Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
insonlarning axloqi butunlay buzulganlikdan, moddiy, ma’naviy bo‘lsin har yoqlama 
ziyon ko‘rayotganlari ko‘z oldimizda turadi. Bular esa o‘z maslaklarini boshqalarga qabul 
qildirish uchun xalqning tuzalish-buzulishlari, ularning har qanday ziyon zahmatga 
uchrashlari bilan hisoblashmaydilar. Balki, butkul qurol kuchi ishlatib, har qanday 
majburi-yat ostida bo‘lsa ham xalqni o‘z yo‘llariga kirgiza olsalar, tilaklariga yetgan 
bo‘ladilar. Madaniyatning ilm, fazl, hunar, sanoatlarini insonlar hojatini chiqarish, ular 
foydasi uchun ishlatish emas, balki o‘zlarining ko‘rlarcha ushlab yopishgan buzuq 
yo‘llariga kirgizish quroli qiladilar. Mana bunday madaniyatga buzuqlar boshligi bir 
firqapalidlar ega bo‘lgach, bular qo‘lida butun xalq erk ixtiyoridan ajrab eng tubangi 
hayvonlar qatorida yashamoqqa majbur bo‘ladilar. Bu kabi madaniyatlar oqillar, 
faylasuflar oldida «Zollata, fosiqa madaniyat», ya’ni «Ko‘rlar, adashganlar madaniyati» 
deb ataladi. 
Buning ochiq ko‘ringan nusxasi shu kunlari ustimizda hukmron bo‘lib turgan 
bol’sheviklar keltirgan sharmandalar madaniyatidir. Chunki 50 yildan beri mustabidlar 
oyogi ostida ezilayotgan 15 yolgon jumhuriyat xalqlari, ayniqsa O’zbekiston 
musulmonlari milliy, diniy, vataniy huquqlaridan butunlay ajradilar. Yer yaratilgandan 
beri ota-bobolaridan qolgan halol meroslari gulguliston, bog bo‘stonlik ona Vatanlaridan 
haydab chiqarilib, ko‘z oldilarida kelgindi bosqinchilarga bo‘lib berilmoqdadir. Mana 
bularning keltirgan iflos bosqinchilar madaniyatlaridan biz O’zbekiston musulmonlari 
olgan hosilotimiz hozircha shu darajaga yetdi. Yana kelajak kunlari ustimizdan qanday 
rejalar qurilib, nima choralar ko‘rayotganlarini zamonga tushungan Vatan ahllari yaxshi 
bilsalar kerak. Endi yuqoridan boshlab shu joyga kelguncha yozgan so‘zlarimiz xozircha 
madaniyat taraqqiyotdan insonlar uchun qanday foydalanish kerakligini ajratish uchun 
har qanday odamga tushunarlik bo‘lgandir, deb o‘ylaymiz. 
Dahriylar davlatining boshlang‘ich davri 1918 yildan 1925 yil orasida butun 
O’zbekiston o‘lkalari bo‘yicha «bosmachi»lar otida chiqqan qo‘zg‘olonchilar ko‘paymish 
edi. Bularning eng mashhurlari esa Xo‘qanddan Ergash; Marg‘ilondan Madaminbek, 
Shermatbek; Andijon, O’sh, O’zgan tomonlardan Xolxo‘ja, Oxunjon, Abdurazzoq; 
Namangandan Omon Polvon va boshqalar edi. Bularning barilari qorong‘i xalq ichidan 
chiqqan qora botirlardan bo‘lib, «O’ris kofirlarni yo‘qotib, Islom ochamiz», deyishdan 
boshqani bilmas edilar. Yuqorida nomlari yozilmish qo‘rboshilar qo‘l ostilarida yonar 
o‘tdek botir yurakli jon fido o‘zbek yigitlaridan oz deganda 10 mingdan ortiq kishi borligi 
ma’lum edi. Afsuski, bu qahramon bolalarimizning onglarini ochib ishga solg‘udek, har 
ishga yaramlik siyosiy rahbar bo‘lg‘udek birorta kishimizning yo‘qligidan, tashkiliy 
ravishda ochiq bir maqsadni olg‘a qo‘yib ish olib borisholmaganlikdan mamlakatimizning 
baxtsiz eng botir o‘g‘illari har yerlarda dushman qo‘llari bilan otilib chopilib, bekorga 
yo‘qotildilar. 
Bu kabi ilgari keyin o‘tgan butun dard hasrat, g‘am qayg‘ulik ishlarimizning borliq 
sabablari, islom diniga tub negizi bilan tushunmasdan, zamonaviy ilm hunarlardan quruq 
qolmishimizdir. Shuning uchun payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Nodonlik, 
tushunmaslik ko‘rlikdan yomonrokdir», dedilar. Qur’on hukmicha, iymon islomni bilib 
olgandan keyin har bir musulmonga o‘z zamonasi ilmini o‘qib tushunishi va zamonaviy 
hunarlarni o‘rganishi birinchi zaruratdir. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə