
diydirab yurib, arangina bir oshyona solish imkoniga ega bo‘ldilar. 
Mana bu fojialarga umumiy Vatan ahllari — o‘zbek xalqimiz, ayniqsa yangi hayot 
egalari, zamonaviy o‘qimishlik Vatan bolalarimiz, siyosatshunos vatanparvar, zamonaviy 
buyuk olimlarimiz ahamiyat berib qattiq qaygurishlari, albatta, lozimdir. Chunki bir 
millatning Vataniga tushgan ofatlar esa u millatning jasadlariga yopishgan vabo 
mikroblari kabidir. Agar unga qarshi chora ko‘rilmas ekan, ko‘p uzoqlamayoq hayot 
olamidan oti o‘chirilib, u millat tub tomiri bilan yulinib tashlanadi. Hozirda esa bizga 
qarshi qo‘yilgan bosqinchilar kuchi boshlangich davrga qaraganda yuz barobar 
oshganlikdan, biz Vatan ahllari ular oldida tog ostida qolgan chigirtkachalik ham kuchga 
ega emasdurmiz. 
Lekin bunga qarshi toglarni agdargudek kuchga ega bo‘lgan ularning dushmanlari esa 
payt poylab qarshilarida qarab turibdilar. Endi bizga bularning temir changallaridan 
qutulish uchun zamonaviy ilm-hunarlarni qo‘lga keltirib, vaqt kutib tayyorgarlik 
ko‘rishdan boshqa chora mumkin emasdir. 
B a y t: 
Sabr qil, boglar zamon dushman qo‘lin orqasiga,
Vaqtin o‘tkazma o‘shanda, dushmanni ur boshiga. 
Chunki bir davlatning qurilishi uchun misoli bir zavod binosining qurilishi kabi shunga 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə