Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
o‘tmas, ochiq vagonlarga to‘pzambaraklar qurgan holda kelishgan bolsheviklar askarlari
Ho‘qandni to‘pga tutishib, ko‘p harob qilganliklarini ham yozgan edik. Albatta bunday
kunlari eng og‘ir qo‘rqinchli ishlar hukumat a’zolari ustida bo‘lishi hammaga ma’lumdir.
Shuning uchun akamizdan ochiq bir xabar kelmagach,
jigarchilik ekan, chidab turolmay,
jonfido do‘stlarimizdan marhum tungon Ibiloxunni yo‘ldosh olib, Andijon safariga
chiqdim.
U kunlari esa inqilobning boshlang‘ich davri bo‘lg‘anlikdan, safar yo‘llarimiz ham
anchagina qo‘rqinchlik edi. Shunday bo‘lishiga qaramay safar toati bo‘lg‘och Tangriga
tavakkal aylab yo‘lga tushdik. Pishpek, So‘quluq, Oqsuv, Qorabolta, Oshmorodan o‘tib,
to‘rtinchi qo‘noqqa Merkiga yetdik. Bu, Bolosog‘un shahri
kabi islomdan ilgarikeyin
Turkiston tuprog‘ida yashagan madaniy o‘troq o‘g‘uz turklarining shahri ekanligi
atrofdagi harobalardan ochiq bilinib turardi. Endi esa ilgari ota bobolarimiz o‘g‘uz turklari
yashagan ona Vatanimiz yerlariga boshi Issiqko‘l, oyog‘i O’trordan o‘tib, Sirdaryo
bo‘ylarigacha yerlik xalqdan ko‘proq ruslar ega bo‘lib o‘tiribdilar. Shu bilan Merkida bir
qo‘nib, ertasi tog‘ yo‘li bilan yurmoqchi bo‘lib kun yurish tomondagi Tyan-Shan tog‘lari
ichidagi Jarg‘ard dovoniga qarab jo‘nadik. Bu oshuv esa orqa Turkiston bilan Farg‘ona
vodiysi oralig‘idagi Olatou tog‘lari ichida eng egiz dovonlardan hisoblanadi. Buni
oshib
o‘tgach, ikki tomoni baland tog‘lar bilan qurshalgan qalin to‘qaylik Sochqansoy degan tor
o‘zanga tushdik.
Bu tog‘li yaylov yerlarida turk uluslaridan Sayaq, Jetigan qirg‘izlari yashar ekanlar. El
yaylovdan ko‘chib qishlovga tushgan kunlariga to‘g‘ri kelganimizdan, ko‘ch oralab
yurguncha xufton vaqtida soy o‘rtasiga yetdik. Bu o‘rtada yo‘lovchilar
uchun belgilangan
qo‘nolg‘u o‘rinlari yo‘q ekan. Kech kirib gugum (g‘ira-shira, qorong‘i)
tushib qosh
qoraygach yo‘ldan chekkaroqqa chiqib, atrofi ochiq bir tog‘ betida yotdik. Chunki
kechqurun yo‘l kelayotqanimizda ko‘rishgan ko‘chmanchilar ko‘zlari bizga tushib, shu
yaqin orada qo‘nib qolishimizni payqagan edilar. Har ikki tomoni olislashgan uzun tizma
tog‘lar orasida kelayotgan yaxshi otliq qurolsiz ikki yo‘ldoshga bu tog‘ qashqirlarining
ko‘zlari
tushgach, qiziqib qolmasinlar deb shu kechani uyg‘oqlik bilan o‘tkazmoqchi
bo‘ldik.
Tong oshiradigan otlarimizni qalmoqchasiga olishtira (almashtirib, sodda-mustahkam)
bog‘lab, oyoqlariga chiydar (ot tushovi) solingan holda ko‘z oldimizga keltirib qo‘ydik.
Shu kecha tun qorovullig‘ini o‘zim olmoqchi edim, biroq yo‘ldoshim Ibiloxun meni
qo‘ymasdan bu xizmatni yolg‘iz o‘zi bajarmoqchi bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, men unga
ko‘p ishonolmay, tun yarmi o‘tgach meni o‘yg‘atib o‘zi uxlashi sharti bilan yotdim. Ot
ustida o‘n soatlab uzun yo‘l yurib charchaganimdan shunday bosh qo‘yishim
bilan qattiq
uyquga ketibman. Bir vaqt uyg‘anib qarasam Ibiloxun dang qotib uxlab yotibdi. Otlar
ikkovi ham yo‘q. «Hay, senga nima bo‘ldi?» deb qattiq qichqirishim bilan u ham
uyg‘ondi. Nima qilishimizni bilolmay ikkalamiz ham bek shoshqinliqqa tushdik, chunki bu
yerning har ikki tomoni ham yayov yurishga uch-to‘rt kundan kam bo‘lmagan, xatarlik
yo‘l edi. Xurjun-xalashlarimizni ko‘tarishib, oziq ovqatsiz bir necha kunlab yo‘l
yurishga
to‘g‘ri kelar edi.
Shuning uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam safar xatarlaridan saqlanish
uchun uydan chiqar oldida ikki rakat safar nomozini o‘tab, «Al-hamdu» surasi so‘nggida
«Oyatal kursiy» yoki ikki marta «Qul’auzu» surasini o‘qib, nomozdan so‘ngra shu duoni
qilishni buyurdilar: «Allohumma inni auvzu bika min va asoissafari va kaobatil
munqolabi va suvil manzari fil moli val ahli val vald». Ma’nosi: «Ey bor xudoyo,
safar
xatarlaridan saqla! Qaytib kelishda mol, jon yoki oila ichida ko‘ngilsiz, yomon ishlar
ustiga chiqishdan asra» demakdir.
Qarasak, vaqt yarim kechadan og‘mish edi. Bizlarga ko‘zlari tushgan ko‘chmanchilar