Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
ataylab kelib o‘g‘irladilarmi, yoki ochiqqan, chanqagan otlar qandaydir bo‘shanib olgan 
bo‘lsalar, suv tovushiga ergashib, to‘qay ichiga tushdilarmikin, deb chidab turolmay, 
ko‘zga sanchisa ko‘rinmas qop qora tun ichida timirskilashib, har ikkovimiz ot 
qaramoqchi bo‘lib ikki yoqdagi to‘qay ichiga kirdik. Bunday joylarda bo‘ri, ayiq kabi 
yirtqich hayvonlarning bo‘lishi belgilikdur. Soqliq yuzasidan pichog‘imni qo‘limga olib, 
to‘qay ichida turtinib yakin ikki soat qidirganim so‘nggida, ot sharpasi bilinmagach qaytib 
chiqishga majbur bo‘ldim. Hay, shu kechaning uzunligi jonga botdi! Har ikkovimiz zoriqa 
oriqa telmurganimizcha o‘ltirib, arang tong otqizdik. Yo‘ldoshim Ibiloxun o‘z qilmishidan 
xijolatga qolib, bosh ko‘tara olmagan bo‘lsa ham, uyg‘urlar «Mullam, duoga zo‘rlang» 
deganday, men o‘z odatimcha duoga kirishib «Solotan tunajjiyno»ni o‘qish bilan tong 
ottirdim. Tong otishi bilan nomozimizni o‘qib olgach, yana izlashga kirishdik. Kun 
ko‘tarilgan chog‘i edi. Chuqur soy bo‘yidagi to‘qay ichida «Hay, ot buyoqda ekan!» deb 
yiroqdan qichqirgan yo‘ldoshimning uni eshitildi. Shu bilan bir zumda boshimizdan g‘am 
tog‘i ko‘tarilib, bu kabi qo‘rqinchlik yerlarda safar xatarlarining qayg‘ulik, qorong‘i tuni 
qoplagan tutiq ko‘nglimiz bir damda ochildi. Yaxshi, xudo o‘nglab boshqa harom qo‘l 
tegmagan ekan, tezdan otlarimizni keltirdik, yemo‘p yegizib qondirganimizdan so‘ngra, 
yana yo‘limizga tushdik. 
Biroz vaqt yurganimizdan keyin Ketmontepa tomonidan qochib kelayotgan bola aqalik 
ruslar, manzilga yetgunimizcha uzulmay oldimizdan o‘tkani turdilar. Nima bo‘ldi ekan 
desak, O’sh atrofidan bosh ko‘tarib chiqqan Xolxo‘ja degan qurboshi qurollik-qurolsiz yuz 
chamali yigitlari bilan kelib, Ketmontepa qishlog‘ida tinch yotgan ruslarni qamab 
qo‘rqitgan ekan. Orada bir qo‘nib, ertasi Ketmontepaga yetdik. Bu esa orqa Turkiston 
bilan Farg‘ona tizma tog‘lari orasiga tushgan Ora yaylov qatorida mashhur Susamir 
yaylovining oyog‘i bo‘lib, obxaci rtacha, yeri keng, suvlari mo‘l, kelishgan go‘zal bir 
yerdir. Ekinchilik ishlari bek unumli bo‘lib, ayniqsa har turlik don o‘simliklari boshqa 
yerlarga ko‘ra bu yerda to‘lig‘i bilan yetishadi. Bug‘doy nonlari juda ham tamlik 
bo‘lg‘anlikdan, chet yoqadan keluvchi yo‘lovchilar buning oldida boshqa narsani ko‘p 
qo‘msamaydilar. Shuning uchun chor hukumati zamonidayoq bu joylarga qiziqish 
boshlanib yerlik qirg‘izlar emas, rus kelgindilari bilan keraklik bari o‘rinlar to‘ldirilmish 
edi. 
Shunday qilib otushlik savdogarlardan birining uyiga qo‘nib, bir kun dam 
olganimizdan so‘ngra, bu yerdan chiqib yurganimizcha Ichinsoy degan uzun bir o‘zanga 
tushdik. Bosh oyog‘i ko‘rinmaydigan uzun soy ichi to‘lgan pista, bodom, yong‘oq kabi 
qalin mevali daraxtlarni oralab yurganimizcha, Norin daryosi bo‘yiga chiqdik. U kunlari 
bu daryo ikki qisiq tog‘ oralig‘ida oqayotganligidan, tikka tog‘ belidagi yolg‘iz oyoq tor 
yo‘ldan otliq yurish anchagina xatarlik edi. Shu kungi qo‘nolg‘idan o‘tgach orada yana bir 
qo‘nib, Norin suvidan Xo‘ja ko‘prigi orqalik o‘tib, Uchqo‘rg‘on qishlog‘iga kirdik. Bu esa, 
yo‘lovchilar shimoliy tizma tog‘lardan o‘tib, Farg‘ona vodiysiga tushgach, birinchi 
navbatda uchraydigan qishloqdir. Namangan, Andijon va boshqa Farg‘ona shaharlariga 
shu yerdan tarqaladilar. 
Bizning bu safarimiz 1921 yili bo‘lganlikdan «bosmachi» nomidagi xalq 
qo‘zg‘olonchilarining eng ku-chab yotgan vaqti edi. Bir qishloqda bolsheviklar, 
ikkinchisida «bosmachi»lar turib, oralarida otish-ma-chopishmalardan chiqqan miltiq 
tovushlari uzulmas edi. Mingan otlarimizni ko‘rgan kishilar: «Hay, qanday bo‘lar ekan, 
bu o‘xshash yaxshi otlarga ko‘zlari tushgaqda, hech qachon qutilolmaysizlar. Oriq otlarin 
berib, bu otlaringizni tortib olmasalar», deb bizni vahimaga soldilar. Shundoq bo‘lsa 
ham, Andijon shahriga yetkanimizcha biriga biri tutashishgan qalin daraxtlik qishloqlar 
oralab ketdik. Ko‘cha boshlarida o‘ltirishgan odamlar, «Hali shu yoqqa ketgan 
«bosmachi» beklar sizlarga qaerda yo‘liqishdi?» deb so‘rashar edi. Alloh saqlagan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə