Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
qo‘ymish edilar. Shundoqki, «Mana, sizlar ishongan Madaminbeginglar kofirga sotilib, o‘z 
foydasi uchun sizlarni tutib bermoqchi bo‘ldi. Bu ishni bajarish vazifasi unga 
topshirilmishdir. Yaqin orada kelib qolsa, shunga qarab chora ko‘rish kerak», degan 
yolg‘on fitna so‘zlarni tarqatib, u ongsiz qora botirlarni ishontirib turgani ustiga, 
Madaminbek ham kelmishdir. Haqiqatan ham ko‘krak kerib ot chopishdan boshqa hech 
ishni bilmagan, maslaksiz qora botirlar ko‘zlari unga tushishi bilanoq gapirtirmasdan 
«Hoy, sen bizlarni kofir bolsheviklar qo‘liga bermoqchimisan?» — deb uni o‘ldiradilar. 
Bu ulug‘ jinoyatni bajarishgan so‘nggida ozu ko‘p kutilgan umidlar uzilib, ko‘z tutilgan 
ishlar butunlay o‘zgardi. Bosqinchilarga haybat ko‘rsatgan Madaminbekning 
qo‘zg‘olonchilar qo‘lida o‘lishi, musulmonlar uchun har holda foydalik ko‘ringan yuqorigi 
bitimning buzilib ketishi kelajakda kutilgan yerlik xalqlar manfaatiga qattiq zarba 
bermish edi. Bu fojialik voqeadan Vatan bosqinchilari o‘zlari tilagandek ikki taraflama 
foydalanib xiyonat maqsadlariga erishdilar. 
Mana shundan keyin o‘lka bo‘ylab tarqalgan qo‘zg‘olonchilarning qo‘ri tugab, 
jamiyatlari buzildi; ruhlari tushib, to‘plari tarqashga boshladi. Yolg‘iz bolsheviklar emas, 
balki o‘z xalqlari oldida ham o‘g‘ri — bosmachi nomini ko‘tardilar. U ishda rejalari to‘g‘ri 
chiqqach, bundan bu bosqinchilar necha yoqlama foydalanishga kirishgani turdilar. 
Xalqni talash-bulashda, o‘ldirish-kuydirishda bosmachi nomida chiqqanlar ularning 
oldingi safdagi qurollik askarlari xizmatini bajardilar. Ko‘zlagan maqsadlari qo‘l kelib, 
rejalari to‘lgunchalik mahalliy xalq ustida o‘tkazish lozim bo‘lgan har turlik 
vahshiyliklarni nodon bosmachilar qo‘li bilan bajarish siyosatini tutdilar. Ularning 
qurollari esa bular tomondan ta’minlanib turmoqda edi. Ish ortini o‘ylamagan, do‘st-
dushmanning kimligini bilmagan bir to‘da yasama vahshiylar orqalik o‘ylagan rejalari 
to‘lib, ko‘zlagan ishlari bajarilib bo‘lguncha butun ko‘pchilik xalq jonlaridan to‘yib, qanot-
quyrug‘i yulingan, tumshug‘i bilan yer tirnagan qush kabi nima desa bo‘yinsunishga 
tayyor bo‘lgan edi. 
Makkor, hiylagar Maskov sehrchilarining tubgi (asl)
tutgan siyosatlari esa butun yerlik 
xalqlarni, yuqorida aytilgandek, o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘izlash, iqtisodiy bo‘lgunlikka 
(inqiroz) tayyorlash edi. Telba, majnunlar qo‘llariga qurol ushlatib, shu orqali ishlari 
baja-rilib, rejalari to‘lgan so‘nggidagina iblis Kalinin (KPSS va sovet davlati arboblaridan, 
bolalarga qarshi dunyoda birinchi chiqarilgan vahshiyona «Uch boshoq qonuni»ning bosh 
muallifi sifatida ham «mashhur»)
1925 yili Maskovdan keldi. Buning kelishini, har 
yoqlama iskanja azobi ostiga olinib, eng oxirgi da-mini arang olayotgan bechora 
musulmonlar o‘zlari uchun najot bayrami hisoblab, tantana bilan uni qarshi oldilar. 
Haqiqatda esa, bu jallodlarning maqsadi bo‘ri og‘zidan qutqarib olib, o‘zlariga qurbon 
qilish edi. Harholda bosmachilik plani to‘lib, bu hakdagi siyosat o‘zgarganlikdan Kalinin 
va uning hay’atlari kelishi bilan har joyda qurilgan zulm-sudlari ishga kirishib, butun 
bosmachilarni o‘limga buyurdilar. Shu bahona bilan o‘zlariga to‘g‘ri kelmagan ko‘p yerlik, 
o‘z Vatani uchun qayg‘urgan kishilar otilib-chopilib, qolganlari surgun qilindi. «Dushman 
qo‘li bilan ilon boshini yanch» degan maqolimiz o‘z ustimizda ishlatilib, o‘z qo‘limiz bilan 
o‘zimizni bo‘g‘izlatdilar. Shunday bo‘lib, 6 — 7 yil davom etgan qo‘zg‘olonchilar hara-kati 
ongli ravishda ilmiy-siyosiy asosga qurilmaganlikdan oxiri achinarlik holga aylanib, butun 
ishlari natijasiz bo‘lib chiqdi. Yo‘q esa, qancha xalqimiz qonlari o‘rinsiz to‘kilgani ustiga 
ne qahramon yigitlarimiz, Vatan o‘g‘lonlari bu yo‘lda qurbon bo‘lmas edilar. 
Eshitishimcha, Kalinin 1922-1925 yillari bu O’zbekiston-Turkiston o‘lkasida o‘zlari 
tilaganday bajarilgan butun ishlarni yakunlab Maskovga qaytib borgach, uni yigirma 
mingdan ortiq odam qarshi olib, kutib chiqmishdir. Shu chog‘da ularga qaratib 
Kalininning birinchi aytgan so‘zi: «O’rtoqlar! Bog‘-bo‘stonga o‘ralgan, noz-ne’matga 
to‘lgan O’zbekistondan partiyamiz sizlar uchun, butun rus xalqi uchun oliy joylar 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə